16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 509

Agrar soha xodimlari pandemiya davrida ham moʻl qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish yoʻlida mehnat qilishmoqda

Agrar soha xodimlari pandemiya davrida ham moʻl qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish yoʻlida mehnat qilishmoqda

Ayni kunlarda amudaryolik fermer xoʻjaliklari ijarachilari gʻoʻza nihollarini sugʻorish, gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish ishlarini jadallik bilan olib borishib, moʻl hosil yetishtirish orqali tuman iqtisodini yuksaltirishga harakat qilishayapti.

Qangli ovulidagi “Aytimbetov Qurbonboy” fermer xoʻjaligida 60 gektar maydonga ekilgan gʻoʻza nihollarini birinchi sugʻorish tadbiri sifatli yakunlandi.

Paxtachilikdan koʻzlanganiday hosil olishda gʻoʻza parvarishi davridagi agrotexnik tadbirlarning, ayniqsa, sugʻorishning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi juda muhim. Buni yaxshi his qilgan xoʻjalik ijarachilari barcha dalalardagi gʻoʻza nihollarining meʼyorida sugʻorilishiga erishdilar. Natijada barcha dalalardagi nihollar gullab, hosil  nishonalarini tugmoqda.

Mazkur xoʻjalikda paxtadan tashqari bogʻdorchilik, asalarichilik va baliqchilik tarmoqlari ham bor. 3 gektarlik maydonni egallagan bogʻda olma, anor, uzum, oʻrik, nok, behi kabi turli daraxtlar meva berib turibdi. Har bir mevali daraxtning ertagi va kuzgi navlari mavjud. Barcha tarmoqlardan olinayotgan daromad esa xoʻjalik iqtisodining yana ham yuksalishiga, 22 nafar ijarachilarning mehnat haqlari oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishiga asos boʻlayotir. Qolaversa, xoʻjalikning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, surim, chopiq traktorlari xarid qilindi. Bugʻdoydan boʻshagan 8 gektar yerlarga ushbu texnikalar yordamida takroriy ekinlar ekilmoqda.

Shunisi eʼtiborliki, may oyida gʻoʻza nihollari unib chiqqan vaqtida yoqqan kuchli yomgʻirdan talofat koʻrilgan 2 ta kartadagi 5 gektarcha  maydondagi gʻoʻza nihollari alohida parvarish qilinib, oziqlantirilib, yaxshi rivojlanishiga erishildi.

Anvar Kamolov Oq oltin ovulidagi “Kamolov Yendir” fermer xoʻjaligini 7-yildan beri  boshqarib keladi. Xoʻjalikning 70 gektar paxta maydoni 65 nafar ijarachiga boʻlib berilgan. Barcha  ijarachilar ham oʻzlariga birkitilgan maydonlardagi gʻoʻza nihollarini begona oʻtlardan tozalab, qondirib sugʻordilar va yaxshi rivojlanishiga erishmoqdalar.

Xoʻjalikda hosili yigʻishtirib olingan 7 gektar bugʻdoy maydonining 3 gektariga kuzgi sabzi ekish uchun tayyorlandi. Qolgan maydonlarga esa xoʻjalik chorvasi uchun ozuqabop ekinlar ekildi. Yerlarni surish, ekishga tayyorlash kabi ishlarning barchasi xoʻjalikning oʻz texnikalari yordamida bajarilmoqda.

Xoʻjalik ijarachilari barcha ekin maydonlardan moʻl hosil olish, xalqimiz dasturxoni toʻkin-sochin boʻlishiga hissa qoʻshishga astoydil harakat qilishmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli oʻrnatilgan karantin cheklovlari davrida tumanimiz agrar soha xodimlari barcha ekinlardan moʻl hosil yetishtirib, xalqimiz dasturxoni toʻkin boʻlishi yoʻlida mehnat qilmoqdalar. Bu esa nafaqat fermer xoʻjaliklarining iqtisodi yuksalib, ishchilarning moddiy manfaatdorligi oshishiga, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019