16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Salomatlik 👁 966

QOʻLI YeNGIL YoSh ShIFOKOR

QOʻLI YeNGIL YoSh ShIFOKOR

Dunyoda shunday insonlar boʻladiki, ular oʻzlarining qilgan barcha ezgu ishlari bilan kishilar kalbida bir umrga muxrlanib koladilar. Agar uning faoliyati inson salomatligi bilan bogʻlik boʻlsa, bunday shaxs odamlar yuragidan munosib joy oladi.

Oʻz bilim va kuchini tumanimiz aholisining dardiga darmon boʻlishdek xayrli ishga bagʻishlashga ahd qilgan yosh shifokor Gʻulomjon Mavlonov fidoyiligi, xushmuomalaligi bilan el aro eʼtibor topayotganlardan.

Oʻzi yosh boʻlishiga qaramasdan qanchadan-qancha bemorlarning dardiga darmon boʻlib, ularning duosini olib, beminnat xizmat qilib kelayotgan Gʻulomjon Mavlonov 1987-yilning 2-mayida Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tugʻilgan. U oilada 3 oʻgʻil va 2 qiz farzandning toʻrtinchisi edi. Otasi farzandlari tarbiyasiga juda eʼtiborli boʻlib, ularning ilm olishi, hunar oʻrganishlari uchun sharoitlar yaratib berdi. Bolalariga boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishni va foydali mehnat bilan shugʻullanishni oʻrgatdi. Ana shunday tarbiyaviy muhitda ulgaygan farzandlarning barchasi oliy maʼlumotli insonlar boʻlib, bugungi kunda xalqqa xizmat qilishmoqda. Gʻulomjon akaning akasi Muzaffar Mavlonov ham Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimida shifokor boʻlib ishlaydi.

Gʻulomjon Mavlonov maktabni aʼlo baholar bilan tugatib, umumiy oʻrta taʼlim olgach, 2005-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindi va 2012-yilda mazkur oliygohning Tibbiy pedagogika fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi. Shu yilning sentyabr oyidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida anesteziologiya va reanimatologiya yoʻnalishi mutaxassisligi buyicha ikki yillik klinik ordinaturaga qabul qilindi va 2014-yilda klinik ordinaturani tamomlab, shu yilning oktyabr oyidan Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida oʻz ish faoliyatini boshladi. 2014-yildan hozirgi kunga qadar u mazkur boʻlimda anestezist-reanimatolog shifokor lavozimida ishlab kelmoqda. Ish boshlaganiga hali koʻp boʻlmasa-da, oʻtgan vaqt ichida Gʻ.Mavlonov koʻplab insonlarning dardiga darmon boʻlib, xalq duosini olishga erishdi.

Ustozlari Barno Soatova va Shuhrat Chorshamovlardan olgan tajribalari hamda oʻzining bilimi natijasida uning muolajasi tufayli sogʻaygan bemorlar va ularning yaqinlari Gʻulomjon akaga rahmatlar aytishib, duolar qilishadi. Ayrim shoirtabiat bemorlari Gʻulomjon akani oq koʻngil va qoʻli yengil shifokor, deb minnatdorchilik sheʼrlari ham yozishgan.

Gʻulomjon akaning bemorlari uning navbatchilik kuni kelishini intiqlik bilan kutishadi. Chunki Gʻulomjon aka har bir bemorining muolajasiga oʻta masʼuliyat bilan qaraydi. Ular bilan shunchaki bemor emas, oʻz yaqinidek muomalada boʻladi.

Hayot shirin, dunyoning noz-nematlarini, huzur-halovatini tatib yashash odamzod uchun bundan-da shirin. Baxt-u saodatli boʻlib kun kechirishimiz uchun bizga birinchi navbatda salomatlik kerak. Boshqa insonlarga salomatlik baxsh etishdek xayrli ishga qoʻl urgan yosh shifokorga:

– Xalqimiz xizmatida boʻlishdan aslo charchamang va kelgusida kasbingizdan kamol topib, el-yurt duosiga sazovor boʻling, – deya tilak bildiramiz.

Iroda Yerdosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019