16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:36
Iqtisodiyot 👁 712

Amudaryoda 90-oʻrinli yangi MTT binosi qurilmoqda

Amudaryoda 90-oʻrinli yangi MTT binosi qurilmoqda

Mamlakatimizda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli koʻpgina faoliyat turlariga cheklovlar oʻrnatildi. Jumladan, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ham faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Barcha hududlardagi bolalar dunyosiga xos bezatilgan, kichkintoylar yayrab-quvnab oʻsib-ulgʻayayotgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari hozir kimsasiz. Biroq kasallik tarqalib ketishining oldini olish, jilovlashga erishish borasida mamlakatimizda koʻrilayotgan choralar tufayli yurtimizda sanitariya epidemilogik ahvol birmuncha yaxshilanmoqda.

Olib borilayotgan chora-tadbirlar tufayli kasallik bartaraf etiladigan, xalqimiz tinch-osoyishta hayotga qaytadigan kunlar umidida pandemiya sharoitida ham yurtdoshlarimiz ezgu niyatlar bilan mehnat qilishmoqda.

Toshyop ovulida Prezidentimizning qaroriga muvofiq Investitsiya dasturi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotining 90-oʻrinli yangi binosi qurilishi jarayoni bilan tanishgan kishi buni sidqidildan his qilishi mumkin.

Davlatimizning ikki milliard olti yuz sakson besh million soʻmdan ziyod mablagʻi hisobiga qurilishi moʻljallangan binoni “Mangʻit Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishchilari bunyod etmoqda.

Ushbu obʼektda ayni kunlarda ovulning oʻttiz nafardan ziyod qoʻli gul usta yigitlari yoz jarizamasini ham pisand qilmay, mehnat qilishmoqda.

Obʼekt qurilish muddati 225 kunga moʻljallanganligi bois, ish unumi yuqori boʻlishi uchun quruvchilarga munosib sharoitlar yaratilgan boʻlib, tushlikda issiq ovqat, choy tashkil etilgan.

Hozirgi kungacha bino devorlari koʻtarilgan boʻlib, tomi beton plitalar bilan yopilayapti, deraza va eshiklariga zamonaviy romlar oʻrnatilayotir. Suvoq ishlariga ham kirishilgan boʻlib, jami 5 ta brigada quruvchilari inshootni oʻz muddatida, sifatli qurib bitkazishga harakat qilishmoqda.

Shunisi eʼtiborliki, Toshyop ovuli aholisi hududda shu vaqtgacha davlat Maktabgacha taʼlim tashkiloti yoʻqligidan,  yosh bolali onalar ishlashi uchun farzandlarini olis hududlardagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga olib borishidan aziyat chekishar edi. Endilikda ovulning markazida qad rostlayotgan 90 nafar kichkintoylarga taʼlim-tarbiya berishga moʻljallangan bolalar maskani binosi ularga cheksiz quvonch bagʻishlamoqda.

Koʻzga koʻrinmas yov  - tojdor virusga qarshi olib borilayotgan umumxalq kurashi samara berib, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik hukm suradigan damlar ham oz qolganiga umid qilamiz. Shunday damlarda Toshyopda qurilishi davom etayotgan mana bu davlat Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi ham muhtasham koʻrinishda, ovulning kichkintoy oʻgʻil-qizlarini oʻz bagʻriga chorlaydi, bolajonlarning yayrab-quvnab oʻsib-ulgʻayishlari uchun munosib sharoitlar yaratiladi.

Bu kabi ishlar mamlakatimizda bolajonlarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻliq qamrab olish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy namunasidir. Bolajonlarimizni bogʻchaga toʻliq qamrab olish esa ularning maktabga tayyor holda borishiga, oʻz navbatida maktabda aʼlo baholarga oʻqib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan barkamol avlod boʻlib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Oygul PAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019