16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:27
Salomatlik 👁 5,846

EHTIYoT BOʻLING: Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi

EHTIYoT BOʻLING: Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi virus qoʻzgʻatadigan, tabiiy sharoitda kanalar orqali yuqadigan oʻta xavfli yuqumli kasallikdir. Respublikamizda yirik va mayda shoxli hayvonlarda uchraydigan iksod kanalari gemorragik isitma kasalligi virusining saqlovchisi (tashuvchilari), kemiruvchilar, yirik va mayda shoxli mollar esa gemorragik isitma virusining manbalari hisoblanadi. Kasallik faoliyati choʻl hududlari, yaʼni tabiiy oʻchoqlar bilan bogʻliq boʻlgan kasb egalari (choʻpon, ularning oila aʼzolari, mol boquvchilar, ovchilar, qoʻylar juni qirqimiga vaqtincha jalb qilinganlar)da koʻproq uchraydi.

Ushbu kasallik oʻzida gemorragik virusini saqlaydigan kanalarning chaqishi va qoʻllar kana qoni bilan ifloslanishi natijasida odamlarga yuqadi. Bundan tashqari, kasallik odamga shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning qoni orqali ham yuqishi mumkin. Kasallikning yashirin davri oʻrtacha 2-3 kun davom etadi. Baʼzida bu davr bir necha soatlargacha qisqarishi yoki 14 kungacha choʻzilishi mumkin. Kasallik oʻtkir boshlanib, tana harorati koʻtarilishi (39-40 daraja), badan sovuq qotib qaltirashi, mushaklar ogʻrishi, badanga toshma toshishi, boʻyin, koʻkrak qismi terilari qizarishi, milk, burun, oshqozon-ichaklardan qon ketishi kabi alomatlar bilan namoyon boʻladi. Baʼzi holatlarda kasallik ogʻir kechib, bemordan qon ketishi natijasida oʻlim qayd etiladi. Mazkur kasallik gemorragik belgilarsiz shaklda ham kechishi mumkin. Kasallikning bu shaklida badanda toshmalar toshmaydi, qontalashlar kuzatilmaydi, organlardan qon ketmaydi. Kasallik asosan isitma va zaharlanish alomatlari bilan kechadi.

Bahor paytida koʻpchilik tabiat quchogʻida, yaʼni Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi boʻyicha tabiiy oʻchoqli hisoblangan hududlarda dam oladi. Ularga kasallikdan saqlanish uchun quyidagilarga rioya qilish tavsiya qilinadi.

Choʻl hududida dam olish uchun moʻljallangan joy mol boqiladigan yaylovdan kamida 2-3 chaqirim masofa uzoqda boʻlishi kerak.

Bordi-yu, dam olish hududida kanalar aniqlansa, unda zudlik bilan dam olish joyini oʻzgartirish zarur. Dam olishga chiqqanda individual dori qutisi va unda 10 milligramm yod eritmasi, bakterosid plastir, 3-4 ta paxtali tayoqcha, 2-3 juft rezina qoʻlqop, qisqich, ozroq oʻsimlik yogʻi va etil spirti boʻlishi kerak. Dam oladiganlar vaqti-vaqti bilan oʻzlarini tekshirtirib turishi lozim.

Agar badanga kana yopishganligi aniqlansa, tezda yaqin joylashgan tibbiy muassasaga murojaat qilish kerak. Agar yosh bolaga kana yonishgan boʻlsa, kattalardan biri uni ehtiyotkorlik hamda himoyalangan qoʻli bilan olib tashlashi zarur. Dastlab kana yopishgan joyga 2-3 tomchi oʻsimlik yogʻi tomizib, 10-15 daqiqa kutish kerak. Qoʻllarga rezina qoʻlqop kiyib, qisqich yoki ip yordamida sekin-asta teriga yopishgan kana olinib, shu joyga paxta tayoqcha yordamida yod surtiladi va ustiga plastir yopishtiriladi. Olingan kana penitsillin flakonga solinib, ogʻzi tiqin bilan bekiladi va yoqib tashlanadi. Ishlatilgan rezina qoʻlqoplar 70 foizli etil spirti bilan ishlov berilgach, yechiladi va yoqib yuboriladi. Kana chaqishidan ehtiyot qilish maqsadida teri yuzasi imkon qadar kiyimlar bilan bekilishi kerak. Kana koʻpincha oyoqlar orqali kirishini inobatga olib, shim pochalari mahkam bogʻlanishi zarur. Agar biron kishini kana chaqsa, qoʻllari kana qoni bilan ifloslansa, isitmasi oshib, burun, milklar, oshqozon-ichaklar, bachadondan qon ketsa, bunday bemorlarga yordam koʻrsatganda bemorning qoni teri va shilliq qavatlarga tekkan boʻlsa, unda yordam koʻrsatgan odam ham tibbiy yordamga murojaat etishi lozim. Bundan tashqari, choʻl hududlaridan, bozorlardan mayda va yirik shoxli mollarni kanaga qarshi ishlov bermasdan uyga olib kelmaslik, mollarda kana aniqlansa, darhol veterinariya xodimlariga murojaat qilib, ularning tavsiyasi asosida kanalarga qarshi ishlov berish kerak. Shuningdek kanalarni qoʻl bilan ezib va qaychi bilan kesib oʻldirmaslik, qirqim mavsumiga yosh bolalar, oʻsmirlar va homilador ayollarni jalb etmaslik shaxsiy gigiyena qoidalariga puxta amal qilish kasallikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

J.Yavqashev,

tuman Salomatlik markazi direktori.

(Foto - http://mku.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026