16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:10
Jamiyat 👁 303

DOʻRMANLIK OTAXON BOGʻBON

DOʻRMANLIK OTAXON BOGʻBON

Halol va fidoyi mehnatning mevasi shirin, natijasi esa rohat va farogʻatli boʻladi. Agar azim Qilichboyning Doʻrman ovulida yashovchi Otaxon bogʻbon Toʻrayevdan mehnat sizga nima berdi, deb soʻrasangiz:

– Koʻnglimga xotirjamlik, hayotimga fayz, xonadonimga roʻshnolik baxsh etdi, – deydi mamnuniyat bilan.

Darvoqe, Otaxon Toʻrayev esini tanigan kundan mehnatga oshno oʻsib-ulgʻaydi. Alloh rahmat qilsin, otasi Qutlimurod bobo usta-hunarmand edi. Qutim qoshiqchi, deyishardi uni. Nainki Doʻrman ovuli, balki atrof qishloqlarning aholisi ham Qutim bobo yasagan roʻzgʻorga zarur anjomlar – oshtaxta va oʻqlogʻi, yogʻoch qoshiqlar, yogʻochdan chiroyli ishlov berilgan bejirim tovoqlar, kuvi, keli va kelisopi kabi buyumlarni koʻpincha uylariga kelib olib ketishardi. Oilada oʻgʻillarning kattasi boʻlgani uchun Otaxon otasiga eng yaqin koʻmakchi-dastyor edi. Qutim boboning  moʻʼjazgina tomorqasi esa qoʻshimcha daromad manbai boʻlibgina qolmay, farzandlari uchun oʻzaro mehr-oqibat hayot maktabi ham edi. Usta-hunarmandchilik yumushlari bilan bab-baravar tomorqa xoʻjaligini ham mohirlik bilan yuritgan Qutim qoshiqchining farzandlari biri-biridan mehnatkash, uyim-joyim, degan fidoyi insonlar boʻlib voyaga yetishdi. Ayniqsa, Otaxon yerga, bogʻdorchilik sohasiga mehr qoʻyganida hali maktab oʻquvchisi edi.

Oʻrta maktabni aʼlo baholarga tugatgan Otaxon Toʻrayev Navoiy Politexnika institutining qurilish fakultetida oʻqidi. Harbiy xizmatda boʻldi, bir necha yil Navoiy shahrida yashadi, oila qurdi. Bank xodimasi boʻlib ishlaydigan Rozajon bilan taqdirini bogʻlaganidan Allohdan  rozi. Chunki umr yoʻldoshi nafaqat unga hayotda, balki har bir ishda yelkadosh boʻldi.

Institutni tugatib, jonajon qishlogʻiga qaytgan Otaxon Toʻrayev biroz vaqt sobiq M.Gorkiy nomli davlat xoʻjaligi hududida tashkil etilgan qurilish brigadasida katta usta vazifasida ishladi. Koʻplab qishloq xoʻjalik inshootlari, turar joylar qurilishida faol ishtirok etdi. Eh-he, qanchalab obodonlashtirish-qurilish ishlarini bajarishmadi. Bugun oʻzi bunyod etgan inshootlarni koʻrib, qalbi quvonchga toʻladi.

1990-yillardagi bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri qiyinchiliklari barcha sohalar kabi qurilish sohasiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Qishloqlardagi qurilish brigadalari tugatilib, ayrimlari xususiylashtirildi, ayrimlari MChJ shaklida qayta tashkil etildi. Otaxon Toʻrayev ana shunday bir vaziyatda ish oʻrni qisqartirilishi tufayli maʼlum vaqt ishsiz qoldi. Lekin hech tushkunlikka tushmadi, vaziyatdan chiqishning birdan-bir yoʻli – tomorqa xoʻjaligini yuritish, deb oʻyladi. Umr yoʻldoshi Rozajon unga koʻmakdosh boʻldi. 35 sotix yerda dehqon xoʻjaligini tashkil etishdi. Avval qiynalishdi. Bolalari yosh, er-xotin koʻp yumushlarni qoʻlda bajarishdi. Yer yumshatib, mola sudrashdi, tomorqani daromad manbaiga aylantirgunlaricha tinib-tinchishmadi.

– Xudoga shukur, farzandlarimiz ulgʻayishib, mushkulimiz oson boʻldi, – deydi Otaxon aka Toʻrayev mamnuniyat bilan. – Ikki oʻgʻilni uylantirib, ikki qizimizni turmushga chiqardik. Hammalari oʻzlaridan tinib-tinchib ketishdi.

Bugun Otaxon aka bilan Rozajon opaning  atrofida 9 nafar nevara parvona. Azaldan dehqonchilikka mehr qoʻygan Otaxon Toʻrayevni bugungi kunda Doʻrman ovulidagina emas, butun Qilichboy mavzesida mohir bogʻbon sifatida yaxshi bilishadi. Axir bogʻ yaratishning sir-asrorlarini hamma ham bilavermaydi-da. Bu borada Otaxon bogʻbonga teng keladiganlar kam.

Farzandlari ulgʻayib, yoniga kirgach, Otaxon Toʻrayev dehqon xoʻjaligiga yaqin hududdan 3 gektar yerni ijaraga oldi. Nihollar oraligʻini 8 metrdan qilib, eng sara mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi. Farzandlari va umr yoʻldoshi, ikki nafar kelini bilan birgalikda bogʻ uchun moʻljallangan yerni chimlardan, ajriq tomirlaridan tozaladi. Nihollar orasiga poliz va sabzavot ekinlarini ekishdi. Birinchi  yili garchi, yaxshi hosil olishmasa-da, har holda yomon boʻlmadi, roʻzgʻori ancha baquvvatlashdi. Muhimi, yerning koʻrki ochildi.

– Yerga qancha koʻp ishlov berilsa, shuncha ochilishadi, – deydi Otaxon ogʻa. – Kuzda daraxt barglari yaxshi toʻkilgach, yerni shudgorlab, haydab qoʻyamiz. Ham yer yaxshi nafas oladi, ham toʻkilgan xazon-yaproqlar tabiiy biogumus – chirindi-oʻgʻitga aylanadi.

Otaxon bogʻbonning bogʻini aylanamiz. Oʻnlab navdagi olmalar, nashvati, nok, anjir va olxoʻri-yu shaftolilar shoxlari mevasini koʻtarolmay bogʻboniga taʼzim qilayotganday. Biz Otaxon akadan nega ayrim bogʻbonlar ishida kuzatganimizdan farqli, daraxtlar orasi ancha ochiq qoldirilganini soʻradik.

– Mevali daraxtlar, ayniqsa, olma daraxti bir-ikki yildan soʻng qariydi, – deydi Otaxon aka. – Bogʻda hosildorlikni bir maromda ushlab turish uchun mana bu 8 metrlik oraliqqa yangi nihollar oʻtqazamiz. Keksaygan daraxtlar oʻrnini shu tariqa toʻldiramiz. Ildizi quriy boshlagach, olib tashlab, oʻrniga ishlov beramiz, ham yer dam oladi, ham almashlab ekish texnologiyasi amalga oshiriladi.

Otaxon bogʻbon Toʻrayevning tajribasi qishloq yoshlariga ibrat. Uning bogʻidan havaskor bogʻbon yoshlarning qadami uzilmaydi. Olma-yu olcha, gilos, olxoʻri va shaftolilarning ertapishar, oʻrtaki va kechpishar navlari hosilidan har yili moʻl-koʻl daromad topayotgan oila aʼzolari ertagi kartoshkani bozorga olib chiqishganida hali ayrim tomorqachilar birinchi chopiqni boshlagan edilar. Otaxon bogʻbon esa 1 tonnadan ziyod ertagi kartoshkani yigʻib olib oʻrniga takroriy ekinni ekib qoʻydi. Xonadonning dehqonchilikdan tashqari oʻz chorvasi, parrandasi ham bor. Rozajon opa nevaralari bilan 80-100 ta xonaki tovuq, 10-15 ta kurkalarni parvarishlaydi.

Har kuni ikki-uch marta tovuq kataklaridan nevaralari bilan tuxum yigʻib oladi. Isteʼmoldan ortgani bozorni obod qiladi.

– Kurkaning koʻpayishi biroz qiyinroq, – deydi Rozajon opa. – Kamida bir oy alohida eʼtibor kerak boʻladi. Nevaralarim juda yaxshi koʻmakdosh. Tirik multfilm, deb rosa yaxshi qarashadi. Biri dinozavrlar desa, biri multfilm, deb atashadi, yaxshi-da, ularga ham zavqli, ham qiziqarli mashgʻulot.

Oilada Otaxon bogʻbon bilan Rozajon opaning oʻrni ham, hurmati ham baland. Kelinlari, oʻgʻillari, nevaralari – hamma oʻz ishini bilib-bilib, maromida bajarishadi. Bugun qancha meva sotildi, sabzavot va polizdan qancha daromad boʻldi, oila ehtiyojlari uchun qancha sarf-xarajat qilindi – barchasi hisob-kitob qilinadi. Halol mehnatning bahosi kun sayin oshib boraveradi. Turmushlariga ziynat bagʻishlab turgan har bir harakatda barakat, xayr borligini Otaxon bogʻbon ham, farzandlari ham yaxshi bilishadi.

– Shu tomorqaning fayzi-da, – deydi Otaxon bogʻbon mamnuniyat bilan. – “Neksiya” rusumli avtomobilimiz bor. Yillik daromadimiz ham yomon emas. Aytsam, koʻz tegadi-da!

Oila daromadi qanchalik ortib borgani sari Otaxon bogʻbon bilan Rozajon opaning ham orzu-havaslari koʻpaydi. Ketma-ket toʻrtta toʻy qilishdi. Ikki qizni uzatib, ikki kelin tushirishdi. Bu yogʻiga nevara toʻylari, deganday. Biri-biridan aqlli nevaralarni soʻzlatsangiz tillari burro: “Erta turganning, rizqi ziyoda boʻladi”, “Halol mehnat – keltirar rohat”, “Yerni boqsang, yer seni boqadi” kabi maqollarni qatorlashtirib tashlashadi. Bu jajji nevaralar ham ularning hayotiga ziynat bagʻishlab turgan halol mehnat insonni har qanday vaziyatda ulugʻlashini yaxshi  anglashadi. Bu – oʻzbek feʼlining avlodlar tomirida gupurgani, oila qadriyatlarining hayotiy talqini!

Biz ijodiy guruhimiz bilan doʻrmanlik Otaxon bogʻbon Toʻrayev xonadonida boʻlganimizda halol mehnat qadrini ulugʻlab ulgʻayayotgan jajji nevaralari, farzandlari kamolidan koʻksi baland oddiy, oʻta kamtar, fidoyi va mehnatkash insonlar borligi uchun ham hayot naqadar zavqli ekanligini his etdik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019