16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:34
Siyosat 👁 305

MUHOKAMADAGI “DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN LOYIHASI: TARAFDORLAR VA QARShILAR...

MUHOKAMADAGI “DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN LOYIHASI: TARAFDORLAR VA QARShILAR...

Ijtimoiy tarmoqlarda “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qonun tarafdorlari hamda  loyihaga qarshi munosabatda boʻlgan aholi qatlami oʻrtasidagi qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Sababi mazkur qonun kelajakda aholining asosiy qatlami boʻlgan Davlat xizmatchilarining maqomini, fuqaro davlat lavozimiga tayinlangan paytdan boshlab vujudga keladigan huquq, majburiyat va javobgarliklarni, shuningdek, ularning davlat fuqarolik xizmatini oʻtashi bilan bogʻliq cheklovlar tizimini belgilab beradi.
Xoʻsh, mazkur qonun maqsadi nima?
Mazkur loyiha davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi va davlat fuqarolik xizmatini tashkiliy-huquqiy mexanizmini yagonaligini taʼminlashga qaratilgan munosabatlarni tartibga solish orqali huquqiy asoslarini yaratish, ularning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini obʼektiv hamda adolatli tanlov asosida xizmat pogʻonalari boʻyicha oʻsish kafolatlarini oʻrnatish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, oʻtash va tugatish jarayonlarini tartibga solish, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbga layoqatliligini va professionalligining oʻsishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bir qarashdan hamma uchun teng imkoniyatlar yaratayotgan va barchamizning huquq va manfaatlarimizni himoya qilishga qaratilgan ushbu qonun loyihasi qaysi jihatlari bilan koʻpchilikning muhokamasiga sabab boʻlib qolmoqda?
Bunga bir necha sabab va qarashlar mavjud.
Masalan, koʻpchilikka qonun loyihasining 18-moddasi (Davlat fuqarolik xizmatchilari va ular oila aʼzolarining daromadlari, mol-mulki va koʻp miqdordagi xarajatlarini deklaratsiya qilish) amalda qanday ishlashi qiziq tuyulmoqda. Oldinlari faqat rivojlangan davlatlar qonunchiligida koʻp uchraydigan mazkur amaliyotning kundalik hayotimizga kirib kelishi ham qishloq xoʻjaligidan, ham davlat xizmatidan foyda topayotgan aholi qatlami bunday yangilikni qandaydir xadik bilan qabul qilmoqda. Shu oʻrinda xizmat faoliyati korruptsion omillar bilan bogʻliq xizmat turi namoyondalari ham bu yangilikni qabul qilishga tayyor emas.
Qonun loyihasining ikkinchi jihati agar u qabul qilinadigan boʻlsa, ishchi xodimlarning oylik ish haqida ham keskin oʻzgarishlar boʻladi. Sir emas bugungi kunda aksariyat idora va tashkilotlarda yaxshi oylik maoshga loyiq boʻlgan xodim ham, bunga loyiq boʻlmagan xodim ham deyarli bir xil maosh olib kelmoqda. Qonun qabul qilinsa, bu adolatsizlikka chek qoʻyiladi.
Masalan, qonun loyihasining 50-moddasiga koʻra, Davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash quyidagi toʻlovlarni nazarda tutadigan davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashning unifikatsiya qilingan tizimi asosida amalga oshiriladi:
 -bazaviy lavozim maoshi;
-malaka darajasi uchun toʻlovlar;
-davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligi asosiy koʻrsatkichlariga erishilishi va ish beruvchi tomonidan belgilanadigan ularning faoliyatini baholashning boshqa mezonlaridan kelib chiqib hisoblanadigan shaxsiy ustama haqlari.
Bunda shuni ham aytib oʻtish kerakki, qonun loyihasi yangi tartibdagi davlat lavozimlarning guruh va kategoriyalarini hamda davlat fuqarolik xizmatchilarining malaka va martaba darajalarini nazarda tutgan.
Qonun loyihasining yana bir eʼtiborga molik jihati shundaki, u kundalik ish faoliyatimizga meritokratiya tamoyilini olib kiradi. Yaʼni, endilikda Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat ularning qadr-qimmati, koʻrsatgan xizmatlari asosida xizmat pogʻonasi boʻyicha oʻsishni kafolatlaydi va Davlat lavozimini egallash faqat tanlov asosida amalga oshiriladi.
Fikrim oxirida qonun loyihasi 11-bob, 75-moddadan iboratligini taʼkidlagan holda, uning qanchalik koʻp qirrali va hajm jihatdan kengligini, koʻp munosabatlar tartibga solinganligini va bularning har biriga bitta maqolada toʻxtalib oʻtish imkoni yoʻqligini aytmoqchiman. Biroq, xulosa oʻrnida mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi quyidagi afzalliklarni berishi mumkinligini sanab oʻtish oʻrinli:
-davlat fuqarolik xizmatida malakali kadrlarni shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va ularning mansab pogʻonalarida barqaror koʻtarilishi;

-davlat organi va tashkilotlarini sifatli hamda samarali ishlashini taʼminlash hamda tashkil etish;
-davlat fuqarolik xizmatining huquqiy bazasini tartibga solish;
-davlat fuqarolik xizmatida korruptsiyani va boshqa suiisteʼmolliklarning oldini olish;
-samarali tanlov tizimini joriy etish va davlat fuqarolik xizmatchilarini kasbga oid sifatlari hamda alohida xizmatlari asosida koʻtarish, shuningdek ularni malakasini muntazam ravishda oshirish va qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Taʼkidlash joizki, mazkur qonun qabul qilinishi natijasida barcha darajadagi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan huquq, majburiyat va cheklovlarning yagona tizimi ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilariga mehnatga haq toʻlash va ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga oid yagona tizim yaratilishi taʼminlanadi.

M.MATYuSUPOV, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019