16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Siyosat 👁 312

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 12-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 12-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Joriy yilning 19-avgust sanasida tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 12-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya ishini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda olib bordi.

Sessiya kun tartibida qator masalalar muhokama qilindi. Xususan, kun tartibidagi dastlabki masala tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻining karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatib borilishi munosabati bilan fuqarolar sanitariya talablariga qatʼiy rioya etishlari zarurligi, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining oʻz vaqtida yuqori va sifatli koʻrsatilishi yuzasidan tuman aholisiga murojaati tinglandi.

Murojaatda keltirilganidek, oʻtgan oylar davomida tumanimizda koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq epidemiyalogik vaziyatni yumshatish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va davolash joylarini kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlash hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanda infektsiyadan zararlangan bemorlarning davolanishi uchun 100-oʻrinli boʻlimlar tashkil qilinib, zarur dori-darmon, asbob-uskunlari, tibbiyot xodimlari bilan toʻliq taʼminlandi. Shuningdek, tumanimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni oshib ketgan holatda, bemorlarga tegishli tibbiy yordam koʻrsatish uchun qoʻshimcha 150-oʻrinli karantin muassasasi tashkil etilgan. Xalqimizga sifatli va tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida 15 dona tez tibbiy xizmat koʻrsatish avtomashinalari hamda COVID-19 belgilari boʻlgan fuqarolarni maxsus shifoxonalarga yotqizish boʻyicha 13 ta mobil guruh ish olib bormoqda.

Murojaat soʻnggida joriy etilgan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari kerakligi aholi oʻrtasida doimiy ravishda targʻib qilib borilishi lozimligi hamda pandemiyani yengishga barcha birdek hissa qoʻshishi muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, huquqbuzarliklar  profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻining hisobotida taʼkidlanganidek, tumanda siyosiy-ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, huquq-tartibot hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, diniy ekstremizm va uning turli koʻrinishlariga qarshi kurash borasida samarali ishlar qilinmoqda.

Tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash, maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni hamda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi masala – kun tartibidagi navbatdagi masala boʻlib, u xususda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari soʻz yuritdi.

Hisobotda keltirilishicha, tumanda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi boʻlgan 17 nafar ayol-qizlar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan 2 nafar xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi boʻyicha yakka tartibda ish olib borilgan. Shu davrga qadar chet davlatlarga chiqib ketgan ayol-qizlarning 296 nafari qaytib kelgan boʻlib, ulardan 143 nafarining bandligi taʼminlangan. Shuningdek, boʻlim mutasaddilari tomonidan Ichki ishlar boʻlimining roʻyxatiga olingan 15 ta oila bilan tushuntirish ishlari hamda yakka suhbatlar oʻtkazilgan. Natijada  ushbu oilalar aʼzolari murosaga keltirilgan, 9 tasining notinchligiga barham berilgan. Boʻlim xodimlarining samaralali faoliyati tufayli tumandagi ajrim yoqasiga kelib qolgan 52 ta oilalarning 36 tasi yarashtirilgan.

Sessiya majlisida shundan soʻng, navbatdagi – tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasiga doir qabul qilingan Farmon va Qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi xususidagi masala muhokamasiga oʻtildi. Ushbu masala yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻining hisoboti tinglandi.

Hokim oʻrinbosari oʻz hisobotida tumanda investorlarni jalb qilish, investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda investitsiya loyihalarini amaliyotga tadbiq qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, investitsiya dasturlarining bajarilish holati, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini yetkazib berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar muhokama qilinib, koʻrib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019