16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 260

TOMORQA – DEHQON MEHNATI BILAN DAROMAD MANBAIGA AYLANADI

TOMORQA – DEHQON MEHNATI BILAN DAROMAD MANBAIGA AYLANADI

Yurtimizda yozning ayni pishiqchilik davri hukmronlik qilmoqda. Qay bir yurtdoshimizning  xonadoniga kirmang, dasturxoni turli yoz neʼmatlari boʻlgan mevalar bilan toʻkin. Biri-biridan totli qovun-tarvuzlarni totgan damlarimizda ona zaminimiz saxovatidan koʻnglimiz togʻday yuksaladi. Bu neʼmatlar dehqonlarimiz qishning ayozi-yu yozning saratonini pisand qilmay, dalalarda qilgan zahmatli mehnatlari mahsulidir. Dehqon ekkan ekinining ildizi – oʻzining bagʻrida, deb bejiz aytishmagan xalqimiz.

Ha, chindan-da, bugungi bozorlarimizdagi serob sabzavotlarga, mevalarga dehqonning qalb qoʻri singgan.

Oq oltin ovulida dehqonchilikning koʻzini biladigan tomorqa egalari koʻp. Ular oʻz mahsulotlari bilan tumanimiz bozorlarigina emas, respublikamiz bozorlari toʻkinligiga munosib hissa qoʻshishayapti.

Ovuldagi barcha xonadonlarning oʻz tomorqa yeri, qoramollari, yetti xazinaning biri boʻlgan parrandalari bor. Ular oʻz oilalarida daromad manbalarini koʻpaytirib, oʻzlarining turmushi farovon boʻlishiga erishayaptilar.

“Jiydali qulon” aholi punktida istiqomat qiluvchi Azimboy Shomurodov ham tomorqani oila iqtisodini yuksaltiruvchi omil deb hisoblaydi. U har yili 40 sotixlik tomorqasida oilasi ehtiyojini qoplaguday mahsulot yetishtirib, ortganini bozorda sotib, toʻkin-sochinlikka oʻz hissasini qoʻshmoqda. U yangi imorat qurib koʻchib kelgan vaqtlarida hovlisi atrofi shoʻr yer boʻlganligidan qator yillar faqat sholi ekdi. Ushbu ekin yer hosildorligini oshirib, shoʻrini yuvibgina qolmay yaxshigina daromad ham berdi.

U bir necha yildirki, oʻzi erta bahorda pomidor, bodring, qovun, tarvuz, bulgʻor qalampiri kabi ekinlar koʻchatlarini ekib, ertagi ekinlardan ham moʻl hosil oladigan boʻldi. Turmush oʻrtogʻi Sayyora Qalandarova, oʻgʻli, qizi ham “Suhrob-Hojiakbar” fermer xoʻjaligidagi ijara yeri ishlaridan boʻshagan vaqtlarida asosan tomorqadagi ekinlar parvarishi bilan band boʻlishadi.

Zaminning shifokori – dehqon deganlariday, necha yillik mehnat evaziga hovlisi atrofini unumdor yerga aylantirgan Azimboy Shomurodov tomorqasini bugun koʻrganlarning bari havas qiladi. Tomorqada yetishgan tarvuz, qovunlar bozorda xaridorgir. Erta bahordan koʻchirib oʻtqazilgan pomidor, baqlajon, bulgʻor qalampiri, koʻchatlari hosil berayotganiga ikki oydan oshdi. Oʻtgan yili kuzda ekilgan sarimsoqpiyoz oʻrniga iyun oyi oxirlarida ekilgan 2 sotixcha bodringdan ham yaxshi daromad olishayapti. Natijada oila turmushi farovon, mehnatlari tufayli yaxshi hayot kechirishadi. Oʻtgan yili yaxshi niyatlar bilan yerdan undirgan mablagʻlariga toʻy qildi, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashina sotib oldi.

Tomorqa – daromad manbai. Bu iborani koʻp eshitamiz, aytamiz. Biroq yer bejizga insonni siylamasligini, hosil insonning peshona teri, halol mehnati evaziga bunyodga kelishi haqida chuqurroq oʻylab koʻrmaymiz.

Taqir yerdan rizq undirish uchun yil mobaynida mehnat qilinadi, omilkorlik bilan yer tabiatiga qarab ekin turi joylashtiriladi. Azimboy Shomurodov kabi mehnatsevar, zahmatkash insonlar borki, xalqimiz dasturxoni toʻkin, totli mevalar serob.

Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019