16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Siyosat 👁 401

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 13-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 13-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 27-avgust sanasida Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining 13-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkil qilindi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Batir Matmuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitasi raisi Shukurulla Ataniyazov va tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok qildilar. Sessiya ishini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda olib bordi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Batir Matmuratov soʻzga chiqib, karantin talablari yumshatilgani tufayli mamlakatimizda iqtisodiy faollik osha boshlagani, savdo, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalardagi tadbirkorlik faoliyati tiklanib, daromadlarni koʻpaytirishga imkoniyat paydo boʻlganligi, mamlakatda “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va shu orqali qoʻshimcha zaxiralarni shakllantirish zarurligi, bunday qoʻshimcha zaxiralar aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlash uchun muhim manba boʻlishini alohida taʼkidladi. 

Shundan soʻng sessiya majlisi kun tartibidagi masalalar muhokamasiga oʻtildi. Sessiya kun tartibidan aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet daromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar oʻrin oldi.

Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirbayevning hisoboti tinglandi. Hokim oʻrinbosarining hisobotida tuman axolisining oʻzini oʻzi band qilishi maqsadida  tijorat banklari tomonidan “Xar bir oila tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilayotgani va ularning maqsadli foydalanilayotganligi xususida monitoring ishlari olib borilayotgani qayd etib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, tumanda pandemiya sharoitida 1234 ta oilalar “temir daftarga” kiritilib, tumandagi saxovatpesha tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilgan ishlar natijasida, 109 ta oilaga qoramol, 4 ta oilaga qoʻy-echkilar, 13 ta oilaga parranda, 5 ta oilaga asalari qutilari, 135 ta oilaga ixcham issiqxonalar berilgan, shuningdek, 615 nafar ishsiz fuqarolar va 445 ta daromadsiz qolgan oilalardagi ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanishi natijasida 446 ta oilalar ehtiyojmand oilalar roʻhatidan chiqarilgan boʻlib, jami 891 ta oilalar “temir daftar”dan chiqarilgan. Qolgan 343 ta oilalar yil yakuniga qadar chiqarish choralari koʻrilmoqda.

Shundan soʻng mazkur masalalar boʻyicha tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitovning hisoboti tinglandi.Hisobotda Amudaryo tumanida byudjet daromadlarini oshirish borasida salmoqli ishlar olib borilayotgani qayd etilib,  joriy yilning 8 oyi uchun byudjet tushumlari rejasi 53,7 mlrd. soʻm boʻlib, reja 86,0 foizga bajarilganligi, “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subʼektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi mikrofirma va kichik korxonalarning 206 tasiga yer va mol-mulk soliqlaridan 1,2 mlrd soʻm miqdorida imtiyozlar berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirildi.

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori oʻrinbosari Farxod Axmedovning hisobotida tumanda joriy yilning shu davriga qadar vaktinchalik mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan fuqarolar soni 5 698 nafarni tashkil qilib, shulardan avgust holatiga 1 419 nafar fuqarolar qaytib kelganligi, ulardan 735 nafari ish bilan taʼminlanganligi xususida maʼlumot berildi.

Shuningdek, pandemiya davrida charter reys orqali tumanimizga 25 nafar fuqaro qaytib kelgan boʻlib, ulardan 4 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlarida, 11 nafari mustaqil ravishda ishga joylashgani, 10 nafari esa norasmiy sektorda band ekanligi qayd etildi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar xususida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitasi raisi Shukurulla Ataniyazov nutq soʻzladi. U oʻz soʻzida “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi Prezident farmonining ijrosini taʼminlash borasida qilinishi lozim boʻlgan ishlar xususida toʻxtaldi.

Sessiya ishidagi masalalar muhokamasida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, tuman Kengashi deputati Bahadir Baltabayev va "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi hamda "Amudaryo televideniyesi" bosh muharriri, tuman Kengashi deputati Gʻulomjan Yeshniyozovlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Xalq deputatlari tuman kengashi raisi, tuman hokimi S.Yoʻldashev soʻzga chiqib, aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet daromadlarini oshirish va xorijda mehnat qilgan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilanganligini hamda bu boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini maʼlum qildi. Ushbu vazifalarning ijrosi boʻyicha mutasaddilarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tumandagi sektorlar rahbarlari soʻzga chaqib, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish hamda aholining turmush farovonligini oshirish borasida sektorlar kesimida ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼkidlab oʻtdilar.

Sessiyada kun tartibidagi masala boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019