16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Adabiyot 👁 261

“IChINGNI QIZDIRADI” (mutoyiba)

“IChINGNI QIZDIRADI” (mutoyiba)

Mirzaning uyi qishloqning cheti, naryogʻi keng-moʻl dehqonchilik dalalari boʻlgani uchun tuman asalarichilik xoʻjaligidagilar qirq quti asalari uyalarini olib kelib qoʻyishdi. Nima, mendan non-osh tilarmidi, deb Mirza oʻzi ruxsat berdi. Asalarichilar bu xonadon egalarining samimiyati, mehmondoʻstligini koʻrgach, yaqin oshna boʻlib qolishdi.

Hozir qutilar soni yuzdan oshdi.

“Bol tutgan barmogʻini yalar”, deganlariday, yil – oʻn ikki oy Mirza xonadonining dasturxoni asalsiz boʻlmaydi, ancha-muncha sotishga ham ortadi.

“Mirzaning asali – asl”, –deb Yangiboy aka hamma joyda maqtab yuradi. Asalni olish paytida “kavsan”dan ham quruq qolmay, ulushini oladi... “Reklama uchun” deb.

Yangiboy aka kechadan beri asalarichilar kelib ishlayotganini eshitib, Mirzaning uyiga qarab yoʻl oldi.

– Assalomu alaykum! Xirmonga barakat! – deb kirib borganida Mirzaning xotini non yopayotgan ekan. Mirza asalarichilarning haydovchisi bilan supada choy ichib oʻtirar, yana uch yigit toʻri koʻkrakka tushadigan qalpoqni kiyib, maxsus tutunlikni tutatib, asal yigʻmoqda edilar.

Qator turgan bidon idishlarga qaraganda, asalning bu yilgi hosili zoʻrga oʻxshardi.

– Umringizga barakat! Keling, nerdan is bildingiz-ay? – deb, hamishagi quvnoq hazili bilan kutib oldi Mirza, – toʻrga oʻting.

Yangiboy aka quyuq duo qilib, yuziga fotiha tortgach, barcha bilan soʻrashib oldi, xirmonlariga yana bir bor baraka tiladi.

– Sen, qizgʻanchiq, aytmaganing bilan arilardan xabar bordi!

– Choy iching, endi xabar bermoqchiydim, mana, toza asal bilan iching, – deb Mirza choy ichadigan piyoladan kattaroq vazachadagi asalni yaqinroqqa qoʻydi.

– Hey, Mirzaboy, buning kichkina tilimga yuq ham boʻlmaydi, toza boldan mana bu piyolaga toʻldirib obkesang-a! Ana, kelinning issiq choʻragidan ham ikkitagina, a?! Qoʻlingni ochib tur, xirmon ustida!

– Xoʻp, xoʻp, Yangaka, – deb, darrov barini muhayyo qildi Mirza.

Asalarichilar ham bularning hangomalaridan xabardor, ikkalasi bir-birini “uchirib” gaplashganiga koʻp guvoh boʻlishgan. Yangiboy akaning gavdasiga yarasha ishtahasi ham zoʻr edi.

– Mirzaboy, shu sening uyingga kelsam, ishtaham ochilib ketadi, hayronman, – dedi piyolani boʻshatayotib.

– Hovva, oʻzingizning uyingizdagina ishtahangiz yopiq boʻladi sizning, – javob otdi Mirza.

– Yoʻgʻ-ey, mehmonlarga koʻpdan yetishsin, der edim-da, hozirlari xarajat begona boʻlmasin deb, uyda ham ishtaham ochiq boʻladi, – dedi Yangiboy aka yumshoq choʻrak bilan kosadagi bolni sidirib olarkan boʻsh kelmay.

– Bizdan ham bir piyola, Yangakang uchun! – qichqirdi bolchilardan biri, – ob keling, rosa quyuq joyidan solib berayin, juft boʻlsin-da!

Yangiboy aka bu piyolani ham boʻshatdi. Hali ikkinchi choʻrakning yarmidan ozrogʻi bor edi.

– Yangaka! Yana bir piyola obkesinmi?!

– Ob kelaqol, yana bitta choʻrak ham oldiraqol,–dedi Yangiboy aka undan qaytmasdan, chiranibroq oʻtirib. Mirza kulib, yana piyolani toʻldirarkan, bolchilarga ham eshittirib gap otdi:

– Hoʻ, Yangaka, sal xabardorroq boʻling! Koʻp yevorsangiz, ichingizni qizdiradi bu! Yangiboy aka undan ham baland ohangda qichqirdi:

– Sen ob kelaver. Koʻramiz! Koʻrib turibmiz, kimning ichi qizishini!

T.ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019