16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:32
Siyosat 👁 517

XALQ BANKINING AMUDARYo TUMAN FILIALI KAPITAL TAʼMIRLANIB, FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

XALQ BANKINING AMUDARYo TUMAN FILIALI KAPITAL TAʼMIRLANIB, FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga, tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshayotgan eng yirik bank muassasalaridan biri sanaladi. Bank oldida turgan asosiy vazifalardan biri oʻz salohiyatini barqarorlashtirish hamda mijozlarning bankka boʻlgan ishonchini oshirish, xizmat koʻrsatishning yuqori darajasiga erishish, bank xizmatlari koʻrsatishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hisoblanadi. Bankning Amudaryo tumani filiali xodimlari ham ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab, bank xodimlari rekonstruktsiya qilingan, zamonaviy koʻrinishdagi yangi binoda oʻz ishini davom ettirishmoqda. 14-sentyabr kuni Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Amudaryo tuman filiali binosining mukammal taʼmirdan keyin ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev va boshqalar soʻzga chiqib, kapital taʼmirdan chiqarilgan bank binosida mijozlar va ishchi xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilganini eʼtirof etib, quruvchilarga minnatdorchilik bildirdilar va bank xodimlarining kelgusidagi ishlarida omad tiladilar.

Bank boshqaruvining buyurtmachiligi asosida pudratchi tashkilot “Mangʻit Ideal Qurilish” MChJ tomonidan 1 mlrd. 850 mln. soʻm mablagʻ evaziga bino kapital rekonstruktsiya qilindi. Yangi binoda xodimlar va mijozlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan boʻlib, xonalar zamonaviy jihozlar va kompyuter tizimlari bilan taʼminlangan. Mijozlar uchun alohida kutish zali tashkil qilingan. Binoda yaratilgan barcha qulaylik hamda shart-sharoitlar bank ish faoliyatining unumdorligini taʼminlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, bugungi kunga kelib, Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki tuman filiali tomonidan 556 ta yuridik mijozlarga hamda 8 mingga yaqin jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Filialda jami 53 nafar xodim xizmat faoliyatini olib boradi. Bank xodimlarining samarali mehnati natijasida tumanda istiqomat qiluvchi 15 mingga yaqin pensionerlarga pensiya pullari, shuningdek, kam taʼminlangan oilalarning 2 yoshgacha hamda 14 yoshgacha boʻlgan bolalariga beriladigan nafaqa pullari oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda.

Bank maʼmuriyati yangi gʻoyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilagan holda mijozlarga koʻrsatiladigan xizmatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga, shuningdek, zamonaviy bank xizmatlarini yoʻlga qoʻyish orqali moliyaviy xizmatlar bozori koʻrsatkichlarini yanada oshirishga harakat qilmoqdalar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019