16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 303

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi A.Hayitov Amudaryo tumanida boʻldi

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi A.Hayitov Amudaryo tumanida boʻldi

19-sentyabr kuni Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Hayitov tumanimizda boʻlib aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.

Amudaryo tumanida har yili aholi tomorqasidan unumli foydalanish maqsadida erta bahordanoq serhosil urugʻlik navlarini tanlash, bogʻ-rogʻlar barpo etishda mevali daraxt koʻchatlarini saralash va ekish ishlariga alohida ahamiyat qaratiladi. Joriy yilda ham tomorqa ekinlaridan yuqori hosil olishni koʻzlagan tomorqa yer egalari astoydil mehnat qilib, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ekin ekib, “Har bir qarich yer boʻsh qolmasin!” shiori ostida tomorqani daromad manbaiga aylantirdilar.

Tumanimizda yerdan unumli foydalanib, bu borada katta natijalarni qoʻlga kiritayotgan, yuqori hosil va moʻl daromad olayotgan omilkor dehqonlar tajribasini oʻrganish, tomorqa maydonlariga bozorbop ekinlar ekilishini tashkil qilish, bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olgan holda tomorqada 2-3-marta hosil yetishtirish, xonadonlarda ixcham issiqxonalar qurish, bir vaqtning oʻzida tomorqa xoʻjaligida nafaqat dehqonchilik, asalarichilik va xonadon chorvachiligi kabi yondosh sohalarni ham rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar eʼtiborga molik. Bugungi kunda amudaryolik tomorqachilar nafaqat tumanimiz, balki qoʻshni tumanlar aholisi uchun ham moʻl-koʻl dehqonchilik mahsulotlari yetkazib berishmoqda.

Joriy yilning 19-sentyabr sanasida Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Hayitov tumanimizda boʻldi. Mehmon aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalasida “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Xususan, aholi tomorqalarida ixcham issiqxonalar qurish, oila chorvasi, ayniqsa, asalarichilik va parrandachilikni rivojlantirish maqsadida bank kreditlarini ajratish, ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish holatlari oʻrganildi.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori Toʻlqin Sattorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Quanish Nurimbetov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonovlar hamrohligida mehmonlar “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Agrofirma rahbari Erkin Rasulov oʻtgan 2019-yilda 1 mlrd 200 mln soʻmlik bank krediti, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan asalarichilik tarmogʻini yoʻlga qoʻydi. Aktam Hayitov agrofirmada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, agrofirma rahbariyati va ishchilari erishayotgan yutuqlar, aholi dasturxoniga yetishtirib berilayotgan asal mahsulotlarining sifatiga yuqori baho berdi. Erkin Rasulov kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish evaziga faqat 2020-yil mavsumida 2 tonnadan ortiq yuqori sifatli asal yetishtirib, 90 mln soʻm sof foyda koʻrdi. Shuningdek tadbirkor asalarichilik tarmogʻini tashkil etishni rejalashtirgan tomorqa yer egalariga shartnoma asosida 655 quti asalari uyalarini yetkazib berdi.

Aktam Hayitov agrofirma ishchilari uchun ajratilgan shart-sharoitlar, ularning oylik ish haqlari darajasi ham yaxshi ekanligini qayd etar ekan amudaryolik qishloq xoʻjaligi tadbirkorlarining ishlarini ommalashtirish, ayniqsa asalarichilikni yanada istiqbolli sohaga aylantirishda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan masʼullarga zarur tavsiyalar berdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019