16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:54
Qishloq xoʻjaligi 👁 356

TUMANDA YILLIK REJANI ADO ETGAN FERMER XOʻJALIKLARI SONI ORTMOQDA

TUMANDA YILLIK REJANI ADO ETGAN FERMER XOʻJALIKLARI SONI ORTMOQDA

Amudaryolik paxtakorlar kuzning quyoshli kunlarini gʻanimat bilib, dalalarda oppoq boʻlib, ochilib turgan hosilni tezroq yigʻib-terib olish maqsadida tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Vaqtincha ishsiz aholi ham ixtiyoriylik asosida ijarachilarga terimda koʻmakka chiqishib, yaxshigina daromad olishmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan qaroriga muvofiq, birinchi terimda qoʻlda terilgan bir kilogramm paxta uchun 1000 soʻmdan, ikkinchi terimda 1400 soʻmdan haq toʻlanayotgani terimchilarning moddiy manfaatdorligi yuqori boʻlishini taʼminlamoqda. Natijada yillik rejasini ado etgan, marraga tobora yaqinlashayotgan xoʻjaliklar soni tobora ortmoqda.

Bobur ovulida faoliyat yuritayotgan 23 ta fermer xoʻjaliklarining jami 823 gektar dalasiga paxta ekilgan.

Shu kunlarda ushbu dalalarda hosil yigʻim-terimi tobora qizgʻin tus olayotir. “Mahbuba-Malohat” fermer xoʻjaligida 17 nafar ijarachilar 23 gektar maydonda paxtadan bqori hosil yetishtirdilar. 50 nafardan ziyod terimchilar kuniga 80-100 kilodan paxta terib, xoʻjalik xirmonini tobora yuksaltirmoqda.

Xoʻjalikda paxtadan tashqari, 1 gektar 30 sotixlik bogʻ, 1 gektar 20 sotixlik baliqchilik koʻli ham bor. Xoʻjalik aʼzolarining gʻayrat-shijoatlari tufayli shu kungacha yillik 59 tonnalik marra ortigʻi bilan ado etildi.

Shu ovuldagi “Bozorboyev Zafarbek” fermer xoʻjaligi paxtakorlari sentyabr oyining 23 sanasida yillik shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan ado etdilar. Xoʻjalikda 23 gektar maydonga ekilgan paxtadan shu kungacha 59 tonnadan ziyod hosil  yigʻishtirib olindi.

Tumanimizning Oq oltin ovulida 15 ta fermer xoʻjaliklarining 841 gektar maydoniga erta bahorda “Sulton” navli paxta ekilgan edi. Koʻklamning seryogʻin, salqin kelishiga qaramay, ushbu maydonlarda moʻl hosil yetishtirishga muvaffaq boʻlindi. “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligining 90 nafar pudratchisiga biriktirilgan 84 gektar paxta maydonida ham ayni kunlarda yigʻim-terim avjiga chiqayapti.

Xoʻjalikda terimchilarga unumli ishlari uchun dala boshida tushlikka issiq ovqat, qaynatilgan suv, choy tashkil etilgan. Terim pullari oʻz vaqtida hisob-kitob qilinayapti. Bu kunlik ish surʼati yuqori boʻlishiga zamin hozirlayotir.

Hududdagi “Ismoil ota” fermer xoʻjaligida esa 33 gektar paxta maydoni bor. Dalalarga erta bahorda ezgu niyatlar bilan chigit ekib, moʻl hosil yetishtirishga erishgan xoʻjalik aʼzolari yigʻim-terimga oʻzgacha shijoat bilan kirishib ketishdi. Natijada xoʻjalik paxta xirmoni tobora yuksalmoqda.

Dalalarda hosil moʻl. Terimchilar ham dalalardagi moʻl paxtani yogʻingarchilik kunlarga qoldirmasdan yigʻib olish maqsadida jadal surʼatlarda terimni davom ettirishmoqda.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019