16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 281

“Amudaryomaxsuspudrat” MChJ: Amudaryo tumanida sizot suvlari koʻtarilmaydi, buning uchun barcha choralar koʻrilgan

“Amudaryomaxsuspudrat” MChJ: Amudaryo tumanida sizot suvlari koʻtarilmaydi, buning uchun barcha choralar koʻrilgan

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda dehqonchilik madaniyatini oshirish, yerdan foydalanishda nafaqat iqlim, balki tuproq, yerosti suvlarining, shuningdek yerusti sugʻorish tarmoqlarining holatini mukammal oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori hosil olishning birdan-bir omili – ekin maydonlarining nechogʻlik yaroqliligiga bogʻliq. Bu borada melioratsiya obʼektlarini sifatli taʼmirlash va tiklash ishlari muhim ahamiyatga ega.

Joriy yilda “Amudaryomaxsuspudrat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bosh pudrat shartnomasi asosida Amudaryo, Nukus va Boʻzatov tumanlari hududidagi bir necha kollektorlarida salkam 4 mlrd. soʻmlik taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, 151 km. uzunlikdagi kollektor tarmoqlarida sizot suvlar oqimi boʻylama hajmi yaxshilandi. Natijada mazkur kollektorlar joylashgan hududlardagi fermer xoʻjaliklari va aholi tomorqalarida yerning shoʻrlanish darajasi keskin kamayib, meʼyorga keltirildi. Paxta va boshqa dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi oshdi. Bundan tashqari, jamiyat ishchi-xizmatchilari tomonidan 2020-yilning 1-oktyabr holatiga bosh pudrat shartnomasi asosida tumanimizdagi “K-1-7” kollektor tarmoqlarida rekonstruktsiya ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, oʻtgan 9 oy davomida suv xoʻjaligi va boshqa obʼektlarda jami 4,3 mlrd soʻmlik taʼmirlash-tiklash va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilib, salkam 158 km. uzunlikdagi melioratsiya shoxobchalarining zax suvlarini oʻtkazish quvvati oshirildi.

15-oktyabr kuni mazkur jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar arhisobi va kelgusidagi rejalar yuzasidan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmali seminarni tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev ochdi va “Amudaryomaxsuspudrat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2020-yilning oʻtgan 9 oyi davomida  amalga oshirilgan keng koʻlamli taʼmirlash-tiklash va rekonstruktsiya ishlarini meʼyoriy talablar darajasida olib borilgani sababli tumanimizdagi mavjud ekin maydonlarining meliorativ holati yil sayin yaxshilanib, dehqonchilik madaniyati yuksalib borayotgani xususida toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng seminar ishtirokchilari jamiyat tomonidan olib borilayotgan tuproq-qazuv va taʼmirlash-tiklash ishlarining sifatini koʻzdan kechirdilar.

Koʻrgazmali seminar ishtirokchilari mazkur jamiyat tomonidan 2021-yilda bajarilishi rejalashtirilayotgan “K-2” xoʻjaliklararo kollektorida amalga oshiriladigan taʼmirlash-tiklash ishlarining koʻlami, umumiy ish hajmi bilan ham tanishdilar. Tumandagi “K-2” xoʻjaliklararo  kollektori tarmoqlarida koʻp yillar davomida rekonstruktsiya va taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmagan. Natijada hududdagi yer osti sizot suvlarining sathi 1,3-1,5 metrga koʻtarilib, yer maydonlarining shoʻrlanish darajasi ortgan. Bu esa aholi tomorqalari va fermer xoʻjaliklari ekin maydonlarining hosildorligi pasayib ketishiga olib kelgan. Kollektor tarmoqlari koʻmilib, qamish va yakan bilan qoplanishi oqibatida suv oʻtkazish qobiliyati, boʻylama hajmi pasayib, gidrotexnik inshootlar yaroqsiz holga kelib qolgan.

Koʻrgazmali seminarda mazkur kollektor tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilgandan keyin yer osti sizot suvlari sathi 2-2,2 metrga pasayishi, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishi, aholi tomorqa yerlari hamda fermer xoʻjaliklari ekin maydonlarida hosildorlik oshishi taʼkidlandi. Mazkur kollektorda 2021-yilning noyabr oyigacha 411 ming 257 kubometr hajmdagi tuproq-qazuv, 1 ming 55 kubometr qirqish ishlari amalga oshirilishi, jami 76 kubometr hajmdagi beton va temirbeton, 41 kubometr tosh va 76 kubometr shagʻal sarflanishi koʻzda tutilgan.

Koʻrgazmali seminar ishtirokchilari “Amudaryomaxsuspudrat” masʼuliyati cheklangan jamiyat mutaxassislari va ishchilari tomonidan amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga yuqori baho berdilar hamda tumanda va Respublikamizning boshqa tumanlaridagi kollektor-drenaj tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash hamda rekonstruktsiya qilish ishlarida fidoyilik namunalarini koʻrsatgan mutaxassislar va ishchilarga, texnikalarni boshqaruvchi mexanizatorlar, ekskavator mashinistlariga homiylar tomonidan sovgʻalar topshirildi.

R.Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019