16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 411

AMUDARYo TUMANIDA PAXTA YeTIShTIRISh REJASI ORTIGʻI BILAN BAJARILDI

AMUDARYo TUMANIDA PAXTA YeTIShTIRISh REJASI ORTIGʻI BILAN BAJARILDI

Amudaryolik paxtakor va gʻallakorlar, bogʻbon-u dehqonlar, pillakor hamda chorvadorlar oʻzlarining fidoyi mehnatlari bilan qishloq xoʻjaligi taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar. Bu yil ham mehnatsevar dehqonlarimiz erta bahordan chigit ekib, unib chiqqan nihollarni astoydil parvarishlab, yuqori hosil yetishtirishga, “oq oltin” xirmonini yuksaltirishga erishdilar. Hamjihatlikdagi mehnat evaziga paxtakorlarimiz bu yil ham respublikamizda birinchilardan boʻlib paxta yetishtirish rejasini ortigʻi bilan bajardilar. Tumanimiz paxtakorlari 19-oktyabr kuni kontraktatsiya shartnomalarida koʻrsatilgan 34 900 tonnadan ziyod paxta yigʻib-terib olib, mehnat gʻalabasiga erishdilar.

Eʼtiborli jihati, bu yil yetishtirilgan hosil toʻligʻi bilan tumanimizda tashkil qilingan klaster korxonasi tomonidan harid qilinib, shu tizimda toʻliq qayta ishlanadigan boʻldi. Klaster tizimi nafaqat paxtachilik, shuningdek, qishloq xoʻjaligining barcha yoʻnalishlarida eng samarali va foydali tizim boʻlib, undan mahsulot yetishtiruvchilar – dehqon va fermerlardan tortib, qayta ishlovchilargacha barcha birdek manfaat koʻrmoqda.

Qishloq xoʻjaligi sohasida klaster tizimining joriy qilinishi boshqa sohalarning keng taraqqiy etishiga zamin yaratmoqda. Ilgari hokimiyat rahbarlari butun diqqat-eʼtiborini, bor kuch-salohiyatini agrar sohaga qaratgan boʻlsa, klaster tizimi joriy qilinishi bilan hokimlar oʻz vaqtlarining oʻndan bir qisminigina qishloq xoʻjaligiga, qolgan barcha qismini ijtimoiy soha, taʼlim, madaniyat, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflamoqdalar. Shu orqali mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtilmoqda. Fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin boʻlib, ular oʻzlari kutganlaridek manfaat koʻrishmoqda, hokimlarning ish uslublari tubdan oʻzgarib, agrar sohada davlat aralashuvi keskin kamaytirilishi bilan birga reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qoʻyilmoqda.

Bu yil erta bahordan 362 ta fermer xoʻjaliklarimiz tomonidan 15 ming 250 gektar maydonga chigit ekilgan edi. Tekis unib chiqqan gʻoʻza nihollari agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilinib, moʻl hosilga zamin hozirlandi.

Paxta yigʻim-terimi mavsumiga ham puxta  tayyorgarlik koʻrildi. Shu maqsadda 290 ta terim otryadlari tashkil qilinib, ularga jami  23 ming 266 nafar terimchilar jalb qilindi. Shundan 9283 nafarini fermer xoʻjaligi ishchilari tashkil etgan boʻlsa, qolgan 13 ming 983 nafari uyushmagan aholi boʻlib, ular shartnoma asosida paxta terimida ishtirok etdilar. Terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratilib, aholini majburiy mehnatga jalb qilmaslik boʻyicha nazorat tadbirlari muntazam olib borildi.

Bugungi yuksak xirmonni bunyod qilishda Qilichboy, Oʻrtaqalʼa, Toshyop, Oq oltin, Namuna kabi ovul va mahallalardagi fermer hoʻjaliklar munosib hissa qoʻshdilar. Jumladan, Oq oltin ovulidagi “Gavhar Yakubova”, Toshyop ovulidagi “Bekmon Allaberganov” hamda Doʻrman ovulidagi “Pirnazarov Toʻraboy”, Oʻrta qalʼa ovulidagi “Ermonov Oʻrozboy” fermer xoʻjaliklari paxta rejalarini eng oldingilar qatorida ortigʻi bilan bajardilar.

Fursatdan foydalanib, bugungi mehnat zafariga erishishda jonkuyarlik koʻrsatgan dehqon va fermerlarni, pudratchi va hasharchilarni, qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislarini erishilgan mehnat gʻalabasi bilan tabriklayman!

Sultonboy Yoʻldashev, Amudaryo tumani hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019