16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:55
Salomatlik 👁 281

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Azal azaldan xalqimiz tabiblik, shifokorlik kasbi bilan shugʻullanuvchilarni eʼzozlab, ularga hurmat-eʼtibor koʻrsatib keladi. Yurtimizda ushbu soha jonkuyarlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni” sifatida belgilanib, ushbu sana shifokorlar bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholiga jahon andozalari darajasida, yuqori tibbiy texnologiyalar vositasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan tortib, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatishgacha boʻlgan boʻgʻinni qamrab oluvchi mukammal tizim yaratilgani tufayli hamda tibbiyot sohasi xodimlarining mashaqqatli mehnatlari samarasi oʻlaroq aholining sogʻlom turmush tarzi taʼminlanib, oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi uzaydi.

Ushbu sana munosabati bilan 6-noyabr kuni Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasida tadbir oʻtkazildi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov ishtirok etib, hokimlik nomidan tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida toʻxtalib, shifokorlik kasbi eng masʼuliyatli va mashaqqatli kasb ekanligi, ayniqsa, butun dunyoda kechayotgan hozirgi ogʻir pandemiya sharoitida tibbiyot fidoyilari haqiqiy qahramonlik koʻrsatayotganini alohida taʼkidladilar.

Chindan ham, mamlakatimizda bugungi kunda tibbiyot sohasi vakillarining jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish, ularga nisbatan xalqimiz hurmatini oshirish, munosib mehnat sharoiti yaratish va daromadini koʻpaytirish boʻyicha koʻplab amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soha vakillarining moddiy manfaatdorligini oshirish, samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2018-yil 7-noyabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, soha xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlari oshirilganligi ana shu eʼtibor samarasidir.

Qolaversa, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, endilikda tibbiy xizmatning asosiy vazifasi kasalliklarni davolash emas, balki ularning oldini olishga, aholining salomatlik koʻrsatkichlarini yaxshilashga, uzoq umr koʻrishiga hissa qoʻshishga yoʻnaltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinini takomillashtirish hamda aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tibbiyot markazlari va oliygohlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari davlatimizning doimiy eʼtiborida boʻlishi taʼkidladilar.

Ishonamizki, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, Oʻzbekiston tibbiyot maktabi anʼanalarining davomchilari boʻlgan azizlar shifkorlarimiz olijanob burchlarini bundan buyon ham sharaf bilan ado etajidar.

Tadbirda inson salomatligi uchun masʼul, hayotimiz mazmunli va bardavom boʻlishi uchun jon kuydirayotgan, oʻzini qoʻyib, boshqalarga hayot baxshida qilishga qasam ichgan va fidoyi bir guruh tibbiyot xodimlari tuman hokimligi tomonidan munosib ragʻbatlantirildi. Namunali tibbiyot xodimlari faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019