16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:18
Jamiyat 👁 6,134

IXChAM, KULAY, KOʻRKAM UY-JOYLAR yurtimiz chiroyiga-chiroy qoʻshmoqda

IXChAM, KULAY, KOʻRKAM UY-JOYLAR yurtimiz chiroyiga-chiroy qoʻshmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida yangidan qurilgan, biri-biridan koʻrkam uy-joylarni koʻrib, xalqimiz turmushi tobora farovonlashib borayotganiga guvoh boʻlasiz. Amalga oshirilayotgan jami bunyodkorliklar, obodonchiliklar xalqimizning ezgulikka, yaratuvchanlikka intilishini, mamlakatimizdagi barqaror tinchlik, osoyishtalik bu harakatlarga zamin boʻlayotganini anglash qiyin emas.

Ayniqsa, mamlakatimiz Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi "Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan 217 ta ixcham, koʻrkam va barcha qulayliklarga ega uy-joylar tumanimiz koʻrkiga-koʻrk qoʻshib turibdi.

Namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilishi boshlangan dastlabki 2010-yilda tumanimizda 60 ta hovli qurilib, foydalanishga topshirilgan boʻlsa, qishloq aholisining uy-joyga, ayniqsa, namunaviy loyiha asosida qurilayotgan uylarga talabining koʻpligi inobatga olingan holda 2011-yilda "Taqirqalʼa” aholi punktida 25 ta, Qilichboy ovulining "Olmazor” mahallasida 17 ta, "Toʻlqin” ovulining "Bagʻanali” aholi punktida 8 ta, tuman boʻyicha jami 50 ta turar joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. 2012-yilda 37 ta, 2013-yilda esa 70 ta har biri 12 sotix yer maydoniga ega bir necha xil hajmdagi uylar qurildi.

Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarga talab katta ekanligi inobatga olingan holda joriy yilda tumanimizning "Taqirqalʼa”, "Olmazor”, "Vaxum” aholi punktlarida 70 ta uy-joylar barpo etish rejalashtirilib, yil boshidanoq qurilishi boshlab yuborildi. Jami 10879,2 mln. soʻmlik qurilish ishlarining yilning 1-may holatiga 5428,6 mln. soʻmlik hajmi bajarildi.

Jumladan, yer ishlari 100 foiz, fundament ishlari 100 foiz, gʻisht terish ishlari 70 foiz, elektr montaj ishlari 38,6 foiz, tom yopish ishlari 34,3 foiz, ichki suvoq ishlari 34,3 foiz, ihota devorlari fundamenti ishlari 68,7 foiz va boshqada ishlar bajarildi. Qisqa qilib aytganda rejadagi ish hajmining 50 foizdan ortigʻi ado etildi. Bu raqamlar 1-sentyabrga qadar tumanimizda 70 ta oila barcha qulayliklar yaratilgan chiroyli va obod hovlilarga ega boʻlishidan dalolat beradi.

Mazkur uy-joylarning tashqi muhandislik tarmoqlari boʻyicha 136.0 mln. soʻmlik, jami uzunligi 2,219 km. suv tarmogʻi qurilishi ishlari, 278 km. gaz tarmogʻi qurilishi ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 1,382 km. uzunlikda elektr tarmoqlari, 2,415 km. masofada yoʻl qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu yoʻnalishlar boʻyicha ham ishlar olib borilayapti.

Shunisi eʼtiborliki, barpo etilayotgan yangi aholi punktlarida bolalar maydonchalari ham oʻrin olgan. Shuningdek, mahalla guzari, madaniy-maishiy obʼektlar qurish ham rejalashtirilgan. Masalan, "Taqirqalʼa” mavzesida 76-umumtaʼlim maktabi, "Olmazor” qishloq vrachlik punkti qurilib, foydalanishga topshirildi. Qisqa qilib aytganda, namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanishga topshirilayotgan uy-joylarga ixcham, koʻrkam, barcha qulayliklarga ega boʻlgani uchun ham talab ortmoqda. 2015-yil uchun ham yangidan quriladigan "Choykoʻl” ovulining "Bosuv” mahallasida 42 ta, A.Temur nomli ovulning "Taqirqalʼa” aholi punktida 15 ta, "Oʻrta qalʼa” ovulining "Vaxum” aholi punktida 25 ta, jami 80 ta uy-joy uchun talabgorlar roʻyxati shakllantirilmoqda. Hozirgi kunda 30 nafardan ortiq fuqaro roʻyxatga olingan. 80 ta uy-joy oluvchilar shakllantirilgandan keyin sentyabr oyidan keyingi yil uchun uy-joy qurilishi boshlab yuboriladi. Bu hovli-joylarni qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli kredit ajratilayotgani aholiga yana bir qulaylikdir. Shuningdek, toʻlov shakli xohlagan turda amalga oshiriladi, kredit rasmiylashtirilganidan keyin 6 oy davomida faqat kredit foizi toʻlanadi, Soliq Kodeksining "Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari toʻgʻrisida”gi 179-moddasi 30-bandiga asosan uy egasi va uning yordamchi toʻlovchisining daromadlari yakka tartibda uy-joyni qurish va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilganida daromad soligʻidan ozod qilinadigan imtiyozlar ham mavjud.

Bu esa xalqimiz turmushi obodligiga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

M.ShOMURODOV olgan surat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019