16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 199

AHOLI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILMOQDA

AHOLI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILMOQDA

Maʼlumki, azal-azaldan insonning  salomatligi Alloh bergan eng ulugʻ neʼmat sifatida bebaho boylikka tenglashtiriladi. Bu bejizga emas. Chunki inson hayotiga ziynat bagʻishlaguvchi goʻzal turmush tarzining shakllanishi, barkamol avlodlarning voyaga yetishi, oilalardagi xotirjamlik muhiti – jamiki hayot goʻzalliklari bevosita inson salomatligiga bogʻliqdir. Shu bois, tumanimizning Kuyuk koʻpir ovuli hududida joylashgan 5-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi xodimlari mazkur hudud aholisi salomatligini muhofaza etish, ayniqsa, ona va bolaning reproduktiv sogʻligini taʼminlash, har bir oilaga kirib borib, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha tez-tez jonli muloqotlar, ayollar, keksalar va yoshlar salomatligi yuzasidan salomatlik mavzusida suhbatlar tashkil etib, muntazam ravishda aholini tibbiy  koʻrikdan oʻtkazish tadbirlarini amalga oshirishadi.

Bu borada mamlakatimizda tibbiyot sohasini jahon andozalari darajasiga mutanosib  ravishda rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, 2020  yilning 10-noyabr sanasida qabul qilingan “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 12-noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorlari hamda Farmonlari dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Pandemiya sharoitida aholining salomatligini qatʼiy nazorat qilish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Joriy yilning 16-noyabr sanasida oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan kengaytirilgan tartibda hudud aholisi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Kardiolog, ichki kasalliklar, onkologik kasalliklar, jarroh, okulist, travmatolog, endokrinolog, pediatr, LOR, nevropatolog, akusher-ginekolog va urolog shifokorlar ishtirokida oʻtkazilgan tibbiy  koʻrik jarayonida kasalligi aniqlangan bemorlarga zarur tavsiyalar hamda ambulator va statsionar sharoitlarda davolanishlari uchun zarur maslahatlar berildi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtgan jami 318 nafar kishidan 246 nafarida turli toifadagi kasallik holatlari aniqlandi. Shundan 57 nafarida birlamchi kasalliklar aniqlanib, ularga zarur tavsiyalar berildi. Oʻtkazilgan tibbiy koʻrik jarayonida avvaldan turli toifadagi kasalliklar bilan ogʻrigan  235 nafar kishi sogʻlomlashtirildi. 217 nafar bemor ambulator, 12 nafari esa statsionar sharoitlarda oʻz salomatliklarini tikladilar.

Shunisi eʼtiborga molikki, tibbiy koʻrikning aniq rejaviy  jadval asosida oʻtkazilishi hamda aholining toʻliq qamrab olinishi tufayli hududda aholi orasida xavfli oʻsma hamda yuqumli kasalliklar bilan kasallanish holatlari kuzatilmadi. 38 nafar bemorga tuman Markaziy shifoxonasiga, 8 nafar bemorga esa boshqa davolash muassasalarida davolanishlari uchun yoʻllanmalar berildi.

Tibbiy koʻrik davomida aholiga qish mavsumida oʻz salomatliklarini muhofaza qilish zarurligi, bilib-bilmay turli xil yoʻllar bilan tashviqot qilinayotgan dori-darmon vositalaridan foydalanmaslik, oʻzlarini noxush sezishganida, albatta, shifokorga murojaat qilishlari zarurligi tushuntirildi. Chunki  televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali zoʻr berib tashviqot qilinayotgan dori vositalari koʻpchilik holatlarda oʻzining aks taʼsirini koʻrsatishi mumkin. Shu bois, har qanday holatda ham, albatta, shifokor koʻrigidan oʻtish inson  salomatligini muhofaza etishning eng maqbul yoʻli ekanligi tibbiy koʻrik davomida har bir fuqaroga atroflicha tushuntirildi.

Inson – aziz, uning sogʻ-salomat yashashi esa barcha ezgu ishlarning muvaffaqiyatini taʼminlovchi  omildir. 5-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi shifokorlari aholi salomatligini saqlash, ularni sogʻlomlashtirish hamda tibbiy madaniyatini oshirishda tibbiy koʻrikdan tashqari, “Salomatlik saboqlari”, “Sogʻlom yashash uchun sogʻlom ovqatlanish sari”, “Salomatlik – tuman boylik”, “Tongni jismoniy mashqlar bilan qarshi olamiz mavzularidagi tibbiy suhbatlar, profilaktik tadbirlar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratishayotgani bois, 2020-yil 16-noyabr holatiga hududda 235 nafar bemor sogʻlomlashtirilib, ijtimoiy faolligi oshirildi.

yni paytda QOP shifokorlari aholi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish borasida tibbiy suhbatlar tashkil etishni boshlab yuborishdi. Umumiy amaliyot shifokorlari va patronaj hamshiralari har bir xonadonga kirib borib, profilaktik tadbirlarning uzviyligini taʼminlashmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019