17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Iqtisodiyot 👁 162

Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan ovul va mahallalarda ijtimoiy himoyaga doir yangi tizim tartib-qoidalariga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan ovul va mahallalarda ijtimoiy himoyaga doir yangi tizim tartib-qoidalariga bagʻishlangan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

Keksa avlod vakillariga boʻlgan eʼtibor, ularni har tomonlama ijtimoiy va iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash doimo davlatimiz diqqat markazida. Bu borada Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimida  samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda yoshga doir pensiya oluvchilar 17132 nafar, nogironlik boʻyicha pensiya oluvchilar 2506 nafar, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilar 994 nafar, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga  va boquvchisini yoʻqotganlik uchun ijtimoiy nafaqalar oluvchilar 2463 nafarni tashkil etdi.

Mamlakatimizda aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning manzilliligini yanada oshirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, aholini ijtimoiy himoya qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda.

Xususan, jahonda boʻlib oʻtayotgan koronavirus pandemiyasi davrida aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlashning shaffof va samarali tizimi joriy etilmoqda.

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishning yagona tizimini yaratish maqsadida mamlakatimizda 2020-yilning 1-sentyabridan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlashni koʻrib chiqish va belgilash tartib-taomillari «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bunda «Ijtiomiy himoya yagona restri» axborot tizimi egasi va foydalanuvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi hisoblanadi.

Aholini ijtiomiy himoya qilish borasida oʻrnatilgan tizim tartib-taomillari va qoidalarini fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlariga keng targʻib qilish maqsadida Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi xodimlari ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlariga chiqmoqdalar.

Shu yilning 10-dekabrida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Zokirjon Xalilayev, boʻlim mutaxassisi Sarvar Komiljonovlar Mangʻit shahridagi Durunki mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlariga yangi tizim boʻyicha targʻibot-tushuntirish ishlari olib bordilar. Taʼkidlanganidek, Yagona resstr uchun himoyaga muhtoj oila aʼzolarining pasporti, tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, nikohni qayd etish guvohnomasi mahalla fuqarolar yigʻinlariga taqdim etiladi, ushbu organ ushbu hujjatlarni qabul qilmasligi mumkin emas. Ariza taqdim etilgach, bu hujjatlardagi maʼlumotlar Yagona resstrga kiritiladi. Oilaning ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki yoʻqligini aniqlash uchun zarur boʻladigan boshqa maʼlumotlar Yagona reyestr orqali tegishli idoralardan avtomatik tarzda elektron ravishda olinadi. Idoralardan olingan maʼlumotlar asosida qonunchilikdan kelib chiqib, yagona reyestr hech bir inson omili ishtirokisiz arizachi murojaati boʻyicha qaror chiqaradi va bu haqda arizachi yoki uning oila aʼzolariga sms xabar joʻnatiladi.

Targʻibot tadbirlarida masʼullar yangi tizim afzalliklarini toʻla tushuntirib berdilar va mahalla fuqarolari yigʻiniga ijtimoiy yordam soʻrab murojaat qilganlarga bu haqda batafsil tushuntirishlari lozimligini taʼkidladilar.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi xodimlari tumanimizning barcha ovul va mahallalarida ham ana shunday targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. 

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019