16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 259

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning  qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan  BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilari, mirishkor fermerlar va zahmatkash dehqonlar!

Sizlarni va Siz orqali oila aʼzolaringiz, mehnat jamoangiz va barcha qishloq xoʻjaligi sohasi fidokorlarini kasb bayramingiz – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimligi va shaxsan oʻz nomimdan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan 2017-yilda qabul qilingan Qonun asosida har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinayotgani albatta, Sizdek halol va fidoyi, zahmatkash va matonatli yurtdoshlarimizning mehnatiga boʻlgan butun xalqimizning samimiy ehtiromi deb bilamiz. Har yili turli shakldagi tabiat injiqliklari, turli hashorot va kasalliklar xuruji, yozning jaziramasi-yu qishning ayozli kunlarida – yil-oʻn ikki oy davomida tinimsiz mehnat qilib, xalqimiz dasturxoni toʻkinligini taʼminlaydigan Siz azizlarning mehnatingiz doimo tahsinga loyiqdir. Amudaryolik qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarining joriy yilgi suv tanqisligi sharoitida ham paxta, gʻalla va pilla yetishtirish boʻyicha shartnomalarini ortigʻi bilan bajarib, boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan ham moʻl hosil toʻplagani, albatta, barchamizga cheksiz quvonch bagʻishlaydi.

Bu yil paxtachilik sohasida klaster tizimiga toʻliq oʻtilib, tuman tarixida ilk marta yuz foiz paxta “Amudaryotex” xorijiy korxonasi klasteri buyurtmasi asosida yetishtirilgani ushbu sohada maʼmuriy boshqaruv usullari oʻrniga bozor mexanizmi tartib-qoidalarini joriy qilish imkonini berdi. Natijada, 35 ming 600 tonnadan ortiq paxta yetishtirgan fermer xoʻjaliklarimizning ham, klaster korxonasining ham manfaatdorligi ortib, daromadlari yuksaldi.

2020-yil hosili uchun 332 ta fermer xoʻjaliklarimiz tomonidan 3350 gektar maydonga gʻalla ekilib, davlat xazinasiga 8845 tonnadan ortiq gʻalla topshirildi va shartnomaviy reja Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib ortigʻi bilan bajarildi. Mirishkor gʻallakorlarimiz 2021-yil hosili uchun 3800 gektar maydonga gʻalla ekib, bugungi kunda agrotexnik talablar asosida sifatli parvarishlamoqdalar.

Pillakorlarimiz esa davlatga pejadagi 208 tonna oʻpniga 210 tonnadan ortiq yuqopi sifatli pilla topshipishga erishdilar.

Bundan tashqari, dehqon va fermerlarimiz boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan ham moʻl hosil olib, el dasturxonining toʻkinligi, bozorlarimizda narz-navo barqarorligiga munosib hissa qoʻshdilar.

Chorvadorlarimizning samarali mehnatlari natijasida joriy yilning  1-dekabr  holatiga tumandagi yirik  shoxli qoramollar soni 156 ming 400 boshdan oshdi. Shuningdek, 104 ming 700 bosh qoʻy-echkilar, 659 ta ot zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qilinmoqda. Parrandalar soni 1 mln. 32 ming 700 taga yetkazilib, salkam 10 ming tonna goʻsht yetishtirildi. Sut ishlab chiqarish hajmi esa 35 ming tonnadan oshdi.

Amudaryo tumanida baliqchilik sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor natijasida 2020-yilda jami 1000 tonnaga yaqin baliq mahsuloti yetishtirildi. Asalarichilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkor va dehqonlarimiz safi koʻpayishi natijasida 152 tonna yuqori sifatli asal yetishtirildi.

Tumanimizda qishloq xoʻjaligi sohasida mahsulot yetishtirish hajmini oshirishga tomorqachilarimiz ham munosib hissa qoʻshmoqdalar. Ular samarali mehnatlari natijasida har qarich yerni daromad manbaiga aylantirib avvalo oilasining, qolaversa mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshmoqdalar. Turli dasturlar va loyihalar, bank kreditlari va tomorqachilarning oʻz mablagʻlari hisobidan tashkil qilinayotgan ixcham issiqxonalar esa yerdan yil davomida 3-4-marta hosil olish imkonini bermoqda.

Mana shunday fidoyi va zahmatkash, ishning koʻzini biladigan dehqon va fermerlarimiz, tomorqachilarimizning mehnatlari evaziga joriy yil yakunlari boʻyicha tumanda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 624,1 mlrd. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilga nisbatan oʻsish surʼati 103,7 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.

Albatta, bu borada davlatimiz va hukumatimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori, qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilib, fermer va tomorqachilar, dehqon xoʻjaliklari egalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Fursatdan foydalanib, dehqon va fermerlarni, gʻallakor va pillakorlarni, tomorqachi va chorvadorlarni, oddiy ishchi va mexanizatorlardan tortib, agronom va olimlarni, qoʻyingki, qishloq xoʻjaligiga aloqador barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramlari bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Hamisha rizqingiz butun, xirmoningiz baland boʻlib, halol mehnatingizning rohatini koʻrib yashash baxti nasib qilsin! Yana bir bora bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari!

Sultonboy Yoʻldashev, Amudaryo tumani hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019