17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:57
Iqtisodiyot 👁 252

KUYuK KOʻPIR OVULIDA AVTOMOBILLARGA METAN GAZ QUYISh ShOHOBChASI ISh BOShLADI

KUYuK KOʻPIR OVULIDA AVTOMOBILLARGA METAN GAZ QUYISh ShOHOBChASI ISh BOShLADI

“Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stantsiyalari tarmogʻini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli oʻtkazish, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni taʼminlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktyabrda qabul qilgan qarori avtotransport vositalarini ekologik xavfsiz yoqilgʻi turi bilan taʼminlash, ularda siqilgan tabiiy gaz ballonlarining xavfsiz ishlatilishiga erishish  borasida muhim qadam boʻlayotir.

Qarorga  muvofiq, xavfsizlik qoidalariga toʻla rioya etilgan holda qurilgan avtotransportlarga siqilgan gaz quyish shoxobchalari soni koʻpaydi. Bu oʻz navbatida avtotransport vositalari haydovchilari uchun juda yaxshi qulaylik boʻlmoqda.

Kuyuk koʻpir ovulida faoliyat yuritayotgan “Bunyodbek-Aminboy” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 2011-yilda bunyod etilgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida faqat benzin sotilar edi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 815-sonli qaroriga muvofiq, 2016-yildan propan siqilgan gaz quyish  shoxobchasi qurilishi ham boshlanib, 2017-yilda ishga tushirilgan edi.

Joriy yilning 4-dekabridan boshlab, aholi ehtiyojiga koʻra avtotransport vositalariga metan siqilgan gazi quyish shoxobchasi ham ishga tushirildi. Buning uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat raisi Gulmirza Mamutov “Xalq banki”ning  tuman filialidan 3 milliard 850 million soʻmga teng  xorijiy valyutada kredit oldi va ushbu shoxobchaning qurilish ishlariga sarf etdi.

Yangidan ish boshlagan shoxobchani bunyod etish uchun trubalar Nukus polimer zavodidan, asosiy  qurilma Xitoydan, kolonkalari esa Koreyadan keltirildi va yetuk  mutaxassis quruvchilar qurilish ishlariga jalb etildi. Shoxobcha uchun tabiiy gaz Mangʻit-1 gaz taqsimlash stantsiyasidan tortib kelindi.

Metan gaz quyish asbob-uskunalari xavfsizlik qoidalariga rioya  qilingan holda oʻrnatildi va ayni paytda aholiga xizmat koʻrsata boshladi. Bu bilan “Bunyodbek-Aminboy” masʼuliyati cheklangan jamiyatida  yangidan 15 ta ishchi oʻrin yaratildi va ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashdi. Endilikda hudud aholisi transport vositalariga yoqilgʻi quyish uchun boshqa hududlarga borib, ovora boʻlib yurishiga hojat qolmadi. Shuning uchun ham  ushbu obʼektning ishga tushirilishi  koʻpchilik uchun quvonarli boʻldi.

Shoxobchaning ishga tushirilishi xuddi bayram tusini oldi. Unda ishtirok etgan  masʼullar yangi ish boshlayotgan tadbirkorga  muvaffaqiyatlar, xalqimizga xizmat koʻrsatishda tolmas kuch-gʻayrat tiladilar.

Tumanimizning qaysi bir hududiga bormang,  deyarli hamma xonadonlarda turli  rusumdagi avtomobillar bor. Biroq, uzogʻimizni yaqin, ogʻirimizni yengil qiladigan mashinalarga yoqilgʻi quyish uchun soatlab, baʼzan yarim sutkalab navbat kutgan vaqtlarni koʻpchilik yaxshi eslashadi. Hozirgi kunda esa tobora koʻpayayotgan yoqilgʻi quyish shoxobchalarining avtotransport haydovchilariga qulay sharoitlarda tezkor xizmat koʻrsatishi natijasida, vaqtini  tejashga, sarsonlikning oldini olishga muvaffaq boʻlishayapti.

Quvonarlisi, bular – xalqimiz turmush farovonligi oshayotganidan, tadbirkorlik qoʻllab-quvvatlanayotganidan darak.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019