16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:09
Iqtisodiyot 👁 268

PREZIDENT QARORI IJROSINI TAʼMINLAShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

PREZIDENT QARORI IJROSINI TAʼMINLAShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

18-dekabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlashga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Hayitov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tegishli muassas, korxona va tashkilotlar masʼullari, loyiha tashabbuskorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilish kun tartibidagi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, Amudaryo tumanida hududiy investitsiya dasturiga muvofiq 77 ta loyiha amalga oshirilishi va 2 616 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi boʻyicha olib borilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar maʼlumotlar berib, kelajakdagi rejalar boʻyicha atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev tumandagi investitsiya dasturiga kiritilgan 77 ta loyihadan bugungi kunga kelib, 38 mlrd. 695 mln. soʻmlik 33 ta loyihalarning bank kreditlari oʻzlashtirilib, toʻliq ishga tushirilganligi va ular tomonidan 205 ta yangi ish oʻrinlari yaratilganligi xususida gapirib oʻtdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Hayitov investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida mazkur loyihalar tashabbuskorlari bilan suxbatlashdi.

Jumladan,“Mangit Matbaasi” xususiy korxonasi tomonidan 772 mln. soʻm, shundan 70 ming dollarlik xorijiy kredit liniyasi mablagʻi hisobiga bosmaxona tashkil qilish loyihasini amalga oshirish uchun bank tomonidan 49 ming dollari ajratilganligi, qolgan 21 ming dollar mablagʻ ajratilishi kechikayotganligi, “Amudaryo tomorqa xizmati” MChJ tomonidan tomorqa xizmati klasteri loyihasini amalga oshirishga 5 mlrd. 27 mln. soʻmdan 2 mlrd. 500 mln. soʻmi ajratilganligi va qolgan 2 mlrd. 527 mln. soʻm qismi ajratilishi muammo boʻlayotganligi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish uchun zarur deb topilgan 26,6 ga yer maydonlarini ajratish masalasida tashabbuskorlar bilan birma-bir gaplashib, mazkur muammolarni hal etish choralari xususida toʻxtaldi.

Loyihalarga zarur boʻlgan tijorat bank kreditlarining oʻz vaqtida ajratilishi boʻyicha mavjud muammolar oʻrganilib, kredit mablagʻlarini qisqa muddatlarda ajratilishini taʼminlash boʻyicha zarur topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Amudaryo tuman Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi, tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturiga kiritilgan barcha maqsadli dasturlardagi loyihalarni moliyalashtirish va ularni oʻz vaqtida ishga tushirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, rejada belgilangan muddatlarda loyihalarning toʻliq va soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash topshirildi.

Shuningdek, tijorat banklarining tuman filiali rahbarlariga mavjud loyihalarga ajratilgan kreditlar maqsadli ishlatilishiga eʼtibor qaratish va ajratilmagan kredit mablagʻlarini qisqa muddatlarda ajratish choralarini koʻrish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yigʻilishda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi loyihalariga yer maydonlari ajratish, Soliq inspektsiyasi, Statistika boʻlimi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbarlari zimmasiga ushbu loyihalar ishga tushirilgach, koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini, yaratilgan ish oʻrinlarining hisobotlarda toʻliq aks ettirilishini nazorat qilib borish vazifalari yuklatildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019