16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Siyosat 👁 286

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING 23-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING 23-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

29-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 23-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev raislik qildi hamda olib bordi.

Sessiyada kun tartibidagi dastlabki – tuman mahalliy byudjetining 2021-yilgi asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi. Hisobotda 2021-yilda tuman mahalliy byudjetining daromadlari va xarajatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala – “Temir daftar”dagi roʻyxat boʻyicha yordamga muhtoj oilalarga manzilli yordam koʻrsatish va aholining, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshevning hisoboti tinglandi. Deputatlarga “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilgan choralar, 2020-yil davomida tumanda yaratilgan yangi ish oʻrinlari hamda xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Sessiya kun tartibiga qoʻyilgan navbatdagi – yer ajratish, egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish masalalarini koʻrib chiquvchi doimiy komissiya qaroriga doir masala yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayevning hisoboti tinglandi. Hisobotda kontraktatsiya shartnomalarini bajarmagan hamda oʻz xohishiga koʻra faoliyatini toʻxtatayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlarining arizalari koʻrib chiqilib, ularning egaligidagi yer maydonlari tuman zahira yer fondi hisobiga qaytarib olingani taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi. Doimiy komissiyalar tomonidan tavsiya qilingan nomzodlar orasidan Ilhom Polvonov “Adolatli deputat”, Maqsud Saʼdullayev “Mehnatkash deputat”, Hamro Xodjayev “Xalqparvar deputat” dep topildi. Xalq deputatlari tuman Kengashining avvalgi chaqirigʻida faoliyat yuritgan deputat Gulasal Matyakubova “Faxriy deputat” deb topildi.

Sessiyada shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 28-maydagi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasiga doir qabul qilingan Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar ijrosi atroflicha muhokama qilinib, muzokaralar oʻtkazildi.

Karantin tadbirlarini yumshatish doirasida faoliyatiga ruxsat berilgan sohalar, ayniqsa, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va savdo korxonalarida sanitariya qoidalariga qatʼiy amal qilinishi, hududda koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng turda targʻib qilish, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal etilishi, aholini dori-darmonlar, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur mahsulotlarga boʻlgan talablarni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi masala ham deputatlar tomonidan keng muhokama qilindi.

Sessiyada shuningdek, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid tuman dasturining ijrosi, tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda sessiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibida koʻrilgan barcha koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya yakunida turli sohalarda mehnat qilib, davlat ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti yoʻlidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh faollarga ham tuman hokimi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019