16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:50
Siyosat 👁 261

2021-YILGI DAVLAT DASTURI LOYIHASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

2021-YILGI DAVLAT DASTURI LOYIHASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida mamlakatimizda 2021-yilda barcha sohalarda amalga oshiriladigan muhim islohotlar, el-yurtimiz farovonligi, taraqqiyoti bilan bogʻliq dolzarb vazifalar toʻla qamrab olingan.

Murojaatnomani butun xalqimiz katta qiziqish bilan oʻqib-oʻrganmoqda, belgilangan ulugʻvor vazifasiga mahkam kirishmoqda.

Shu yilning 23-yanvarida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “2017-2021-yillarda  Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini oʻrganish va takliflar bildirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishga tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, sektorlar rahbarlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari, maktablar direktorlari, faol yoshlar ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmur Temirboyev ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida 2020-yil 29-dekabrdagi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga havola etilgani, shu munosabat bilan joriy yilning 19-26-yanvar kunlari tegishli hududlardagi senatorlar boshchiligida mahalliy Kengashlar deputatlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari hududiy ijro organlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar tuzilib, jadval asosida loyihaning mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari, hamda kutilayotgan ijobiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida joylarda targʻibot-tushuntirish ishlari oʻtkazilayotganini va shu orqali aholining mazkur Farmon va Davlat dasturi loyihasiga munosabati oʻrganilayotganini aytdi va yigʻilish ishtirokchilaridan bu borada taklif mulohazalarini, fikr-mulohazalarini bildirishini soʻradi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi Guliston Annaqilicheva batafsil maʼruza qildi.

U oʻz soʻzida “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichini oshirish, maktab taʼlimi sifatini oshirish, oʻqituvchilarga zarur barcha sharoitlarni yaratish, zamonaviy, yangi maktablar qurilishi, milliy taʼlim dasturini yaratish, taʼlim sifatini tubdan yaxshilashga  qaratilgan alohida dastur amalga oshirilishi ushbu sohadagi tub islohotlarning asosini tashkil etishini, Prezidentimiz tomonidan xorijdagi vatandoshlarimizni ham ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, joriy qilingan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarni ijtimoiy  qoʻllab-quvvatlash hamda eʼlon qilingan “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi loyihasida har bir tumanning, har bir mahallaning muammoli masalalarini koʻtarib chiqish boʻyicha takliflar kiritilishi mumkinligi haqida keng turda fikr bildirdi.

Maʼlumot uchun 2021-yil Davlat dasturi loyihasi 276 ta banddan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy gʻoya va takliflari hamda 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida ishlab chiqilgan. Farmon loyihasini 10 kun mobaynida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishdan maqsad – joriy yilgi Davlat dasturini fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda yanada takomillashtirish koʻzda tutilgan.

Shundan soʻng, tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi Rahmatulla Matqurbonov, 40-sonli maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurodova, “Durunki” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shuhrat Jumaniyozov, mehnat faxriysi Pardagul Oʻrozboyeva, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi  boshligʻi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarovalar soʻzga chiqishib, “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi loyihasiga aholini har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, yoshlarga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish hamda aholi salomatligini mustahkamlash borasida, shuningdek, qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish borasida oʻzlarining taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019