16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Fan va taʼlim 👁 3,661

Parvozingiz yuksak boʻlsin!

Parvozingiz yuksak boʻlsin!

Ayni kunlar maktablar oʻquvchilari uchun hayajonli va unutilmas damlardir. Shoʻx-shodon bolajonlar bilan gavjum boʻlgan maktablarda soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglab, oʻquvchilarni yozgi taʼtilga chorladi. Ayrimlari yil davomida olgan bilimlarini imtihonda namoyish qilib sinfdan sinfga oʻtayotgan boʻlsalar, ayrimlari davlat imtihonlari topshirib, umumtaʼlim maktabini tugatmoqdalar, oʻzlari tanlagan ixtisoslik boʻyicha oʻqish, kasb-hunar oʻrganish uchun kollejlarda, akademik litseyda uzluksiz taʼlimni davom ettirishga hozirlik koʻrmoqdalar. 9-yil davomida taʼlim-tarbiya bergan ustozlar, sinfdosh doʻstlar, maktab bilan xayrlashuv, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari ostonasiga ilk qadamni qoʻyish qalblarga hayajon, ayni paytda shijoat bagʻishlamoqda, koʻzlari quvonchdan porlayotir.

Bugun ulkan yoʻl boshida turgan oʻgʻil-qizlarning hammasining ham kelajak uchun  belgilagan qatʼiy rejalari bor. Ularning tillari burro-burro, orzulari ezgu ekanligi kishini quvontiradi, ertagi kunimizga ishonchimizni yanada oshiradi. Ularning soʻzlari bilan tanishsangiz, bunga oʻzingiz guvoh boʻlasiz:

Hilola Xolmurodova, 30-sonli umumtaʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchisi:

- Ustozlari taʼlim-tarbiyasini olgan oʻquvchi, albatta, orzu-umidlar ogʻushida ulgʻayadi: men katta boʻlsam shifokor boʻlaman, men kosib-usta boʻlaman, men chegarachi boʻlaman, men oʻqituvchi boʻlib, ustozlarim kabi bolalarga taʼlim-tarbiya beraman...

Bu kabi havaslar bizda umumtaʼlim  maktabining boshlangʻich sinflarida oʻqib yurgan vaqtlarimizdayoq uygʻongan. Keyinchalik ustozlarimiz bu havaslarning qatʼiy orzuga aylanishiga jiddiy eʼtibor berishgan. Xususan kasblar haqida biz oʻquvchilarga tushuncha berish uchun "Kasblar olamiga sayohat”, "Kasbim-faxrim”, "Biz kelajak quruvchilarimiz” kabi tadbirlar oʻtkazildi. Mehnat qilib elda hurmat-eʼtibor qozongan, baxtiyor insonlarning xonadonlariga sayohatlar qildik, uchrashuvlar oʻtkazildi. Natijada hozir maktabimizning 9-sinfini bitirayotgan barcha doʻstlarimning oʻz rejalari bor. Bu rejalar bizga oʻqish, kasb-hunar egallashda qanot beradi, kelajakka boʻlgan intilishimizni kuchaytiradi.

Men iqtisodchi boʻlish niyatidaman. Shu bois avval "Mangʻit” iqtisodiyot kasb-hunar kollejida, keyinchalik Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universitetida oʻqimoqchiman.

Mening bu kasbni tanlashimga ustozim Otabek aka Tojiyev sababchi boʻldi. Ota-onam, maktabimiz psixologi Xatira opa Hayitboyeva va barcha ustozlarim qoʻllab-quvvatlab, zarur maslahatlarini berdilar.

Iroda Mahmudova, 55-sonli umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi:

- Maktabimizda kasb tanlash mavzusida soʻrovnoma oʻtkazilganida men hech ikkilanmay buxgalteriya sohasini tanlaganimni yozdim. Chunki bu kasbni avval shunchaki tanlagan boʻlsam, maktabimizda kasb tanlashga doir oʻtkazilgan tadbirlar, 3-sonli Amudaryo akademik litseyida boʻlib oʻtgan "Ochiq eshiklar kuni”da qatnashishim natijasida orzularim qatʼiylashdi.

Men aniq fanlar qatori ingliz tilini ham yaxshi koʻraman va mukammalroq oʻrganishga intildim. Fan olimpiadalarida qatnashib, faxrli oʻrinlarni egalladim.

Maktabimizda ingliz tili fanini oʻqitishga alohida eʼtibor berilmoqda. Men bundan samarali foydalanishga intildim. Chunki mening orzuim oʻzim sevgan kasbni mukammal egallab, tumanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishdir.

Sevara Ibrohimova, 31-sonli umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi:

- Mamlakatimizda oʻquvchi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, eʼtibor ularning intellektual salohiyatini namoyish etib, oʻqishlari, qobiliyatini rivojlantirishga asos boʻlmoqda. Bulardan samarali foydalanish esa burchimiz.

Men va sinfdoshlarim bu yil umumtaʼlim maktabini bitirib oʻzimiz tanlagan sohani egallash uchun ilk qadamlarimizni qoʻyamiz. Doʻstlarimning barchasining kelajagi uchun belgilagan rejalari bor.

Men 3-sonli Amudaryo akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishida oʻqishni davom ettirmoqchiman. Maqsadim – ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi boʻlish, ona tilimizning boy, goʻzalligini yoshlarga oʻrgatish. Oʻz ona tilini mukammal bilgan, boy adabiy merosimiz bilan oshno boʻlgan odam hayotda yutqazmaydi, menimcha. Mening bu boradagi intilishlarim ham samarasiz ketgani yoʻq. 6-, 8-sinflarda ona tili va adabiyoti fanidan olimpiadalarda qatnashib, yaxshi natijalarni qoʻlga kiritdim. 2013-yilda maktablararo oʻtkazilgan insholar tanlovida faxrli birinchi oʻrinni oldim. "Barkamol avlod” bolalar markazi tashkil etgan  "Badiiy nafosat bilimdoni” koʻrik-tanlovining "Yosh jurnalist va notiq” nominatsiyasi gʻolibi boʻldim, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa uchinchi oʻrinni egalladim. "Orasta qizlar” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida saralab olingan 10 nafar qizning biriman. Dugonalarimga sardorlik qilib, Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrinni olishga hissa qoʻshdim.

Men kelgusida yutuqlarimni yanada koʻpaytirish uchun harakat qilaman. 9-yil davomida taʼlim-tarbiya olgan jonajon maktabidan ustozlar duosi ila kasb-hunar taʼlimiga uchirma boʻlayotgan tengdoshlarimga oq yoʻl tilayman va oʻzlari sevgan ixtisoslikni mukammal egallashlariga tilakdoshman.

Gulruh Otanazarova, 40-sonli umumtaʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchisi:

- Men taʼlim-tarbiya olayotgan maktabda oʻquvchilarning toʻlaqonli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo. Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirish uchun darsdan tashqari qoʻshimcha mashgʻulotlar, turli tanlovlar oʻtkazib boriladi. Albatta, oʻz tengquridan orqada qolishni istamagan oʻquvchi oʻqiydi, izlanadi. Barcha tadbirlarda faol qatnashishni istaydi. Natijada unda oʻz ustida koʻproq ishlash koʻnikmasi shakllanadi.

Shu boisdanmi, sinfdoshlarimning barchasi yaxshi oʻqishadi.

Mana, oʻquv yili tugab, biz 9-yil taʼlim olgan maktabimiz, sevimli ustozlarimiz bilan xayrlashish arafasida turibmiz. Endi navbat uzluksiz taʼlimning keyingi bosqichi – kasb-hunar kollejiga.

Maktabimiz bitiruvchilarining ustozlarimizdan olgan saboqlari zamonaviy kasb-hunarni puxta egallashlariga xizmat qiladi.

Abror Omonboyev, 36-sonli umumtaʼlim maktabi 9-sinf oʻquvchisi:

- Tumanimiz umumtaʼlim maktablaridan koʻngillarida olamcha hayajon bilan kasb-hunar kollejlariga, akademik litseyga uchirma boʻlayotgan polaponlarga parvozingiz yuksak boʻlsin, tinch-osoyishta yurtimizni yanada taraqqiy ettirishga munosib hissa qoʻshadigan mutaxassis, kasb-hunar egasi boʻlib kamolga yeting! – deya tilak bildiramiz.

Biz hozir umumtaʼlim maktabini tugatib, oʻzimizning kelajagimiz uchun kasb-hunarni egallash yoʻlida ilk qadamlarimizni qoʻyish arafasidamiz.

Mening dadam tadbirkor. Xalqqa maishiy, transport xizmati koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Men ham dadamdek tadbirkor boʻlib, eldoshlarimga xizmat koʻrsatishni istayman. Ota-onam, ustozlarim mening rejalarimni qoʻllab-quvvatlashdi, yoʻl-yoʻriq berishdi.

Kasbning, hunarning yaxshi yomoni, osoni ham yoʻq. Muhimi uni sidqidildan, vijdonan ado etishda, deb oʻylayman. Taʼlimning keyingi bosqichida bu orzularimga yetishish uchun yanada qatʼiyroq harakat qilaman.

 

Oygul RAJABOVA suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019