17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 279

KREDIT ShARTNOMASI VA UNING BAJARILIShI BILAN BOGʻLIQ NIZOLAR

KREDIT ShARTNOMASI VA UNING BAJARILIShI BILAN BOGʻLIQ NIZOLAR

Kredit deganda, oʻz egalari qoʻlida vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlarini boshqalar tomonidan maʼlum muddatga haq toʻlash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlar tushuniladi. Ushbu munosabatlar kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga rioya kilmaslik kredit shartnomasining haqikiy boʻlmasli¬giga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.

Amaldagi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga binoan, kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf, yaʼni bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kredit beruvchi, kreditor) ikkinchi tarafga (kredit oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi. Shartnoma ishtirokchilarining ushbu majburiyatlarni ikki tomonlama real va lozim darajada bajarishi bilan odatta kredit shartnomasini tuzishdan koʻzlangan maqsadga erishiladi. Ammo, baʼzi hollarda kredit shartnomasi tomonlarning birining aybi bilan bajarilmay qoladigan holatlar ham uchrab turadi. Shu sababli, koʻpchilik hollarda kredit shartnomasi tuzilayotgan paytta tomonlar oʻzlarining manfaatlarini kafolatlash maqsadida fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullardan foydalanadilar. Fuqarolik qonunchilikda majburiyatning bajarilishini taʼminlash neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Maʼlumki, sudlar tomonidan kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni koʻrishda majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida 2006-yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining «Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida»gi 13/150-sonli qarori qabul qilingan.

Kredit shartnomasi tuzilgandan boshlab, taraflarning huquq va burchlari vujudga keladi. Yuqorida qayd qilingan Plenum qarorida koʻrsatilishicha,  bank yoki boshqa kredit tashkiloti va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabat kredit tashkilotining keyinchalik, kelishilgan muddatlarda, kredit berish majburiyatini va qarz oluvchining olingan kreditni qaytarish va u boʻyicha foizlarni toʻlash majburiyatini oʻz ichiga oladi. Bunda kredit tashkilotining qarz oluvchiga kredit summasini berish boʻyicha real shartnomaviy majburiyatlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, qarz oluvchining foizlarni toʻlash, kreditni qaytarish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlari esa, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, kredit summasi real olingan paytdan boshlab vujudga keladi. Shu munosabat bilan sudlar kredit tashkilotlari va qarz oluvchilarning taraflarni kredit shartnomasini bajarishga majburlash toʻgʻrisidagi daʼvolarini koʻrishda taraflarning tuzilgan ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari vujudga kelgan paytni inobatga olishlari lozim.

Taraflarning shartnoma ijrosidan voz kechishiga Fuqarolik kodeksining 745-moddasida belgilab qoʻyilgan asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Kreditor qarz oluvchini toʻlovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni taʼminlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.

Xulosa oʻrnida shuni aytib oʻtib joizki, sudlar tajribasida kredit shartnomalari bilan bogʻliq ishlarning daʼvo tartibida koʻrib chiqilishi bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquq erkinliklarini himoya qilishning bir turi hisoblanib, bu ishlarning tegishli tartibda birinchi instantsiya sudi tomonidan koʻrilib, ish buyicha toʻplangan dalillarni bevosita tekshirib chiqish va ishning mazmuni buyicha adolatli qaror qabul qilish, bundan tashqari eng asosiysi, sudlarda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq erkinliklarining adolatli himoya qilinishiga qoʻshimcha kafillik yaratadi.

B.Bekmuradov, Beruniy tumanlararo  Iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019