16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:14
Siyosat 👁 2,446

BOLA HUQUQLARI - QONUN HIMOYaSIDA

BOLA HUQUQLARI - QONUN HIMOYaSIDA

Dunyoda hech bir xalq yoʻqki, oʻz kelajagi davomchilarining buguni va ertasi xususida jon koyitmasa.

Har birimiz yosh avlod taqdiri, farzandlarimizning baxtiyor va farovon kelajagini oʻylab yashaymiz. Murgʻaklarning koʻzlari kulib tursa, nuridiydalarimiz baxt-iqboli bardavom boʻlsa, deymiz.

Istiqlol yillarida davlatimiz inson huquqlari, xususan bola huquqlariga oid koʻplab xalqaro bitimlarni imzoladi. Jumladan, "Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konventsiya, "Bolalarni omon asrash, himoya qilish va kamol toptirishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Umumjahon deklaratsiyasi, "Bolalarni boshqa mamlakatga oʻgʻirlab olib ketishning fuqarolik jihatlari toʻgʻrisida”gi Gaaga Konventsiyasining ratifikatsiya qilingani yurtimizda bolalar manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilganining yorqin dalilidir.

Avvalo "voyaga yetmagan”, "yosh bola” tushunchalariga toʻxtalib oʻtishimiz joiz. "Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konventsiyaning 1-moddasiga muvofiq: "18 yoshga toʻlmagan har bir inson zoti, agar muayyan bolaga nisbatan qoʻllaniladigan Qonun boʻyicha u ertaroq voyaga yetmagan boʻlsa, bola hisoblanadi”.

Jamiyat voyaga yetmaganlarning jismoniy, aqliy, axloqiy, maʼnaviy barkamol, ijtimoiy jihatdan sogʻlom rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur.

"Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”ning 25-moddasida: "Onalik va bolalik alohida gʻamxoʻrlik va yordam huquqini beradi. Barcha bolalar nikohda va nikohsiz tugʻilganidan qatʼiy nazar, bir xil ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak”, - deya taʼkidlangan.

Shuningdek, BMTning "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida”gi Xalqaro Paktida barcha bolalar va oʻsmirlarga hech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki boshqa belgilaridan qatʼiy nazar, alohida himoya choralari va yordam koʻrsatilishi shartligi mustahkamlangan.

Konstitutsiyamizning 64-moddasiga koʻra: "Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni, ota-onasining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlaydi, bolalarga bagʻishlangan xayriya faoliyatlarini ragʻbatlantiradi”, - deb belgilab qoʻyilgan.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maʼlumki, bolani ilm olishga, kasb-hunar egallashga yoʻnaltirish bugungi kunning eng muhim vazifasidir. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasida shunday deyiladi: "Har bir bola bilim olish huquqiga ega. Davlat bolaning bepul majburiy umumiy oʻrta taʼlim, shuningdek, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi olishini kafolatlaydi”.

"Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida avvalo, sogʻlom naslni kamol toptirish, onalar va bolalar sogʻligini muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishi, uni tarbiyalash masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini avj oldirish orqali sogʻlom avlodni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, yoshlarda sogʻlom va ahil oila qurishga intilish ishtiyoqini shakllantirish nazarda tutilgan.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, bolalar manfaatlarini toʻliq taʼminlash va sogʻlom avlodni shakllantirish bilan bogʻliq ishlar koʻlamini kengaytirish hamda samaradorligini taʼminlash aniq belgilangan rejalarni taqozo etadi. Shundagina Prezidentimiz taʼkidlaganidek, farzandlarimizning bizdan koʻra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli boʻlishiga erishamiz.

Zulxumor Boltaboyeva, tuman FHDYo boʻlimi noziri.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019