16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:02
Fan va taʼlim 👁 2,724

FARZANDLAR KAMOLI UChUN BARChAMIZ MASʼULMIZ

FARZANDLAR KAMOLI UChUN BARChAMIZ MASʼULMIZ

Har qanday davlat va jamiyatning ertangi kunini kuchli intellektual salohiyatga ega, yuksak maʼnaviyatli, samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar belgilaydi. Shu maqsadda yurtimiz mustaqillikka erishgach, yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.

Barkamol shaxsni tarbiyalashda taʼlim-tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda taʼlim sohasini isloh qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi boʻyicha 12 yillik umumiy bepul majburiy taʼlim tizimi joriy etildi.

Mamlakatimizda taʼlim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yoʻnaltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etishi mazkur sohaga qaratilayotgan ulkan eʼtiborning yaqqol tasdigʻidir.

Oʻtgan yillar mobaynida taʼlim tizimini tubdan yangilash va isloh etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz boʻyicha minglab umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar yangidan qurildi, kapital rekonstruktsiya qilindi va zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan taʼminlandi. Oʻquv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash boʻyicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Farzandning yaxshi bilim olishi, hayotda oʻz oʻrnini topib ketishidan birinchi navbatda uning oʻzi va ota-onasi manfaatdor. Ammo, tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, akademik litsey, ayniqsa kasb-hunar kollejlarida baʼzi oʻquvchilarning dars mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmaslik hollari uchramoqda. Bu holat nafaqat oʻquvchining bilim olish, hunar egallash jarayonida uzilishlar boʻlishiga olib keladi, balki, taʼlim-tarbiya sifatiga, boshqa oʻquvchilar ruhiyatiga ham salbiy taʼsir etadi.

Oʻquvchining dars mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmasligi koʻpchilik hollarda ota-onalarning masʼuliyatsizligi tufayli sodir boʻlmoqda. Shu oʻrinda qonunchiligimizda har bir ota-ona farzandini tarbiyalashga, uning taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitni yaratib berishga masʼul ekani, ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilanganini eslatib oʻtish joiz. Masalan, Oila Kodeksining 73-moddasida ota-onaning bolalarga taʼlim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari belgilangan. Unga koʻra ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart, oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart. Shuningdek, mazkur moddada ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shartligi ham belgilab qoʻyilgan.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasida esa ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilab qoʻyilgan. Shu oʻrinda voyaga yetmagan bolalarining davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan foydalanish huquqini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilib, ularning kelajagini oʻzining bugungi kuni, oʻz manfaatlari yoʻlida qurbon qilayotgan ota-onalarning xatti-harakatlari nafaqat qonun normalariga, balki ota-onalik shaʼniga, insoniylik meʼyorlariga ham toʻgʻri kelmasligini aytib oʻtish kerak.

Qolaversa, ayrim toifa ota-onalar borki, farzandining dars mashgʻulotlariga qatnashishi u yoqda tursin, qanday sharoitda taʼlim olayotgani, hatto qaysi hunarni oʻrganayotgani bilan ham qiziqib koʻrmaydi. Ular buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halo-kat, yo saodat - yo falokatdir”, degan soʻzlaridan xulosa chiqarib, farzandining kelajagi haqida qaygʻurishlari lozimligini nahotki unutishgan boʻlsa?

Ayrim oʻquvchilar dars mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmasligiga oʻquv muassasasining olisligini roʻkach qilib koʻrsatishadi. Aytish kerakki, tumanimizning barcha hududlarida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini toʻliq qamrab olish uchun belgilangan meʼyorlar darajasida yetarli miqdorda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari mavjud. Agar yoshlarimiz qiziqishlariga qarab, tumanning boshqa hududidagi oʻquv muassasasini tanlasalar, mazkur muassasalar, 4 ta kasb-hunar kollejlarini istisno qilgan holda, yotoqxonalar bilan taʼminlangan. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun transport masalasini hal qilish va 4 ta kasb-hunar kollejlariga ham yotoqxonalar qurish ilojlari koʻrib chiqilmoqda.

Oʻquvchining dars mashgʻulotlariga sababsiz qatnashmasligiga ayrim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarining oʻz ishlariga sovuqqonlik bilan qarab, oʻqish jarayoni va amaliy mashgʻulotlarni yetarli tayyorgarliksiz oʻtayotgani, taʼlim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, amaliy mashgʻulotlarda koʻrgazmali vositalar va asbob-uskunalardan yetarli ravishda foydalanmasligi, umuman taʼlim berish va hunar oʻrgatish jarayonini qiziqarli tarzda tashkil etmasligi kabi omillar ham sabab boʻlmoqda. Shu oʻrinda aytish kerakki, oʻqituvchilik nafaqat sharafli, balki masʼuliyatli kasb. Dehqonning oʻz ishiga sovuqqonlik bilan qarashi bir yil yerdan kam hosil olishiga sabab boʻlsa, oʻqituvchining, ishlab chiqarish taʼlimi ustasining masʼuliyatsizligi bir necha shaxsning umri zoye ketishiga olib keladi. Bu holat bola tarbiyasiga masʼul har bir xodimdan katta masʼuliyat bilan, vijdonan ish koʻrishni talab qiladi.

Qolaversa, oʻquvchining dars mashgʻulotlariga faol qatnashishi nafaqat oila va taʼlim muassasasining, balki mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining, har birimizning diqqat markazimizda turishi kerak. Zero, farzandlar kamoli uchun barchamiz masʼulmiz.

Rajabboy YOʻLDOShEV,

tuman hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019