17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:17
Siyosat 👁 2,271

Yoshlarimiz hayotda aslo qoqilmasin!

Yoshlarimiz hayotda aslo qoqilmasin!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov oʻz soʻzlarida "Har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo oʻz farzandlari qiyofasida, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilishini roʻyobga chiqaradigan buyuk kuchni koʻradi”, - deb taʼkidlagan edilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi qarori bilan voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hukumat komissiyasining respublika Bosh prokurori raisligidagi yangi tarkibi tasdiqlandi. Mazkur qaror voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishi uchun mustahkam huquqiy zamin yaratdi, voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat boʻlimining masʼuliyatini oshirdi. U hukumat komissiyasi faoliyatini rejalashtirish, uning yigʻilishlarida koʻriladigan masalalarni tayyorlash va yigʻilish qarorlari ijrosini taʼminlash ishlari bilan ham jiddiy shugʻullana boshladi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tumanimizda yil boshidan umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olish, barcha oʻquvchilarning 12 yillik majburiy taʼlim olishini taʼminlash boʻyicha oʻquvchilar bilan 2-marta soʻrovnoma, yil davomida "Ota-onalar yigʻilishlari”, "Ochiq eshiklar kuni”, "Kasbing - kelajaging” tadbirlari, "Men orzu qilgan kasb” mavzusida insholar tanlovi, "Qiz bolaning kasbi - uning baxti” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazilib, ommaviy axborot vositalari orqali oʻquv yili davomida yoritib borildi. 16 soatlik oʻquv-amaliy mashgʻulotlari hamda 8 marotaba «Mutaxassisliging - sening kelajaging» koʻrgazmalari tashkil qilindi.

Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida davomatni koʻtarish, "Maktab-mahalla-kollej” hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha barcha umumtaʼlim maktablari direktorlariga qator vazifalar berilgan. Har bir bitiruvchiga maktabdan masʼul shaxslar buyruq bilan biriktirilgan.

Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olishda, tumanda bitiruvchi yoshlar koʻpligi sababli, muammolar mavjud. Ularning yechimi boʻyicha kollejlarda qoʻshimcha guruhlar ochish, yaʼni tuman markazidan 35-40 km. uzoqda joylashgan 7-, 50-, 41-hamda 32-sonli maktablar uchun 7-sonli maktabda, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejidan 14-18 km. uzoqda joylashgan 78-, 81-, 39-, 29-hamda 67-sonli maktablar uchun "Qum yop” mahalla fuqarolar yigʻini hududida filiallar tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 4 marotaba mehnat yarmarkalari oʻtkazilgan boʻlib, unda 171 ta korxona, tashkilot, muassasalar 526 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashgan boʻlishsa, mazkur mehnat yarmarkasida qatnashgan 299 nafar fuqarolardan 237 nafari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashganlar.

Bundan tashqari, kollej bitiruvchilari bilan uch tomonlama mehnat shartnomalarining tuzilishi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan muntazam ravishda monitoring oʻrnatilgan, hozirgi kunda 2588 nafar kollej bitiruvchilari va korxona-tashkilotlar bilan 3 tomonlama shartnoma tuzilgan boʻlsa, shundan 80 nafar bitiruvchi 15 ta yirik korxonalar va 2508 nafar bitiruvchilar 845 ta kichik korxonalar bilan shartnomalar tuzishgan.

Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmush qurishning oldini olish maqsadida xotin-qizlar qoʻmitasi, FHDYo boʻlimi, tegishli tashkilotlar hamkorligida har bir kasb-hunar kollejida va Akademik litseyda "Yosh oila” mashgʻulotlari olib borildi. 2014-yil 5 oyida jami 11 ta seminar oʻtkazilib, unda 1669 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, nikoh yoshiga yetmagan qizlarni sharʼiy nikoh orqali erta turmushga berish holatlarini keltirib chiqarmaslik maqsadida tuman bosh imom-xatibi bilan hamkorlikda tumandagi ovul va mahallalar imom-xatiblaridan nikohga kiruvchilar qonuniy nikohdan oʻtmaslaridan oldin sharʼiy nikoh oʻqimasligi haqida tushuntirish xatlari olinganligi sababli joriy yilning oʻtgan davrida voyaga yetmaganlarga sharʼiy nikoh oʻqitilishi qayd etilmadi.

18-19 yoshdagi koʻpchilik qizlarimiz kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari hisoblanadi, talaba vaqtida turmushga chiqsa, ertaga kasb egallashiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun 1-bosqich oʻquvchi-talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilinib, talabalarning oʻz vaqtida oʻqishga borishi uchun ota-ona masʼulligi tushuntirilib, sababsiz dars mashgʻulotlarini qoldirmasliklari yuzasidan taqdim qilinib borilayotgan til-xatlarga farzandlari kasb-hunar kollejlarida oʻqishi davomida turmush qurishlariga ota-onalar jiddiy qarshilik qilsalar, erta turmushning va oʻquvchilarning dars mashgʻulotlaridan chalgʻishlarining oldi olingan boʻlardi. Tushuntirish ishlari olib borishda birinchi navbatda mahalla, "Kamolot” YoIH, xotin-qizlar qoʻmitasi, taʼlim muassasalari masʼulligini oshirish lozimdir.

Bugungi kollej yoki litsey oʻquvchisi mamlakat ishlab chiqarishining barcha sohalari uchun zahira mutaxassislar hisoblanadi. Xoh sanoatda, xoh iqtisodiy sohada yoki adabiyot va sanʼatda boʻlsin, har qanday mehnat jamoasi oʻz safini bilimdon va zukko, tadbirkor mutaxassis kadrlar hisobiga toʻldirib borsagina jamiyatda rivojlanish va yangilik boʻladi. Shu bois, jamiyat va mamlakat taraqqiyoti, kelajagini taʼminlovchi yosh avlod tarbiyasi uchun barchamiz masʼulmiz. Yoshlarga shunday tarbiya beraylikki, ular ilm-irfonda, hayotda hamisha ilgʻor insonlar boʻlib yetishsinlar, turmush chorrahalarida aslo qoqilmasinlar.

F.Allambergenov,

tuman prokurori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026