17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:19
Fan va taʼlim 👁 2,677

Iftixor tuygʻusi

Iftixor tuygʻusi

Har kuni ertalab maktabga kirar ekanman, yoqimli bir hid tuyaman. Bu hidni xushboʻy, muattar soʻzlari bilan sifatlab koʻrdim, oʻxshamadi. Kitob-daftarlar, oʻquv jihozlarining hididir balki bu. Lekin har qanday attorning qimmatbaho atridan afzal va hech qachon hech kimning meʼdasiga tegmaydigan bu hidga oʻzimcha nom berdim: "Ziyoning hidi!”

Talabalik yillarimizda amaliyotda ekanmiz, bizga murabbiylik qilgan ustoz tez-tez taʼkidlab turardi: "Maktab – muqaddas dargoh. Unga poklanmasdan kirishga hech kimning haqqi yoʻq”. Avvallari men bu taʼkidni oʻqituvchini shaxsiy gigiyenaga qatʼiy amal qilishga undashi deb tushunardim.

Yillar oʻtib, ozmi-koʻpmi tajriba orttirib angladim-ki, har kuni ertalab ishga sidqidildan tayyorlanib borish har bir muallimga oddiy emas, muqaddas dargohga yoʻl olayotganligini, yodiga solib turarkan.

Mana shunday ziyo maskanlaridan biri – Amir Temur nomli ovuldagi 62-sonli maktab oʻqituvchilari 2013-2014 oʻquv yilida ishni xush-xabar bilan boshlashdi: sobiq oʻquvchimiz – Botir Ollomboyev tibbiyot institutining talabasi boʻldi. Botir maktabda oʻz bilimi va namunali xulqi bilan oʻqituvchilar mehrini qozongan edi. Tibbiyot sohasiga boʻlgan qiziqishi sababli u Nukus tibbiyot kollejida oʻqishni davom ettirdi, oʻrta maxsus maʼlumot bilan kifoyalanib qolishni xohlamadi. Chuqur tayyorgarlik koʻrib, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali, davolash ishi fakultetiga hujjat topshirdi va talabalik baxtiga muyassar boʻldi.

2014-yilning 8-yanvar kuni kechqurun telefonim jiringladi va biroz hayajonli, lekin shiddatli ovoz eshitildi:

"Ustoz, men bugun Nukus shahar kasb-hunar kollejlari, 2-bosqich oʻquvchilari orasida ona tili va adabiyoti fanidan oʻtkazilgan fanlar olimpiadasida ishtirok etib, 1-oʻrinni oldim. Endi Respublika bosqichida ishtirok etaman. Bilasizmi, suhbat jarayonida Muhammad Yusufning sheʼrini ifodali yod aytib bergandim, hakam: "Muhammad Yusuf tirilib kelgandek boʻldi”, - dedi”.

Muhammad Yusufni "tiriltirgan” yosh adabiyotchi – bizning sobiq oʻquvchimiz – Nukus pedagogika kolleji 2-bosqich oʻquvchisi Muhabbat Davlatova edi. U 2014-yil 26-27-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari 2-bosqich oʻquvchilari orasida ona tili va adabiyoti fanidan boʻlib oʻtgan fanlar olimpiadasining Respublika bosqichida 78 ball bilan 3-oʻrinni egalladi.

Maktabimizning biologiya fani oʻqituvchisi Atayev Zokirjon ish faoliyatini boshlaganiga hali koʻp muddat boʻlmasdan, oʻzining pedagogik mahoratini namoyon qila oldi. 9-sinf oʻquvchisi Sohiba Davlatova uning yordamida biologiya fanini alohida ishtiyoq bilan oʻrgana boshladi. Natijada, joriy oʻquv yilida biologiya fanidan fanlar olimpiadasining maktab bosqichida 1-oʻrinni, hudud va tuman bosqichlarida 1-oʻrinni, Respublika bosqichida esa 82,6 ball bilan 3-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, Zokirjon Atayev tayyorlagan 7-sinf oʻquvchisi Eldor Rahimov "Bilimlar bellashuvi” maktab bosqichida biologiya fanidan 1-oʻrinni, hudud bosqichida ikkinchi, tuman bosqichida 78 ball bilan 3-oʻrinni egalladi.

Faxrli ustozlardan biri – Gulbahor Erimbetova frantsuz tili – dunyodagi eng goʻzal tillardan biri ekanligiga maktabimiz oʻquvchilarini ishontirib ulgurgan. Uning saboqlarida bu tilning mayin talaffuziga mahliyo boʻlgan oʻquvchilardan biri Sanjar Davlatov uni mukammal oʻrganishga bel bogʻladi. Har yili "Bilimlar bellashuvi”da frantsuz tili fanidan 1- va 2-oʻrinlarni boy bermay kelmoqda va joriy yilda fanlar olimpiadasi tuman bosqichida 78 ball bilan 2-oʻrinni egalladi. Sanjar frantsuz tili bilan bir qatorda, ingliz tilini ham oʻrganmoqda. U kelajakda tarjimon boʻlmoqchi.

Shuningdek, Gulbahor opa tayyorlagan maktabimizning 7-sinf oʻquvchisi Salomatxon Yoʻldosheva frantsuz tili fanidan "Bilimlar bellashuvi” tuman bosqichida 3-oʻrinni egalladi. Salomatxon barcha fanlarni mukammal oʻzlashtirmoqda. U kelajakda zamon talabiga javob bera oladigan, bir-necha til biladigan iqtisodchi boʻlishni orzu qiladi.

Maktab hovlisida salom bergan oʻquvchi qiz - Shahlo bilan suhbatlashish istagi paydo boʻldi:

- Shahlo, ulgʻaygach, kim boʻlmoqchisan? – deb soʻrayman.

- Rus tili muallimasi boʻlmoqchiman, ustoz!

Qizaloqning javoblaridan moʻʼjazgina maktabimizda ulkan orzular yoʻlida intilayotgan yana bir navqiron yoshni kashf qilgandek boʻldim. Uning orzulariga erishishida maktabimiz pedagogika jamoasining masʼuliyati yana bir karra oshganligini his qildim.

Mohira RAHIMOVA,

62-sonli maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026