16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Adabiyot 👁 2,744

IJODKORNING IKKINChI UMRI

IJODKORNING IKKINChI UMRI

Mansur Ahmedov!

Kamsuqum, hazilkash, hayotining har oni doʻstlari bilan sururli, ijod sehri asir etgan lahzalarda ming gapirsangiz ham bir kiprik qoqmaydigan, butun dunyoni unutib, qalb amriga boʻysunadigan tugʻma shoir, talantli shoir edi. Uning har bir satri xuddi oʻquvchining oʻz kechinmalaridek, ifodasiga soʻz topolmagan tuygʻularini anglab, sheʼrga solgandek edi goʻyo. Qalbga yaqinligi shunchalar ediki, Otajon Xudoyshukurovday sanʼat dargʻasi uningsheʼrlariga kuy bastalab, qoʻshiq qilib aytgandi. "Kiprigingda osilib turgan mening jonimdir” nomli sheʼriy toʻplamiga soʻzboshi yozib, oq yoʻl tilagan edi.

Mansur Ahmedov oliygohni bitirib, "Amudaryo haqiqati” gazetasiga muxbir boʻlib ishga kirdi. Qobiliyatliligi, intiluvchanligi bois, boʻlim mudiri, masʼul kotiblikdan muharrirlikkacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

1993-yilda "Xalq soʻzi” gazetasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha maxsus muxbiri boʻldi, "Amu tongi” (hozirgi "Qoraqalpogʻiston tongi”) gazetasida ishladi.

Mansur Ahmedov "Amudaryo haqiqati” gazetasida ishlagan yillar oraligʻida bir hamkasb doʻst sifatida bir-birimizdan koʻp narsalar oʻrganganmiz. Gazeta ishidan charchab, bir dam olmoqchi boʻlgan damlarimizda:

- Sizlarga bir gap aytaymi? – derdi xuddi muhim bir siri bor odamday.

Bir xonada oʻtirib ishlaydigan Xonimjon opa, Robiya, hammamiz unga qarab qolardik. Shunda Mansur tinglaysizlarmi, deganday bizga bir qarab olib, past, biroq hayajonli ovozda yangi yozgan sheʼrini oʻqib berardi. Biz kasbdoshlar uning biron joyda bosilmagan sheʼrlarining ilk tinglovchisi boʻlganmiz.

Jamiki yaralmish Alloh ixtiyorida. Biroq hayotda shunday hollar ham boʻladiki, odam oʻzining umri qisqaligini xuddi sezib yurganday, vafotidan soʻng nimalar boʻlishini bashorat qilganday goʻyo. Muhammad Yusufning: "oʻlsam bir mushtipar onam yigʻlaydi, qolganlari yolgʻon yigʻlaydi”, deya yozganlari, Oxunjon Madaliyevning "Unutmoq osonmas bizlarni”, deya yuraklarni sel qilib kuylaganini eslasam, shunday fikr miyamga kelaveradi. Beixtiyor Mansurning "Surat orqasidagi yozuv” sheʼrini ham eslayman. Bu sheʼrni u onasiga atab yozgan, "Mana bu mening portretim, koʻrganingizda yaxshi odamni eslagan kabi yuzimga labingizni tekkizib qoʻying”, deya oʻtingan. Xuddi umri qisqaligini, onasi uning diydorini qoʻmsab, sogʻinib, orqasidan kuyib yashashini bilganday.

Qaydasan, yuragim,

Zardobga toʻldi.

Yuragim sogʻinchga,

Toʻldi, sevgilim.

Umrimning sanoqli,

Kunlari qoldi.

Koʻzingga bir boqsam,

Boʻldi, sevgilim!

Mansur yon daftarchasining ikki varagʻi toʻla oʻz qoʻllari bilan 1997-yil 16-dekabr deya qayd qoʻygan mana shu satrlar bilan boshlangan sheʼri adashmasam, biron nashrda eʼlon qilinmagan.

Afsus... Goh oʻychan, mulohazali, goh hazilkash, goh maʼyus iqtidorli jurnalist, otashqalb shoir Mansur Ahmedov "yarq” etgan yulduzday erta soʻndi.

Uning porloq xotirasi hamkasblarining, barcha sheʼriyat muxlislarining qalbida mangu yashaydi, har bir satri koʻngillarni toʻla zabt etuvchi sheʼrlarida yashaydi. Xuddi oʻzi bashorat qilganiday: "oʻlganimdan soʻng boshlanadi ikkinchi umrim”.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019