16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,238

MOʻL HOSIL – XALQ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI

MOʻL HOSIL – XALQ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab Prezidentimiz boshchiligida barcha sohalar kabi qishloq xoʻjaligida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohani rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar, qabul qilingan qator Qonunlar, Farmon va Qarorlar, Dasturlarning hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda doimiy rivojlanishga erishilmoqda. Sohadagi eng katta iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega yutuqlarimizdan biri, shubhasiz, istiqlolning dastlabki yillaridanoq davlatimizning gʻalla mustaqilligiga erishganidir. Zero, xalqimizning bugungi farovon hayoti ana shu gʻalla mustaqilligi tufayli, desak adashmaymiz.

Muhtaram Prezidentimizning "Oʻzbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zahiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyadagi nutqida bildirilgan quyidagi fikrlar barchamizning qalbimizni gʻurur-iftixorga toʻldiradi: "Istiqlol yillarida, yaʼni oʻtgan 22-yil davomida qishloq xoʻjaligida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida gʻalla yetishtirish hajmi 1 million tonnadan 7,8 million tonnaga yetdi va Oʻzbekiston gʻalla eksport qiladigan mamlakatlar qatoridan joy egalladi”.

Bu kabi natijalarga erishishda oʻzlarining fidoyi mehnatlari bilan hissa qoʻshib kelayotgan tumanimiz gʻallakorlari bu yil ham davlatga gʻalla sotish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi boʻlib bajarishga erishdilar. 3000 gektar gʻalla maydonida yetishtirilgan 11 ming tonnadan ortiq moʻl hosilning 5530 tonnasi kontraktatsiya shartnomasi asosida davlat xazinasiga topshirilib, qolgan qismi aholi ixtiyorida qoldi.

Bu yilgi mavsumda bugʻdoy ekishdan tortib to uni yigʻib olishgacha boʻlgan jarayonda ishlar tizimli ravishda tashkil qilindi va barcha agrotexnika tadbirlari oʻz vaqtida, sifatli bajarildi. Jumladan, kuzgi bugʻdoyni oziqlantirish, dalaga maʼdanli va mahalliy oʻgʻitlar chiqarish ishlarining sifati doimiy nazorat qilib borildi. Erta bahorda bargdan oziqlantirish va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash ishlari ham agrotexnik qoidalarga muvofiq bajarildi. Texnikalar uchun yetarli miqdorda yonilgʻi-moylash materiallari zahirasi yaratilib, mavsum davomida dalaning boshiga yetkazib berildi. Natijada bu yil ham kuzgi bugʻdoydan moʻl hosil yetishtirildi va iyun oyining birinchi oʻn kunligidan boshlab bugʻdoy oʻrim-yigʻim ishlariga kirishildi.

Oʻrim-yigʻim ishlarining muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlash maqsadida 6 ta oʻrim-yigʻim otryadlari tuzildi va bu otryadlarga 17 ta ish unumdorligi yuqori boʻlgan zamonaviy "Klaas – Dominator” va "Klaas – Mega” kombaynlari biriktirildi. Kombayn haydovchilarining unumli ishlashlari uchun dala boshida barcha qulayliklar yaratib berildi, ularga oʻrim-yigʻim mavsumida jami 10 million 200 ming soʻm miqdorida naqd pul mablagʻlari ish haqi sifatida berildi.

Oʻrim-yigʻim ishlari konveyer usulida tashkil etildi, yaʼni, yetishtirilgan hosil kombaynda oʻrilib, transportlar vositasida don qabul qilish maskaniga uzluksiz ravishda tashib keltirildi.

"Taxiatosh don mahsulotlari” hissadorlik jamiyatining "Mangʻit don” filialiga qarashli Qipchoq don qabul qilish maskanida tashib keltirilgan gʻalla hosilini toʻxtovsiz ravishda qabul qilish va tegishli oʻrinlarga toʻkib, quritish hamda tozalash ishlari uyushqoqlik bilan olib borildi.

Bugʻdoy oʻrim-yigʻimi mavsumida "Doʻrman” ovulidagi fermer xoʻjaliklari peshqadamlik qildilar va tumanda birinchi boʻlib yillik shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan ado etdilar. Shuningdek, "Xolimbeg”, "Qipchoq” va "Oʻrta qalʼa” ovullaridagi fermer xoʻjaliklari ham ilgʻorlar safidan joy oldilar.

Ayniqsa, "Yusuf xoʻja”, "Bogʻi Eram”, "Ismoilov Sardorbek”, "Xolmurodov Karim”, "Kamoliddin Bekniyoz”, "Ermetov Rashid”, "Bektemir Jumatov”, "Xidirov Nurulla”, "Eshniyozov Yoʻldosh” fermer xoʻjaliklari gektaridan 25-30 tsentnerdan hosil olib, yuqori hosildorlikka erishdilar.

Prezidentimizning joriy yil 9-iyundagi "2014-yil boshoqli don ekinlari hosilidan boʻshagan yerlarni shudgorlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida gʻalladan boʻshagan yerlar somonlardan tozalanib, peshma-pesh shudgor qilindi.

Yaqindagina muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Fargʻona viloyatida boʻlib, qishloq xoʻjaligi sohasi ilgʻorlari bilan muloqotida taʼkidlaganidek, "Bu yil mamlakatimizda gʻalladan moʻl hosil yetishtirildi. Bu, avvalambor, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning hamjihatligi tufaylidir. Tinchlik boʻlgan joyda mana shunday moʻl-koʻlchilik, farovonlik boʻladi, odamlar oʻz maqsadlarini roʻyobga chiqaradi”.

Shuni ishonch bilan aytamanki, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning hamjihatligi evaziga yetishtirilgan moʻl gʻalla hosili, uyilgan baland "qirmizi don” xirmoni, albatta, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz gʻallakorlarini, rizq-roʻzimiz boʻlgan gʻallani yetishtirish hamda oʻrib-yigʻib olishda ishtirok etgan barcha fidoyilarni katta mehnat zafari – 5530 tonnalik yuksak gʻalla xirmoni bunyod etilib, shartnomaviy reja bajarilgani bilan tabriklayman. Xalqimiz farovonligi, dasturxonlarimiz toʻkinligi uchun har gektaridan yana 5 tsentnerdan, jami 1500 tonna qoʻshimcha gʻalla topshirib, yuksak gʻalla xirmonini Vatanimiz mustaqilligining 23 yilligiga toʻyona qilish maqsadi bilan mehnat qilayotgan azamat gʻallakorlarimizga "Hormang, aziz gʻallakorlar!”, - deymiz.

Anvar YOʻLDOShEV,

tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019