16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Adabiyot 👁 2,787

ULUFLIKKA YeTIShGAN SURATChI-MUXBIR

ULUFLIKKA YeTIShGAN SURATChI-MUXBIR

Atrofimizda odamlar koʻp: tanish, notanish. Ularning chehralari ham turfa: istarali, issiq, muloyim, samimiy... intilishlari, orzu-niyatlari esa bir olam. Har kimning oʻz dunyosi, bu hayot boʻstonida oʻz oʻrni bor.

Qariyb 30-yildirki, gazeta tahririyatida deyarli har kuni ana shunday turfa qiyofa, turfa xil xulq-atvorli insonlar bilan uchrashaman. Bunday uchrashuvlarning aksariyat qismi suratlarda, mangulikka muhrlangan surat-lavhalarda boʻladi.

Gazetaning 80 yillik yubileyi arafasida tahririyat arxivida saqlanayotgan, "Amudaryo haqiqati gazetasida 1965-2004-yillar davomida chop etilgan suratlar bilan tanisharkanman, tarixga aylangan har bir suratda umrining 40-yilini tahririyatda suratchi-muxbir vazifasini ado etishga bagʻishlagan zahmatkash inson Safarboy ota Shomurodovning sinchkov nigohini his etdim.

Safarboy suratchi. Uni bilganlar (bilmaganlar juda kam edi)ning barchasi – yosh-u qari shunday atashardi. Tumanimizning chekka-chekka ovullarida ijodiy safarlarda yurganida dehqonlar, ziyolilar, hatto maktab oʻquvchilari ham uni koʻrishlari bilan quvonib ketishardi: "Safarboy suratchi”, - deya ehtirom koʻrsatishardi.

Harbiy xizmatdan soʻng tuman madaniyat boʻlimida ishlab yurgan Safarboy Shomurodovni 1965-yilning avgustida "Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatiga chaqirishdi.

- Kechagiday esimda, - deydi Safarboy ota olis yillar xotiralarini xayolida jonlantirib, - gazetaning muharriri Sobir aka Yusupov meni samimiy kutib oldi. Gazeta ishining oʻziga xos qiyinchiliklari haqida gapirib:

- Suratchi-muxbir boʻlib ishlashni uddalay olasanmi, inim? – deb soʻradilar.

Madaniyat boʻlimidagi ishim ham yomon emasdi. Lekin men ijodiy ishga qiziqardim. Ijodkor odam xalq orasida koʻproq boʻlishi kerak. Shu bois, men jon-jon deb rozi boʻldim. Lekin ish boshlagan kezlarim ancha qiynalganman.

Suratchi-muxbirlikning oʻziga xos qiyinchiliklari, sinovlarida yillar aro toblangan Safarboy Shomurodov uchun gazeta muxbirligi hayotining eng aziz qismiga, taqdiriga aylandi. Shoirtabiat, kirishimli, oʻz navbatida sinchkov va samimiy, mulohazakor boʻlgan Safarboy Shomurodov nafaqat tahririyat ijodiy jamoasi, balki uni bilgan amudaryoliklar uchun hurmat va eʼtiborga munosib, barcha uchun birday aziz doʻstga aylandi. Tumanimiz hayotiga doir tarixiy lahzalar, el nazaridagi olijanob insonlarning baxtiyor onlari Safarboy suratchining nazaridan chetda qolmadi. Oʻzining 40 yillik suratchi-muxbirlik faoliyati davomida tumanimizning barcha hududlarida uning qadami yetmagan joy qolmadi, hisob.

Safarboy Shomurodov fotoapparatini boʻyniga osib, qaysi xoʻjalik yoki korxonaga kirib borsa, hali u suratga olishni boshlamasidan mutasaddilar, masʼullar tipirchilab qolishganining guvohi boʻlganman. Uning tashrifidan soʻng qarovsiz qolgan texnikalar eʼtiborga olinardi, buzilgan koʻpriklar tuzatilardi, hatto oʻgʻirlangan ehtiyot qismlar joyiga qaytarilardi.

Suratchi-muxbirning ijodiy faoliyati gazeta dizaynida muhim oʻrin tutadi. Safarboy suratchi gazetaning estetik jihatdan bezatilishi, rang-barang surat-lavhalar, reportajlar yoritilishida oʻz kasbini sadoqat bilan uddaladi. U faoliyat yuritgan davr suratchi-muxbirlar uchun nihoyatda qiyin, murakkab vaziyatlarda suratlar ishlash, bu suratlardan metall-klishelar tayyorlashdek mashaqqatli ishlarni bajarishga toʻgʻri kelardi. Suratlarning sifatli yoritilishi uchun javobgar boʻlgan suratchi-muxbir navbatchi-jurnalistlar to gazetaga "yorugʻlikka ruxsat etiladi”, deb imzo qoʻymaguncha tahririyat va bosmaxonada baʼzan yarim tungacha, baʼzan tonggacha qolib ketardi.

- Hozirgi suratchi-muxbirlarga havasim keladi,- deydi ustoz. – Oʻzlari xohlaganday ishlashlari uchun ming xil imkoniyat, sharoit yetarli. Qanday yaxshi, toʻlib-toshib ishlaydigan zamonlar keldi, qizim.

"Safarboy suratchi” nomi bilan tumanimiz xalqiga tanilgan otaxonning kasbini bugungi kunda katta oʻgʻli Mahmudjon Shomurodov davom ettirmoqda. Otaxon esa ayni kunda 80 yoshga toʻldilar. Umrining 40-yilini suratchi-muxbirlik faoliyatiga bagʻishlagan, tumanimizda fotojurnalistika sohasiga asos solgan va bu borada oʻziga xos maktab yaratgan ustoz jurnalistning xonadoni bugun doʻst-u qadrdonlar, shogirdlari tashrifidan yanada obod.

- Ming bor shukur, - deydi otaxon – yaxshi kunlarga yetdik. Shunday kunlarga yetishmoqning oʻzi BAXT.

Jurnalistlik - halovatdan kechib yashash degani. Lekin xalq xizmatiga qayishib, ezgulik yoʻlida huzur-halovatning bahridan oʻtib yashash ham ulugʻlik. Safarboy ota Shomurodov ana shunday ulugʻlikka yetgan inson. Zero, inson hayotining mazmuni ham, mohiyati ham shu el-yurt eʼtirofi emasmi, azizlar!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019