16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Adabiyot 👁 2,766

PARVOZ MAYDONChASI

PARVOZ MAYDONChASI

Uchuvchilar tilida "Parvoz maydonchasi” degan atama bor, buni koʻpchilik odam biladi, kinolarda koʻrgan, payqagan, uchgan payti sezgandir. Bu atama shuni anglatadiki, samolyot to osmonga koʻtarilib olguncha, uchishdan oldin parvozga shaylanib, tezlikni oshirib, shiddat toʻplash uchun yerda "yuguradi”. Ana oʻsha yugurish maydoni "parvoz maydonchasi” deb ataladi. Yana shunisi ham maʼlumki, boʻlajak parvozning sifati, manzilga yetib borishi oʻsha maydonchada toʻplagan tezligiga, shiddatiga bogʻliq boʻladi. Koʻchma maʼnoda bu iborani insonning ilk hayotiy faoliyati boshlangan, shundan keyingi umrining butun mazmunini, mohiyatini belgilab bergan korxonaga, ish joyiga, xizmat oʻrniga nisbatan ham ishlatish mumkin. "Amudaryo haqiqati” (hozirgi "Taraqqiyot koʻzgusi") gazetasida ishlagan yillarim (1978-yil yanvar - 1979-yil noyabr) men uchun ana shunday parvoz maydonchasi vazifasini oʻtagan davr boʻldi...

1977-yil institutni bitirib kelib, Mangʻitdagi 73-qishloq xoʻjalik bilim yurtida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlib ishga joylashdim. Talabalik yillarimdayoq sheʼr yozish "kasali”ga mubtalo boʻlib, qoralagan besh-olti sheʼrim shu gazetada chop etilib, tuman ziyolilari orasida ancha-muncha tanilib ham ulgurgan edim. Qolaversa, Enajon xolam, onamning singlisi koʻp yillardan beri shu gazetada mashinkachi boʻlib ishlar, mashqlarim ilk bor matbuot sahifalarida koʻrinishida men uchun ustozlik vazifasini ham bajargan edi. Xullas, bilim yurtida mehnat faoliyatim endi boshlanib, toʻrt-besh oy ishlaganimda, meni mana shu tuman gazetasiga ishga chaqirishdi! Oʻzim endi-endi ijod qilib boshlagan gʻoʻr bir qalamqash boʻlsam, shunday yuksak martabali joyda ishlash - juda ulkan, qoʻl yetavermaydigan baxt edi-da! Zotan, men jurnalistika sohasida maxsus bilimga ega emasdim, yozgan-chizganlarim shunchaki havaskorona bir mashqlar edi, xolos.

Yoʻq, gazetachilik ishiga ham tezda kirishib, oʻrganishib ketdim. Avval muxbir boʻlib ishlagan boʻlsam, yarim yil oʻtar-oʻtmas boʻlim mudiri vazifasini bajara boshladim. Maqola yozish, tayyorlash, tahrir qilish ishlariga qoʻlim binoyiday kelishib qoldi. Shu oʻrinda birga ishlashgan, gazetachilikning mashaqqatli va masʼuliyatli zahmatini tortishgan opa-aka, ustozlarimning nomlarini ham tilga olib oʻtay. Bular: Gulnora Matyoqubova (Bosh muharrir edilar, soʻng firqaviy oʻqishga ketib, oʻrinlariga Yoʻldosh Ernazarov keldi), Sobir Qutlimurodov (oʻrinbosar), Allambergan Jumaniyozov (masʼul kotib), Guljon Kenjaboyeva (qishloq xoʻjalik boʻlimi mudiri), Qurbonboy aka Ollamurodov (madaniyat boʻlimi mudiri), Safarboy suratchi (bu kishi bilan koʻp dala-otizlarni mototsiklda aylanganmiz. Biror uyga choyga kirar boʻlsak, oldimizdan "qaqogʻ”lab oʻtgan tovuqqa qarab bosh irgʻab qoʻyardi: "Poh-hay, qozonga tushishingni bilib turibsan-ov!”). Keyinroq Xudoyor Qutlimurotov, Buvajon aka Enarov, Xonimjon Rajabovalar ishga kelishdi.

Tahririyat yonida alohida mahkama sifatida bosmaxona ish yuritar, keksa bir otaxon direktorlik qilar, harf teruvchilar, matbaachilar, korrektorlar, farroshlar bor edi. (Bekish buva, Gulbiyi momo, Kunjarqin opa, Momojon opa, Maryam opa, Yangiljon opa, Bibihojar opa, Halima, yana kimlar...) Ay-y, hammamiz bir oila farzandlariday goh talashib-tortishib, goh kulishib-yarashib ishlaganmiz. Keyin mening yuragimga Toshkent havasi tushdi. Xudoyor maorif sohasiga oʻtib ketdi, Sobir aka radioga bosh boʻlib ketdi. Bizlar ketdik, boshqalar keldi. Bu dargoh koʻplab odamlarga parvoz maydonchasi vazifasini bajaraverdi, koʻplarni tarbiyaladi, koʻplarga hayot maktabi eshigini ochib berdi.

Aytaman, eslayman desa, arzigulik voqea-hodisalar koʻp. Lekin bu dargohning muqaddas ekanligiga sira shubha yoʻq. Shu oʻrinda yana bir gapni eslatib oʻtishni joiz deb bilaman. Oʻtgan sakson yil mobaynida tahririyatga qanchadan-qancha ulugʻ insonlarning qadami yetdi, koʻp insonlar qadamranjida qilishdi, tahririyatning ob-havosi bilan, mashaqqatlari bilan tanishdilar. Bilganimcha sanab oʻtishim mumkin. Mamlakatimizda taniqli boʻlgan koʻplab adib, shoir va olimlar, jurnalistlar, shu atrofdan chiqqan koʻplab ilm kishilari, rahbar shaxslar, mehnat ilgʻorlari, oddiy odamlar, sanʼatkorlar, tumanimizga kelgan poytaxtliklar va boshqa viloyat odamlari... Bundaylar juda koʻp! Masalan, hazrat Oybek domla, Komil Yashin, Tamaraxonim, Mukarramaxonim, professor Pirmat Shermuhammedov, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, professorlar Norboy Ortiqov, Qozoqboy Yoʻldoshev, Safo Matjonov (shu gazetada amaliyot oʻtagan), faylasuf Tursunboy Sultonov (ishlagan), mashhur telejurnalist Farhod Bobojonov va hokazo insonlarni tilga olish mumkin.

Demoqchimanki, "Amudaryo haqiqati” ("Taraqqiyot koʻzgusi") gazetasi oʻtgan yillar mobaynida oʻz oʻquvchilarini nafaqat yangiliklar bilangina tanishtirib kelgan, balki tumanimiz tarixini, hayotini, madaniyatini yorituvchi tabarruk gazetaga aylandi.

Bayramingiz koʻpayaversin, azizlar!

Muzaffar AHMAD,

"Jahon adabiyoti” jurnali boʻlim mudiri, "Doʻstlik” ordeni sohibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019