16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:13
Fan va taʼlim 👁 6,632

TAʼLIM TIZIMI: ISLOHOT VA NATIJALAR

TAʼLIM TIZIMI: ISLOHOT VA NATIJALAR

Taʼlim-tarbiya sohasi – barcha sohalar taraqqiyotini taʼminlashga xizmat qiladi va hamisha shunday boʻlib kelgan. Chunki aynan shu tizimda muvaffaqiyatlarga erishilmas ekan, boshqa sohalarning yutugʻi haqida gap boʻlishi mumkin emas. Shu bois, Muhtaram Prezidentimiz Mustaqillikning ilk yillaridanoq taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi, ularning zamonaga mos va munosib taʼlim olishlarini taʼminlash maqsadlarini ifoda etuvchi juda katta maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga molik Farmon va Qarorlar qabul qildi. Bugungi kunda butun dunyoda qiziqish uygʻotgan "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” mamlakat taʼlim tizimida tub burilish yasagan ana shunday eng muhim hujjatlar boʻldi.

Birgina bizning tumanimizda xalq taʼlimi sohasida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlar umumiy oʻrta taʼlim tizimi maktablarining nafaqat qiyofasida, balki taʼlim-tarbiya jarayonida ham tub burilishlar yasadi. 1994-95 yillarda tumanimizdagi 70 dan ortiq umumiy taʼlim maktablarining 24 tasigina zamonaviy binolarda joylashgan edi. Mazkur maktablardagi oʻquv jihozlari, sport zallari bir xillik, yaʼni oʻzgarmas holatda qolib ketgan, eng yaxshi degan oʻsha 24 ta maktabning birortasida ham zamon taraqqiyotiga munosib ravishda oʻzgarish yoʻq edi. Mustaqillik davrida esa bu borada keskin burilish yasaldi. Buni quyidagi raqamlarda ham koʻrish mumkin. Chunonchi, 2004-yilda zamonaviy tipdagi maktablar soni 24 tani tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan qisqa davr ichida ular soni 60 taga yetdi. 2004-yilda jami maktablarning 4 tasidagina kompyuter sinf xonalari mavjud boʻlgan boʻlsa, 2014 yilga kelib ular soni 53 taga yetkazildi. Personal kompyuterlar soni esa 22 tani tashkil etdi. Birgina 2014-yildatumanimizdagi 14 ta umumtaʼlim maktabiga 14 ta zamonaviy noutbuklar, elektron doskalar keltirildi va bu ish yana davom ettiriladi. Bundan 20-yil oldin 24 tagina maktabda sport zali mavjud boʻlsa, bugungi kunda ular soni 50 taga yetkazilib, oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismonan baquvvat va sogʻlom boʻlib oʻsishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Ayni paytda tumanimizda 82 ta umumtaʼlim maktablari, shu jumladan 6 ta boshlangʻich taʼlim, 37 ta maktabgacha va 1 ta maktabdan tashqari taʼlim-tarbiya muassasasi (Barkamol avlod markazi), 3 ta BOʻSM, 2 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablari, jami 125 ta taʼlim maskanlari faoliyat yuritmoqda.

Mavjud maktabgacha taʼlim muassasalarining umumiy ahvoliga nazar soladigan boʻlsak, mustaqillik yillarida ularning qiyofasi yanada goʻzallashganiga guvoh boʻlamiz. Yaʼni, 37 ta maktabgacha taʼlim-tarbiya muassasasining 16 tasi zamonaviy binolarda faoliyat olib bormoqda. 22 ta muassasa esa garchi moslashtirilgan binolarda joylashgan boʻlsa-da, ularda zamonga munosib ravishda shart-sharoitlar yaratilgan. Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida yaratilgan sharoitlardan esa oʻquvchilar va oʻqituvchi-murabbiylar mamnun.

Shuni alohida qayd etish joizki, mustaqillikdan oldin bitta maktab qurilishi tugul, ozgina taʼmirlash ishlarini rejaga kiritish, bu ish uchun mablagʻ ajratish amri mahol edi. Bitta maktab qurilishi besh yillik rejaga kiritilishi uchun kamida 1-2-yil yugur-yugur qilinardi. Endi esa bu yil rejaga kiritildimi, demak, shu yilning oʻzidayoq butun-butun maktablar qurilib, foydalanishga topshirilayapti. 2014-yilda 4-sonli maktab uchun 270 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan yangi zamonaviy bino qurilib, bitkazildi. 15-sonli umumtaʼlim maktabi binosida esa kapital rekonstruktsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimigaqarashli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jami 3489 nafar pedagog kadrlar 28833 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya bermoqdalar.

Jami pedagog xodimlarning 2653 nafari - oliy, 834 nafarini oʻrta-maxsus maʼlumotlilar tashkil etadi.

Taʼlimda ijobiy natijalarga ega boʻlish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta oʻrgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur koʻlamini hosil qildirish, maʼnaviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi taʼlim-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan oʻquv-seminarlari tashkil qilish boʻyicha fanlar kesimida oʻqituvchi trenerlar tayyorlandi.

Shu sababli keyingi yillar davomida tuman XTMFMTTEB metodistlari va ijodkor oʻqituvchilar hamkorligida oʻqitishning dolzarb masalalari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda seminar-treninglar tashkil qilish odat tusiga aylandi.

Ushbu tadbirlarni oʻtkazishdan maqsad, pirovard natijada taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, bilim oluvchilarga zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berishdan iboratdir. Bunda bilimlar bellashuvi – fan olimpiadalari muhim oʻrin tutadi.

Sobiq tizim davrida fanlar olimpiadasi maktab oʻquvchilarining faqatgina yuqori sinflarida taʼlim oluvchi oʻquvchilarni qamrab olardi. Shu sababli quyi sinflarda taʼlim olish raqobatini kuchaytirish zarurati tugʻilgan edi.

Endilikda anʼanaga aylangan Bilimlar bellashuvi tadbirida tumanimiz jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqda.

Jami 45 nafar oʻquvchilardan iborat tarkibda Bilimlar bellashuvida ishtirok etgan oʻquvchilar 12 ta sovrinli oʻrinlarni egallashga erishdilar.

1997-yil 29-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida taʼlim sohasidagi islohotlarni takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan juda dolzarb huquqiy hujjatlar - "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingani taʼlim tizimida tubdan ijobiy oʻzgarishlarga asos boʻldi. Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi boʻyicha 12 yillik umumiy majburiy bepul taʼlim tizimi joriy etildi. 12 yillik bepul majburiy taʼlim tizimining oldingi tizimdan farqi shundaki, oldingi 10 yillik taʼlim tizimida faqat umumiy oʻrta taʼlim berish bilan cheklanilgan boʻlsa, yangi tizimda 9 yillik umumiy oʻrta taʼlim beriladi va 3-yil majburiy tarzda kasb-hunar oʻrgatiladi. Kasb-hunar taʼlimini tamomlagan yoshlarga iqtisodiyot tarmoqlarida kerakli boʻlgan kasblar boʻyicha diplom beriladi. Bu oddiy qilib aytganda 18 yoshga toʻlgan, Oʻzbekistonda yashayotgan va Oʻzbekiston aholisining 60 foizini tashkil qiladigan yoshlar bepul tarzda kasb egasi boʻlishi kafolatlangan.

Bugungi kunda butun mamlakatimiz boʻylab maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olish koʻrsatkichini oshirish – yaʼni, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning eng kamida 30 foizini qamrab olishni taʼminlash maqsadida keng koʻlamli ishlar rejalashtirilmoqda. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, 2015-2020-yillarda maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni taʼlimga jalb qilish, ularni maktabga tayyorlash ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash kerakki, oʻtgan qisqa lekin sharafli 23-yil taʼlim tizimini qoloqlik botqogʻidan xalos etdi va istiqboli porloq yoʻllar tomon olib chiqdi.

O.Matmuradov,

tuman XTMFMTTEB mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019