16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,645

Qishloq xoʻjaligi: barqaror rivojlanish yoʻlida

Qishloq xoʻjaligi: barqaror rivojlanish yoʻlida

Istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan agrar sohadagi chuqur islohotlar qishloq xoʻjalik korxonalari va xoʻjaliklarining shakli hamda mazmun-mohiyatini tubdan oʻzgartirib yubordi, xoʻjaliklarning faoliyat va boshqaruv mexanizmlari yangilandi.

Jamoa va shirkat xoʻjaliklari oʻrniga fermer xoʻjaliklari tashkil etilib, faoliyat boshladi va qishloq xoʻjaligida mulkdorlar sinfi shakllanib, yer oʻz egasini topdi.

Oʻtgan yillar davomida fermer xoʻjaliklarida yetishtirilayotgan paxta, gʻalla xom-ashyolarini, meva, poliz va sabzavot mahsulotlarini, shuningdek, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va asalarichilik mahsulotlarini yildan-yilga koʻpaytirishning intensiv rivojlanish yoʻli tutilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning 2012-yil 22-oktyabrdagi "Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Respublikamizda, viloyatlar va tumanlarda faoliyat olib borayotgan fermer xoʻjaliklarining ishini muvofiqlashtirib borish hamda aniq maqsadlarga yoʻnaltirib turish uchun Fermerlar Kengashlari tashkil qilindi.

Mazkur Farmonga asosan Amudaryo tumani Fermerlar Kengashi tashkil qilinib, 2013-yil boshida dastur qabul qilindi va shu asosda tumanimizda faoliyat olib borayotgan 278 ta fermer xoʻjaligidan 197 tasi koʻp tarmoqli fermerlar deb topildi. Bularda 8 ta yoʻnalishda 204 ta loyiha ishlab chiqildi va bu loyihalarni amalga oshirish uchun fermer xoʻjaliklari hisobidan 2 mlrd. 104 mln. 800 ming soʻm, bank krediti hisobidan 1 mlrd. 20 mln. soʻm, jami 3 mlrd. 124 mln. 500 ming soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada 886 ta ish oʻrinlari yaratildi. 2014-yilda yangi 52 ta fermer xoʻjaliklari koʻp tarmoqli xoʻjaliklarga aylantirilib, ular safi 249 taga yetdi.

Soʻnggi yillarda intensiv mevali bogʻlar barpo etish sari dadil qadamlar tashlanmoqda. Ayni kunda 25 gektarga yaqin serhosil pakana boʻyli yangi olma bogʻlari yaratildi. Yangi bogʻlar oʻzining dastlabki hosilini bera boshladi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini qish va bahor oylarida ham sifatli saqlash uchun koʻp sigʻimli zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan omborxonalar ishlab turibdi va yangilarini qurish ishlari moʻljallanmoqda.

Bugungi kunda dasturxonimizni chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlarisiz tasavvur qilish qiyin. "Toʻlqin” ovuli hududidan ishbilarmon tadbirkor aka-uka Shuhrat va Islom Matkarimovlar "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligini koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligiga aylantirib, paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, chorvachilik, servis xizmatini va baliqchilik sohalarini rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda.

Erkin Rasulov rahbarligidagi "Amudaryo Panasham” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligida olib borilayotgan ibratli ishlar ham tahsinga loyiqdir.

Bu fermer xoʻjaligida paxta, gʻalla va pillachilikdan tashqari asalarichilikni rivojlantirish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, shuningdek izlanuvchan va tinib-tinchimas Erkin Rasulov oʻtgan 2013-yilda mahsuldor tovuqlarni koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yangi parrandachilik korxonasini tashkil qildi va parranda goʻshti yetishtirishni yoʻlga qoʻydi.

Xullas, tumanimizda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha dastlabki dadil qadamlar qoʻyilmoqda. Fermerlarimiz oʻz dalalarida yetishtirilayotgan mahsulot turlarini yanada koʻpaytirish, servis xizmatlarini yoʻlga qoʻyishni zamon talabi deb bilib, shu asosda faoliyat olib bormoqdalar.

Joriy yilda pillakorlarimiz 267 tonnadan ortiq "kumush tola”, gʻallakorlarimiz esa davlat xazinasiga 6 ming tonnadan ziyod "qirmizi don” yetkazib berdilar. Gʻallasiz nonni va nonsiz toʻkin dasturxonni tasavvur qilib boʻlmaydi. Farovon turmushimiz asosi ham mana shu toʻkin dasturxonimizdir. Sohadagi islohotlar natijasida Oʻzbekistonimiz nafaqat gʻalla mustaqilligiga erishdi, balki, chetga gʻalla eksport qilish salohiyatiga ham ega boʻldi.

Sohadagi eng quvonarli natijani paxtakorlarimiz koʻrsatishmoqda. Tumanimizda har yili 40 ming tonna atrofida paxta yetishtirilib, davlat xazinasiga topshiriladi. Eng muhimi, bir necha yillardan beri tumanimiz davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejasini Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi, mamlakatimizda ham birinchilar qatorida ado etmoqda.

Qishloq xoʻjaligi sohasi yuqori unumli texnika va agregatlar bilan taʼminlanib, yonilgʻi-moylash materiallarining yetarli miqdordagi zahirasi yaratilgani, yer unumdorligini oshirish maqsadida tuproqqa organik va mineral oʻgʻitlar bilan agrotexnika talablari darajasida ishlov berilgani, zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari samarali yoʻlga qoʻyilgani ham paxtakorlarimiz yutugʻining asosi boʻlmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, tumanimiz hokimi rahbarligida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida oʻziga xos tizim yaratilgani amudaryolik dehqonlarni, fermerlarni Oʻzbekiston miqyosida tanitmoqda.

Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning "Oʻzbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zahiralari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi maʼruzasida taʼkidlaganidek: "Yer yuzi aholisining tez koʻpayib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oʻsish imkoniyatlari cheklangani oʻrtasidagi tafovut oziq-ovqat dasturini hal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababidir”. Shunday bir sharoitda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik kabi sohalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tumanimizda bu borada ham ijobiy koʻrsatkichlarga erishilmoqda. Barcha imkoniyatlarni safarbar etgan holda har yili 8080 tonna goʻsht, 29198 tonna sut, 131 tonna baliq, 47 tonna asal, 33738 tonna meva-sabzavot, 819 tonna uzum yetishtirilmoqda. Bu esa aholi dasturxonining toʻkinligini taʼminlash va turmush farovonligini yanada yaxshilashda muhim omil boʻlmoqda.

Qolaversa, yerning hosildorligini oshirishda yana bir omil borki, usiz baland xirmon haqida oʻylash oʻrinsiz. Bu – yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalasidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29 oktyabrdagi "Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida 2008-2012-yillar uchun davlat dasturi ishlab chiqildi. Dasturga asosan 2008-2012-yillar davomida tumanimizda 1218,7 km. uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarida 8 mlrd. 63 mln. soʻmlik taʼmirlash-tiklash hamda rekonstruktsiya ishlari olib borildi.

Prezidentimizning 2013-yil 19-apreldagi "2013-2017 yillar davrida yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori boʻyicha tumanimizda 92,5 km. uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarida rekonstruktsiya, 1508,2 km. uzunlikdagi obʼektlarda taʼmirlash va tiklash hamda 29,5 km. uzunlikdagi obʼektlarda yangidan qurish ishlarini bajarish, umumiy qiymati 22 mlrd. 579 mln. soʻmlik mablagʻ evaziga yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash rejalashtirilmoqda.

Aytish kerakki, mustaqillikdan oldin yer osti suvlari sathi 1,40 m.ni tashkil qilgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 1,80 m.ni tashkil qilmoqda.

Bularning barchasi agrar sohani yanada rivojlantirish, tumanimizni bogʻ-rogʻlarga aylantirish, bir soʻz bilan aytganda, yerlarning hosildorlik darajasining yanada oshishiga, aholi turmushining farovon boʻlishiga zamin yaratadi.

Otaxon QURBONIYoZOV,

tuman fermerlar

Kengashi raisi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019