16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:29
Adabiyot 👁 3,037

Tuman matbuotining asoschilaridan biri

Tuman matbuotining asoschilaridan biri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Shaxidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi raisi, tarix fanlari doktori, professor Sherip Babashevning "Davlat Rizayev kim?” ("Amu tongi” gazetasi 2005-yil 6-yanvar, 2-soni) maqolasida koʻrsatilishicha: "Qoraqalpogʻiston Davlat xavfsizlik Qoʻmitasi komissari, katta leytenant V.I.Shteyn tomonidan mahalliy kadrlarga nisbatan zoʻrovonlarcha hatti-harakatlar olib borilayotgani Qoraqalpogʻiston Obkomining birinchi kotibi Davlat Rizayevni Oʻzbekiston KP (b) MK kotibi Akmal Ikromovga ham yozishga majbur qiladi. 1937-yilning 24-iyulida yozilgan bu xatda quyidagi satrlar bor edi:

"Keyingi vaqtlarda biz ijtimoiy taʼminot komissari Oʻteniyoz Bekimbetovni, maishiy xizmat koʻrsatish komissari Inoyat Isamuhamedovni, "Zagot XlopTrest” boshligʻining oʻrinbosari Ivan Matveyevich Mitinni, Qipchoq raykom partiya kotibi Rejep Hakimniyozovni, Obkomning madaniyat, targʻibot va matbuot boʻyicha boʻlim mudiri Aynalxat Qulenovni vazifalaridan ozod etib, partiyadan oʻchirishga majbur boʻldik”.

1928-iyulda Akmal Ikromov ishdan boʻshatiladi, Kompartiya tarkibidan chiqariladi, unga trotskiychi aybi qoʻyiladi. Koʻp oʻtmasdan bunday hol Davlat Rizayevning boshiga ham tushadi.

Davlat Rizayevning xatida keltirilgan inson Rejep Hakimniyozov kim edi?

Yuqoridagi maqola muallifining "Qaraqalpaqstan Respublikasi tariyxindagʻi siyasiy qurbanlar” (Nukus - 2013) kitobida keltirilishicha: "Rejep Hakimniyozov 1898-yili Xiva xonligi tasarrufidagi Qoʻngʻirot bekligining "Ishqili” ovulida dunyoga keladi. Otasi Hakimniyoz oʻziga toʻq, insof-diyonatli, el-yurt xizmatiga shay insonlardan boʻlgan. Ovuldoshlari xohish-istaklarini inobatga olgan Qoʻngʻirot hokimi uni miroblik lavozimiga tayinlaydi. U suv taqsimlashda barchaga birdek adolatli yoʻl tutib, ishonchni oqlaydi. Rejepning onasi Davlat ham husni aqliga mos, dono va kayvoni ayollardan boʻlgan.

Shunday ota-ona qoʻlida tarbiyalangan, yoshligidan zehnli, irodali Rejep ovul mullasida oʻqib, ilk savodini ochadi. 1913-15-yillari tengdoshlari safida Avaz mulla masjidida, soʻngra shahardagi Azim Eshon madrasasida tahsilini davom ettiradi. 1920-yili Xiva xonligi tugatilib, Xorazm Xalq Respublikasi oʻrnatiladi. Oʻz davrining ziyolisi sanalmish Rejep dastlabki faoliyatini yangi tuzum maktabida yoshlar va kattalarga dars berishdan boshlaydi. Savodsizlikni tugatishda faol ishtirok etadi.

U 1924-yiliQoraqalpogʻiston avtonom oblasti tashkil etilgach, Toʻrtkoʻl shahridagi oʻqituvchilar tayyorlash bir yillik kursini tamomlab, yana oʻqituvchilikni davom ettiradi. U paytlar shoʻro hukumatiga Rejepdek savodli, gʻayratli, tashkilotchi yoshlar oʻta zarur edi. Shu boisdan uni 1928-yili 5-ovul kengashi kotibligiga tayinlashadi. Oʻsha yili boylar va ruhoniylarning mol-mulki, yer-suvlarini musodara qilish boshlanadi. Shunda u oʻz hududidagi fuqarolarga qayishib, ularni qoʻlidan kelganicha GPU va NKVD ayblov guruhlari tazyiqi va azoblaridan himoya qilishga intiladi.

Rejep Hakimniyozov 1932-33-yillarda Qoʻngʻirot tumani partiya qoʻmitasi kotibi boʻlib ishladi, soʻng Toshkentga yoʻllanma bilan ketib, partiya xodimlari tayyorlov kursida oʻqidi.

Oʻqishni tamomlab kelgach, 1934-37-yillarda Qipchoq tumani partiya qoʻmitasi 2-kotibi va bir vaqtda Qipchoq MTS siyosiy boʻlim gazetasi muharrirligi lavozimini teppa-teng olib bordi. Toshkentdan yoʻllanma bilan kelgan Qipchoq tumani partiya qoʻmitasi 2-kotibi Habib Yoqubov bilan birgalikda xalqning ogʻir turmushini yengillashtirishga bor bilim va kuch-gʻayratini sarflaydi. Ular rahbarlik qilgan davrda tuman xalq xoʻjaligi va madaniyatining ancha yuksalganligi arxiv hujjatlarida aks ettirilgan.

Yurtimizning sodiq farzandi Rejep Hakimniyozov ayni kuch-quvvatga toʻlgan mahalida qatagʻonga uchrab, 1938-yili "xalq dushmani” sifatida otishga hukm qilindi. Hukm Toshkentda ijro etildi.

Garchi u jismonan oramizda boʻlmasa-da, uning ismi yurtdoshlari qalbidadir. Xalqimiz sodiq farzandlarini hech vaqt unutmaydi”. (155-bet).

Komil Nurjonov, Gʻayratdin Xoʻjaniyozov hammuallifligida yozilgan "Amudaryo” (Toshkent-2004) kitobidan 1934-yili chiqa boshlagan MTS nashrining asoschisi, Rejep Hakimniyozov ekanligini oʻqib bildim.

Amudaryo tumani matbuotining 80 yilligi munosabati bilan bu inson hayoti va faoliyati haqida qisqacha tahririyatni, shuningdek, tuman ahlini xabardor qilishga menda kuchli istak tugʻildi. Shu boiski, Rejep Hakimniyozov mening bobom boʻladilar.

Bobomizning nabiralari boʻlmish bizlar ham hozir nabiralikmiz. Shuni taʼkidlashni istardimki, bobomiz nabiralarining aksariyati oʻqituvchilardir.

Endi oʻzim toʻgʻrimda qisqacha maʼlumot. Pensiyaga chiqqunga qadar maktabda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlib ishlaganman. "Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganman. Qoraqalpoq va oʻzbek tillarida baholi qudrat ijod qilib kelmoqdaman. Qorqalpoq tilida bitganlarimga qisqa ismim Japaqni, oʻzbekcha yozganlarimga esa toʻliq nomim Jabborberganni qoʻllayman.

Ijod mahsullarim respublika gazeta-jurnallarida yorugʻlik koʻrmoqda. Shuningdek "Qoraqalpogʻiston” nashriyotida "Assalam, quyash!” (Nukus-1993) shaʼriy toʻplamim, tarixiy mavzulardagi "Qonirattagʻi sham-shiraq mektep” (Nukus-1995), "Hakim ota – Hoja Sulaymon Boqirgʻoniy” (Nukus-2002), "Ishoq ibn Ibrohim Qoʻngʻirotiy” (Nukus-2003), "Tillerde dasman Qonirat” (Nukus-2006) nomli risolalarim, Umrboy Yembergenov bilan hammualliflikda tumanimiz oʻtmishi va hozirgi kuni yoritilgan "Qonirat” (Nukus-2010) kitobim chop qilindi. Niyat qilganmanki, bobom toʻgʻrisida ham hujjatli qissa yozmoqchiman.

Aytadigan gapim koʻp, ammo tilim, yozishga qalamim ojizlik qilyapti. Soʻzim yakunida sevikli gazetalaringiz "Amudaryo haqiqati” - "Taraqqiyot koʻzgusi"ning tabarruk 80 yillik toʻyi munosabati bilan tahririyat xodimlarini, tuman ahlini chin yurakdan tabriklayman, xonadonlaringizdan baraka arimasin, baxt va omad Sizlarni aslo tark etmasin.

Jabborbergan Shomurodov,

Qoʻngʻirot tumani.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019