16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:23
Siyosat 👁 2,803

Amudaryo tumani hokimi R.Yoʻldashevning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 23 yillik bayram tadbiridagi NUTQI

Amudaryo tumani hokimi R.Yoʻldashevning  Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining  23 yillik bayram tadbiridagi  NUTQI
       Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli mehmonlar!

Bugun xalqimiz mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligini katta shodiyona bilan, koʻtarinki kayfiyatda qarshi olmoqda. Jannatmakon yurtimizning har bir goʻshasida bayram nafasi kezib yurgan shu qutlugʻ kunlarda Sizni va Siz orqali oila aʼzolaringizni, barcha yurtdoshlarimizni eng ulugʻ va eng aziz bayram – mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Shunday faraxbaxsh kunlarda bizga istiqloldek ulugʻ neʼmatni ato etgani, xalqimizni turli balo-qazolardan omon saqlab, yorugʻ kunlarga yetkazgani uchun har birimiz Yaratganga shukronalar aytishimiz ham qarz, ham farz, deb oʻylayman.

Shu oʻrinda aytish kerakki, bugun biz shonli 23 yilligini nishonlayotgan istiqlolimiz oʻz-oʻzidan kelmadi. Vatan ozodligi asrlar davomida ota-bobolarimiz uchun eng ulugʻ orzu boʻlib, bu yoʻlda yurtning minglab fidoyi oʻgʻlonlarining qoni toʻkilganini xalqimiz hech qachon esidan chiqarmaydi. Shuning uchun ham, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1-sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin tutadigan qutlugʻ kundir.

Albatta, istiqlolning qoʻlga kiritilgani bilan hamma narsa oʻz-oʻzidan hal boʻlib qolmaydi. Mustabid tuzum barham topganidan keyin mamlakatimizda yuzaga kelgan juda qaltis iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-maʼnaviy vaziyatni bartaraf etish yoʻlida qancha mashaqqatli, tahlikali kunlarni boshdan kechirdik.

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan uzoqni koʻzlab barcha sohalarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, boshiga tushgan murakkab sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib oʻtgan xalqimizning mustahkam irodasi, gʻayrat va shijoati tufayli mustaqilligimizni mustahkamlashga, jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egallashga erishdik.

Bugungidek sururli damlarda oʻz-oʻzimizga "Biz kecha kim edigu bugun kim boʻldik?” degan haqli savolni berib, bundan 23-yil oldingi va bugungi kunimizni solishtirar ekanmiz, toʻgʻri belgilab olgan oʻzimizga xos rivojlanish yoʻlimiz, xalqimizning istiqlol gʻoyalariga sadoqati, halol va fidokorona mehnati natijasida mustaqillik yillarida ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilayotganining guvohi boʻlamiz.

Bugun dunyoda oʻzbek degan millat, Oʻzbekiston degan davlat borligini, uning qisqa davrda ulkan rivojlanish yoʻlini bosib oʻtganini, yurtimizning kuch-qudrati, salohiyatini butun dunyo tan oldi.

Istiqlol yillaridagi oʻzgarishlarning eng kattasi odamlarimiz ongida, dunyoqarashida roʻy berdi. Bugungi oʻzbekistonliklar oʻtgan asrning 90-yillaridagi boqimandalik kayfiyatidagi odamlar emas. Ular erkin va obod yurtda tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetib, mustaqillikni mustahkamlash, obodlik va bunyodkorlik ishlariga hissa qoʻshishdek ulugʻvor maqsadlar bilan yashamoqdalar, mehnat qilmoqdalar.

Ularda oʻz yurtining kelajagiga, oʻzining ertangi kuniga ishonch, Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusi mujassam. Ana shunday fidoyi el mehnatidan mamlakatimiz ravnaq topmoqda, yuksalmoqda.

Yurtimizning kichik bir goʻshasi boʻlmish Amudaryo tumanida ham bunday oʻzgarishlar, yangilanish va yuksalishlar kun sayin boʻy koʻrsatmoqda.

Shahar-u qishloqlarimiz, mahalla-yu koʻchalarimiz, hovli va xonadonlarimiz obod qiyofa kasb etib, fayzli maskanlarga aylanmoqda.

Amudaryoliklar joriy yilda ham eng ulugʻ va eng aziz bayramni katta mehnat zafarlari bilan qarshi olmoqdalar.

Istiqlol bayrami arafasida yirik sanoat loyihasi - "Amudaryoteks” xorijiy korxonasi ilk mahsulotini bera boshlagan boʻlsa, qishloq xoʻjaligi sohasi ilgʻorlari pilla va gʻalla yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini Respublikamizda birinchi boʻlib bajarishdi va ayni kunlarda eng masʼuliyatli palla – paxta yigʻim-terimi arafasida turibdi.

Ishonamizki, paxtakorlarimizning va butun xalqimizning hamjihatlikdagi mehnati samarasi sifatida yaqin kunlar ichida 40 ming tonnadan ortiq yuksak xirmon bunyod etiladi va bu ham istiqlolimizning 23 yilligiga katta tuhfamiz boʻladi.

Quruvchilarimizning fidoyi mehnatlari tufayli bayram arafasida qishloqlarimizda 70 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, qator taʼlim maskanlari yangidan qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Yosh avlodni sogʻlom va barkamol qilib voyaga yetkazish, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning oʻzida tumanimizda kinoteatr, 5 ta hududda mini futbol va voleybol maydonchalari, "Kamolot” yoshlar shaharchasida 48 xonadonga moʻljallangan shinam va zamonaviy 4 qavatli uy-joylar foydalanishga topshirilish arafasida.

Shuningdek, tadbirkorlarimizning oʻz mablagʻlari hisobidan ovul va mahalalarimizda ijtimoiy-madaniy binolar va tadbirkorlik obʼektlari qurib bitkazilmoqda.

Taʼlim, sogʻlikni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishdagi boshqa sohalarda ham istiqlol bayramiga tuhfa etgulik yutuqlarimiz bisyor. 

Aziz mehmonlar!

Biz faxr bilan tilga olayotgan bu yutuqlar, barpo etilayotgan erkin va farovon jamiyat, kun sayin rivojlanayotgan ozod va obod Vatan – bularning barchasi farzandlarimiz uchun. Dunyoda bizning xalqimizdek oilaparvar, bolajon xalq boʻlmasa kerak.

Muhtaram yurtboshimizning joriy yilni "Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilgani xalqimizning ana shu insoniy fazilatining yorqin namunasi boʻldi.

"Sogʻlom bola yili” tuman dasturiga muvofiq umumiy qiymati 22 milliard soʻmlikdan ortiq keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu mablagʻlar yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam koʻrsatish, onalik va bolalik himoyasini taʼminlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish kabi xayrli ishlarga sarflanadi. Maqsadimiz yagona – bizdan farzandlarimizga ozod va obod Vatan qolsin!

Qadrli mehmonlar!

Ushbu sururli damlarda "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim Senga baxshida, goʻzal Oʻzbekistonim” degan shiorni dillariga jo qilib, istiqlolimizning 23 yillik bayramini koʻtarinki ruhda nishonlayotgan yurtdoshlarimizni yana bir marta eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mana shu unutilmas damlarda koʻpni koʻrgan, hayotning turli qiyinchiliklarida toblanib, bugun yosh avlodga oʻrnak boʻlayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, fidoyi va halol mehnati bilan tumanimiz nomini yurtga tanitayotgan olijanob va bagʻrikeng yurtdoshlarimizni, barcha ezgu va xayrli ishlarimizning davomchilari boʻlmish yoshlarimizni ona Vatanimiz tarixidagi eng ulugʻ sana – mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Eʼtiboringiz uchun rahmat!


🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019