17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 05:05
Siyosat 👁 2,521

Bola huquqlari - qonun himoyasida

Bola huquqlari - qonun himoyasida

Yurtboshmiz I.A.Karimovning "Bizning kelajagimiz, eng asosiy ishonchimiz, madad – tayanchimiz – bu oʻsib kelayotgan yosh avloddir. Men oʻzimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdiri va kelajagini ham ana shu yoshlar qiyofasida, ularning pok qalbi, erkin tafakkuri, mustahkam irodasi va dunyoqarashida koʻraman”, degan soʻzlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Bola huquqlariga oid milliy qonunchilik deganda, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-, 65-moddalariga eʼtibor qaratish lozimdir. Jumladan, 64-moddada "Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlaydi, bolalarga bagʻishlangan xayriya faoliyatlarini ragʻbatlantiradi” deb koʻrsatib oʻtilgan.

65-moddada esa "Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, Qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deb belgilab qoʻyilgan. Konstitutsiyada koʻrsatilgan onalik va bolalikni muhofaza kilish masalasi Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari bilan tartibga solinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi "Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi va 1994-yil 23-avgustdagi "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi va boshqa Farmonlar mamlakatimizda bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, axloqiy va maʼnaviy kamol topishi uchun qulay shart-sharoit yaratish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda.

Bola huquqlariga oid maxsus qonunchilik toʻgʻrisida gapirilganda quyidagi hujjatlarni alohida taʼkidlab oʻtish maqsadga muvofiqdir.

Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi, 2008-yildagi "Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari shular jumlasidandir. Ayniqsa, "Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston qoʻshilgan "Bola huquqlari konventsiyasi”ning milliy qonunchilikka toʻliq implementatsiyasi hisoblanadi. Mazkur konunda sogʻlikni saqlash, taʼlim, ijtimoiy taʼminot va har tomonlama rivojlantirish sohalarida bola huquqlarining kafolatlari mustahkamlab qoʻyilgan. Ushbu qonunda ijtimoiy zaif bolalar va alohida ehtiyojlarga muhtoj bolalarning huquqlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bolalarning malakaviy tibbiy koʻrikka boʻlgan huquqlarini amalga oshirishning muayyan mexanizmi "Fuqarolar sogʻligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda mustahkamlab qoʻyilgan. Mazkur Qonunga koʻra, davlat sogʻlikni saqlash tizimi xizmatlaridan foydalanish va bolalar sogʻligini tiklash uchun imkoniyatlar yaratib beradi.

Shu maqsadda Respublika reproduktiv salomatlik markazi va oʻsmirlar reproduktiv salomatligi markazi va ularning viloyatlardagi filiallari faoliyat koʻrsatib turibdi. Har yili barcha bolalarni tibbiy dispanserizatsiyalash amalga oshirilmokda. Oʻtgan asrning 90-yillari bilan solishtirganda goʻdaklar oʻlimining darajasi ancha kamayishi kuzatilmokda. Bularning barchasi istiqlol sharofati, Yurtboshimiz sayʼ-harakatlari tufayli yaratilayotgan imkoniyatlar natijasidir.

Sanobar Xalbayeva, tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026