16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Madaniyat 👁 272

SANʼAT OShUFTASI

SANʼAT OShUFTASI

Inson zoti har qanday musiqiy ohangni befarq tinglay olmaydi. Prima rubobida Ulugʻbek Toʻliboyev ijrosidagi goh sokin, goh mahzun, goh shiddatli kuyni tinglash barobarida qalbingizda oʻzgacha tuygʻular uygʻonadi, uning hayotga intilishi, yaratishga ishtiyoqi kuchliligi sabab, taqdir sinovlariga boʻyin egmay, hayotda munosib oʻrnini topishga intilayotganini his qilasiz. Uning oʻzi ham rubob torlari uzra barmoqlarining harakatlaridan yaralayotgan ohanglarga shoʻngʻib ketayotganday tuyuladi tinglovchiga.

Imkoniyati cheklangan, yaʼni koʻzi ojiz boʻlsa-da, uyida oʻtirib oʻqishni, taqdirga tan berib, qiziqishlaridan kechishni istamadi. Bu yigit Mangʻit shahrining Durunki mahallasida istiqomat qiladi. Hududdagi 36-sonli maktabni tugatgan. Maktabda oʻqish davrida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻz qiziqishlariga koʻra, rubob sinfida rahmatlik Ahmad Xudoyberganovdan saboqlar olgan.

Musiqa maktabida soz chalishni oʻrganish bilan cheklanmay, taniqli xonanda, maktabning puflab chalinadigan asboblar sinfi oʻqituvchisi Anvar Xudoyberganovdan anʼanaviy xonandalik yoʻnalishi boʻyicha ham saboqlar oldi. Sanʼatkor unga ixlosiga koʻra, sinfdan tashqari anʼanaviy, mumtoz ashulalarni ijro etish mahoratini oʻrgatdi.

Musiqa maktabini tugatganidan soʻng Ulugʻbek Japaq Shomurodov  nomidagi Nukus madaniyat va sanʼat kollejiga oʻqishga kirdi va muvaffiyatli tugatdi. Bir necha  yillar tuman Koʻzi ojizlar jamiyatining ishlab chiqarish tsexida ishladi. Biroq sanʼatga qiziqishi uni sanʼatkorlar davrasiga chorlayverdi. Hozir “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli aʼzosi. Ansambl badiiy rahbari Anvar Xudoyberganov koʻmagida qoʻshiqlar oʻrganib, xalqimiz eʼtiboriga havola etayapti.

– U yaqindagina tumanimiz sanʼati dargʻalaridan biri, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist, el dilida qoʻshiqlari bilan yashayotgan hofiz Nazir Rahimov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan adabiy kechada marhum ustozning qoʻshiqlaridan ijro etib, olqishlarga sazovor boʻldi, – deydi tuman Madaniyat boʻlimi xodimi O.Begimov.

Ayni kunda ustozlik qilib, qoʻshiqlarni maromiga yetkazib ijro etishni oʻrgatayotgan ustozi A.Xudoyberganov ham Ulugʻbekning yodlash qobiliyati kuchli, eshitgan ohangini xotirasida saqlab, ijro eta olishini taʼkidlaydi.

Eʼtiborlisi, U.Toʻliboyevning sanʼatga mehri oʻzgacha. Shu bois har kuni yoʻl bosib, qiyinchiliklarga qaramay, tuman Madaniyat boʻlimi binosiga, toʻgarak mashgʻulotlariga hammadan avval yetib keladi. Boʻlim tomonidan Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlab tayyorlangan katta xayriya kontsertda Ulugʻbek Nazir Rahimovning “Bandang erurman” qoʻshigʻini ijro etdi.

Imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay, oʻzining hayotdagi intilishlari sari dadil odimlayotgan Ulugʻbekning ijodi barakali boʻlishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019