16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Siyosat 👁 2,237

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING BIRINChI SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING BIRINChI SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

2015-yil 10 yanvar kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisini 24-Oq oltin saylov okrugidan deputat Rim Oʻrozboyev kirish soʻzi bilan ochdi va olib bordi. Sessiyada 2014-yil 21-dekabrdagi saylovda va 2015-yil 4-yanvardagi takroriy ovoz berishda xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan 30 nafar deputatlar qatnashdi. Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Musa Yerniyazov ishtirok qildi. Shuningdek, sessiya majlisiga hokimlik masʼul xodimlari, hokimlik boʻlimlari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari oqsoqollari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Sessiya kun tartibiga "2014-yil 21-dekabr kuni boʻlib oʻtgan saylovning va 2015-yil 4 yanvardagi takroriy ovoz berishning natijalari boʻyicha tuman saylov komissiyasi raisining axboroti haqida”gi masala hamda tashkiliy masala havola qilindi.

Sessiya kotibligiga 30-Nazarxon saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Guljaxan Ibraimova saylandi.

Kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha tuman saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Abduraxmonov axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, 2014-yilning 21-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga va xalq deputatlari tuman Kengashiga oʻtkazilgan saylovlar jamiyatimiz hayotidagi katta siyosiy voqealarning biri boʻldi. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar saylov toʻgʻrisidagi qonunlarga qatʼiy amal qilgan holda, demokratik asosda oshkoraviy tarzda uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.

Tuman boʻyicha 117673 nafar kishi saylovchilar roʻyxatiga kiritildi va 2014-yil 21-dekabr kungi saylovda ularning 111303 nafari, yaʼni 94,6 foizi ishtirok etdilar. Ovoz berish natijalariga koʻra, 30 ta saylov okrugidan deputatlikka koʻrsatilgan 104 nafar nomzoddan saylov kuni saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini olgan 29 nafari deputat qilib saylandilar va roʻyxatga olindilar.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Chordara saylov okrugida ovozga qoʻyilgan 4 nafar nomzodlarning hech biri saylovchilarning 50 foizidan ortiq ovozini olaolmaganligi uchun eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod boʻyicha ushbu saylov okrugida 2015-yil 4-yanvar kuni takroriy ovoz berish oʻtkazildi.

Tuman saylov komissiyasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi va tuman Kengashiga saylangan 30 nafar deputatlarning vakolati eʼtirof etildi.

Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Musa Yerniyazov soʻzga chiqdi.

U oʻz soʻzida tumanimizda barcha sohalarda erishilayotgan yutuq va natijalarni tilga olib, oldimizda turgan muhim vazifalarni taʼkidlab oʻtdi hamda Rajapbay Yoʻldashevni yangi muddatga Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash haqidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining farmoyishini oʻqib eshittirdi.

Deputatlar ushbu qarorni bir ovozdan maʼqulladilar. Rajapbay Yoʻldashev yangi muddatga Amudaryo tumani hokimi etib tayinlandi.

Tuman hokimi Rajapbay Yoʻldashev soʻzga chiqib, Respublika rahbariyatiga ishonchi uchun minnatdorchilik bildirib, bundan keyin ham tuman hokimi lavozimida fidoyilik bilan ish olib borishini taʼkidladi.

Kun tartibidagi masala boʻyicha soʻzga chiqqan 4-"Doʻstlik” saylov okrugidan deputat, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi raisi oʻrinbosari Madamin Kazakov, 5-Beruniy saylov okrugidan deputat, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobar Xoʻjamuratova va 14-"Paxtakor” saylov okrugidan deputat, Qilichboy muqobil mashina traktor parki raisi, "Amirxon” fermer xoʻjaligi boshligʻi Otaxon Qurboniyozovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Rajapbay Yoʻldashevni yangi muddatga Amudaryo tumani hokimi etib tayinlash haqidagi taklifini qoʻllab-quvvatladilar va tuman hokimining ishlariga omad tiladilar.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Reglamentining 54-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash uchun oʻz vakolatlari muddatiga jamoatchilik asosida faoliyatni amalga oshiruvchi 6 ta doimiy komissiyalar tuzildi va doimiy komissiyalar raislari hamda aʼzolari saylandi.

Tuman Kengashiga saylangan deputatlar ishtirokidagi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi va "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlaridan iborat deputatlar guruhlari roʻyxatga olindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining

axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019