16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:29
Adabiyot 👁 5,229

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati: 2014-yil sarhisobi

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati: 2014-yil sarhisobi

Mana, 2014-yilni tarix sari kuzatganimizga ham 1 oycha vaqt boʻldi. Xoʻsh, oʻtgan yilda tahririyatimiz qanday yutuqlarga erishdi?

2014-yil tahririyatimiz uchun esda qolarli voqealarga boy yillardan biri boʻldi.

5-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining ilovasi – "Mening oilam” gazetasi roʻyxatdan oʻtkazilishi tumanimiz ijtimoiy hayotidagi muhim yangilik boʻldi. Amu elining ziyoli xalqi yana bir maʼnaviyat sarchashmasiga ega boʻlishdi. 2015-yildan boshlab "Mening oilam” gazetasi oyiga 1-marta 2 bosma taboq hajmda oʻquvchilar qoʻliga yetib bormoqda. Eng muhimi, obuna narxlari minimal miqdorda belgilandi. Ikkala gazetani qoʻshganda yillik obuna bahosi 52 ming soʻmni tashkil qildi.

'Менинг оилам' газетасининг илк сони


2014-yil 27-iyun kuni matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida gazetamizning 80 yillik yubileyi nishonlandi.

15-iyuldan 15 avgustgacha 1 oy davomida tumanimizda mustaqillikni mustahkamlash va milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilishda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻrni va ahamiyati” mavzusida targʻibot oyligi oʻtkazildi. Oylik doirasida tuman hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida "Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlashga doir kafolatlarning soha rivojidagi ahamiyati” mavzusida Respublika seminari oʻtkazildi va oylik yakunida gazetamizning 80 yilligi tuman miqyosida keng nishonlandi.



2014-yilda tahririyatimiz uchun yana bir quvonchli voqea – "Taraqqiyot koʻzgusi”, "Mening oilam” gazetalari hamda amunews.uz veb-sayti tahririyatlari Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining tanlovida ishtirok etib, har biriga 14 milliondan, jami 42 million soʻm miqdorida davlat granti ajratildi.



Tahririyatlar tomonidan qishloq joylarida tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, yoshlarni milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish kabi yoʻnalishlarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga grant mablagʻi hisobiga xodimlarimizning oyligi ancha oshirildi, har bir ijodiy xodimning ish xonasiga mebel jamlanmasi, personal kompyuter va ofis jihozlari xarid qilindi.

Tuman hokimining qoʻllab-quvvatlashi natijasida tahririyatimizning moliyaviy ahvoli yaxshilanib bormoqda. Masalan, 2012-yilda gazetamiz 2450 nusxada bosilgan boʻlsa, 2013-yilda 4700, 2014-yilda 5200, 2015-yil 1-yanvardan boshlab esa 7200 nusxada chop qilinmoqda.

Tahririyatning moliyaviy ahvoli yaxshilanishi natijasida 2013 va 2014-yillarda 2 ta xizmat avtomashinalarini xarid qildik. Natijada gazetamizning har bir soni har haftada tumanning barcha hududlaridagi oʻquvchilarga gazeta chop qilingan kunda, grafik boʻyicha belgilangan vaqtda yetkazib berilmoqda.


Shu paytgacha gazetamizning asosiy obunachilari byudjet tashkilotlari ishchilari hisoblanar edi. 2015-yil uchun obuna kampaniyasi davrida ovul va mahallalardagi uyushmagan aholini gazeta obunasiga jalb qilish maqsadida "Fuqarolar yigʻinlariga moliyaviy yordam” aktsiyasini oʻtkazdik. Aktsiya sharti – fuqarolar yigʻinlari oʻz hududidagi aholidan 70 ta yillik obuna toʻplasa, tahririyat tomonidan unga noutbuk sovgʻa qilinadi. Natijada bugungi kungacha 10 ta fuqarolar yigʻinlariga jami qiymati 15 million soʻmlik 10 ta noutbuk, 1.8 million soʻmlik 10 ta telefon apparatlari berildi. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan 1500 dan ortiq obuna uyushtirildi. Bu orqali nafaqat gazetamizning obunasi oshdi, balki uning tarqalish geografiyasi kengaydi, ovul aholisining tuman yangiliklaridan xabardor boʻlish imkoniyati paydo boʻldi va fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasi yaxshilandi.



Obunaning koʻpayishi va ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish orqali gazetaning davriyligini oshirish va tannarxini kamaytirishga erishmoqdamiz. Gazetamiz 2013 yildan boshlab oyiga 3-marta, 2014-yildan boshlab 4-marta va 2015-yildan boshlab oyiga 5 bosma taboq hajmda chop qilinmoqda. 2012-yilda 1 bosma taboq hajmdagi gazetaning obuna boʻyicha narxi 1250 soʻm edi. 2015-yilda bu koʻrsatkich 867 soʻmni tashkil qildi. Bu 2012-yilga qaraganda obuna narxining 30 foiz arzonlashganini bildiradi.

Oʻtgan 2014 yilning yana bir muhim yangiligi – "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonunga asosan tuman hokimligining axborot xizmati tashkil qilindi. Dekabr oyidan ish boshlagan axborot xizmatida 5 kishi ish yuritadi, uning asosiy vazifasi tuman hokimligi rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish, mahalliy va respublika, mamlakat ommaviy axborot vositalarida tuman hokimligi faoliyatining dolzarb jihatlarini yoritishdan iborat. Qolaversa, tahririyatning amunews.uz veb-saytida 2015-yildan boshlab video-yangiliklar xizmati yoʻlga qoʻyilgani ham bu borada muhim yangilik boʻldi. Endilikda veb-sayt orqali tuman hayotiga oid nafaqat maqola va fotolavhalar, balki videolavhalar bilan ham tanishish mumkin. Bu esa internet tarmogʻida Amudaryo tumanining bugungi hayotini yanada toʻlaroq yoritish imkoniyatini bermoqda.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida tuman hokimi tomonidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumanlari oʻtkazish rejasi tasdiqlandi. Unga koʻra, tuman hokimligi va tegishli boʻlimlar har oyda navbatma-navbat jurnalistlar uchun matbuot anjumanlarini oʻtkazadilar. Albatta, bu kabi ishlar jamoatchilikning tumanda amalga oshirilayotgan ishlardan xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

Hammasidan ham muhimi – tumanimiz ahli nafaqat "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalarini oʻqimoqda va veb-saytimizga tashrif buyurmoqda, balki, bizga xat yozmoqda, oʻz fikrlarini bildirmoqda. Bu – biz ijodkorlar uchun katta sharaf va yuksak masʼuliyat. Ana shu masʼuliyatni chuqur anglagan holda, Sizning uchun izlanishda va ijod qilishda davom etamiz, aziz mushtariy!

Tahririyat.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019