16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:45
Jamiyat 👁 2,611

KOʻNGLI OBOD NURONIYLAR

KOʻNGLI  OBOD  NURONIYLAR

- Oʻz uying, oʻlan toʻshagingda bexavotir orom olishning, topgan-tutganingni oila aʼzolaring bilan bemalol yeb-ichib, umrguzaronlik qilishning oʻzi ham baxt, - deya hisoblaydi tumanimizning "Bogʻ” mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriysi, 92 yoshida ham kuch-quvvatini yoʻqotmay farzandlariga, nevaralariga bosh boʻlib yurgan Yoʻldosh Ortiqov.

Otaxonning bu iqrori bejiz emas. Uning bolaligi ilk maktablar tashkil etilib, oʻsib kelayotgan yosh avlod oʻqitishga jalb qilina boshlagan davrlarga toʻgʻri keldi. Elning tirikchiligi mashaqqatli mehnatlar evaziga yetishtiriladigan dehqonchilik, paxtachilik orqasidan edi.

Qorni toʻyib ovqat yeydigan oilalar kamdan kam edi. Shu boisdan bolalarning ham es tanigani roʻzgʻor tashvishlarida ota-onasiga koʻmaklashishga harakat qilar, miriqib dam olishga, oʻynab kulishga vaqtlari boʻlmasdi.

Yoʻldosh Ortiqov maktabda aniq fanlarni yaxshi oʻzlashtirgani uchun hademay paxtachilik brigadasiga tabelchi boʻldi. Ertalabdan qosh qorayguncha brigada aʼzolarining ishlagan ishlarini hisob-kitob qilish bilan birga oʻzi ham ulardan qolishmay mehnat qilardi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanib, ishga yaroqli erkaklar urushga safarbar qilina boshlagach, ayniqsa, dala ishlari ayollar va oʻsmirlar zimmasiga tushdi. Endi bir odam bir necha odamning oʻrniga ishlashi lozim edi.

Armiyaga chaqirilganida Yoʻldosh Ortiqov endi 18 yoshda edi. 1942-yilning boshida urushga joʻnagan yigit qisqa muddatli harbiy tayyorgarlikdan soʻng Moskva ostonasida jangga kirdi.

- Bu Ikkinchi jahon urushida eng koʻp talofat koʻrilgan, ayni paytda, ilk qaqshatqich zarbalar ham berilib, dushmanning hujumkorligi pasaytirilishiga erishilgan nuqta edi, - deya xotirlaydi oʻsha kunlarini otaxon. – Biz jonimizni qaygʻurmasdik, ochlik, charchoqni ham sezmasdik. Doim koʻz oʻngimizda oilamiz, ota-onamiz, qishlogʻimiz turardi. Shu aziz yurtimizni dushmanga oyoq osti qildirmaymiz, deya kurashardik. Chunki urush boʻlgan shahar, qishloqlarni nemislar vayronaga aylantirib oʻt qoʻyar, koʻchirishga ulgurilmay qolgan aholini, hatto yosh goʻdaklarni ham ayamay otardi.

Uch yil urushning olovli soʻqmoqlarida qancha-qancha hamqishloqlaridan, doʻstlaridan ayrilgan Yoʻldosh Ortiqov bir qoʻlidan oʻq yeb, 1944-yil boshida ona qishlogʻiga qaytib keldi.

Qishlogʻida... qishlogʻida ekinlarning bor yoʻq hosili askarlarga joʻnatilgan, qahatchilik edi. Bularni koʻrib harna nogiron boʻlsam ham, oʻzimga yarasha ish topilar, elning ogʻir kunlarida nogironman, deb men uyimda yotmayin, deya oʻylab, shinelini yelkasiga tashlab, tuman harbiy komissariatiga bordi. Iloji boʻlsa, ishlamoqchi ekanligini aytdi. Uni urushga ketmasidan oldingi kasbiga tayinlashdi. Oʻn yillardan ziyod brigadada tabelchilik qildi. Keyin ovulidagi chorvachilik fermasida choʻpon boʻldi.

Ayni kunda "Bogʻ” mahallasining ibratli, elda eʼzoz topgan xonadonlaridan biri boʻlgan Yoʻldosh Ortiqov, umr yoʻldoshi, bir umr fermada sut sogʻuvchi boʻlib ishlab, qoʻsha-qoʻsha oʻgʻil-qizni el qatoriga qoʻshgan, ilk nevaralarini ham uyli-joyli qilib, 15 nafardan ziyod chovliqning katta enasi boʻlgan Rahima momo Ortiqovalar ostonasidan mehmon uzilmaydi.

Keliniga, nevaralariga qarab oʻtirmay mehmon kelsa, quvonganidan momoning oʻzi ham xizmatga tushib ketaveradi.

Tabiatan shoʻx, oddiy soʻzlari ham hazil-mutoibaday odamga xush kayfiyat bagʻishlaydigan chaqqon momoning har bir soʻzida bugungiday baxtiyor zamonamizga shukronasi joy olgan.

- Keksalarni eʼzozlab boshiga koʻtarayotgan yurtimizga, Yurtboshimizga ming rahmat, -deydi quvonib. - Bundan ikki yil oldin byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi yoʻllanmasi bilan "Tovoqsoy”ga dam olgani bordik. Endi bir qoʻli ishlamagach, doim cholimga hamroh boʻlib yuraman-da. Borsak, yoʻllanma bir kishilik, cholingizning nomiga, sizni qabul qilmaymiz, dedi. Cholimni tashlab ketadigan ahmoq emasman, dedim-da tuman hokimligiga qoʻngʻiroq qildim. Natijasini kutib bir soatcha tashqarida oʻtirdik. Nima chora koʻrildi, menga qorongʻu, ikki qiz kelib sumkalarimizni koʻtarib borib xonaga joylashtirdi, 12 kun dam olib, muolaja olib, ancha yasharib qaytdik. Shunday gʻamxoʻrliklarni koʻrib turib keksaygisi kelmaydi-da odamning.

Turli mevali, manzara daraxtlarga burkangan ulkan, ozoda hovli atrofi Rahima momoning, Yoʻldosh boboning tinib-tinchimasligini, nevaralarini ham shu yoʻsinda tarbiyalayotganini isbotlab turibdi.

Koʻngli obodning turmushi obod, - deganlari shu ekan-da, - deya oʻyladim atrofga boqib.

Biri toʻqsondan, biri sakson yoshdan oshsa-da hamon bardam, farzandlari, nevaralariga bosh boʻlib yurgan Yoʻldosh bobo, Rahima momolarning xonadonidan ham havas, ham bir olam taassurotlar bilan qaytar ekanman, mashoyixning baxtni his qila olgan odamgina baxtiyordir, - degan soʻzi yodimga tushdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019