16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:31
Salomatlik 👁 502

Yoz mavsumida kuzatiladigan yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Yoz mavsumida kuzatiladigan yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Soha xodimlariga yaxshi maʼlumki, mart oyidan boshlab oktyabr oyigacha boʻlgan davr kanalarning rivojlanishi uchun juda qulay mavsum hisoblanadi. Shu sababli Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomidan aholi orasida targʻibot-tashviqot ishlari kuchaytirilmoqda.

Bu kasallik oʻtmishda qora halak, qoʻra oʻlim deb nomlangan boʻlib, kanalar chaqishi yoki kanani terish va ezib oʻldirish, shuningdek, qoʻy-echkilarning junini qirqish vaqtida odamlarga yuqadi. Bemorlar oʻz vaqtida shifokorga murojaat qilmasa, ahvoli ogʻirlashib, ayrim holatlarda oʻlim bilan tugashi mumkin.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligini yuqtirib olmaslik uchun chorvachilik bilan shugʻullanuvchi fuqarolar belgilangan sanitariya qoidalariga amal qilgan holda xonadonlarda boqilayotgan chorva mollarida kanalar bor-yoqligini tekshirib turishlari shart.

Bundan tashqari, yoz kunlarida aholi, ayniqsa yoshlar orasida salqin ichimliklar va muzqaymoqlarning sevib istemol qilinishi oqibatida, oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanish hamda yuqumli boʻlmagan boshqa kasalliklar ham kelib chiqishi mumkin.

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan salqin ichimliklar, muzqaymoqlar shuningdek issiq kunlarda sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishning oldini olish maqsadida aholi gavjum joylar, jumladan, kafelarda, bozorlarda va jamoat joylarida profilaktik tadbirlar oʻtkazilyapti. Shuningdek, turgʻun savdo shohobchalari tomonidan sotuvga chiqarilayotgan salqin ichimliklar va muzqaymoqlarning kimyoviy va bakteriologik tarkibini aniqlash maqsadida boʻlim laboratoriyasiga namunalar olinib, tegishli tartibda tekshirilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, tugʻun savdo shahobchalaridagi salqin ichimliklar va muzqaymoqlar inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi uchun bir qator belgilangan talablarga javob berishi zarur. Xususan, savdoga chiqarilgan salqin ichimliklar va muzqaymoqlarning sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjati boʻlishi kerak. Shuningdek, salqin ichimlik solingan katta hajmdagi idishlar meʼyoriy talab boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlariga moʻljallangan, xavsizligi kafolatlangan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, katta hajmdagi idishlarda sotilayotgan salqin ichimliklar va muzqaymoqlar bir marotaba ishlatiladigan idishlarda quyib berilishi va ishlatilgandan soʻng idishlar yaroqsiz holatga keltirilib, maxsus konteynerda yigʻilishi belgilangan. Sotuvchilar esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi asosida davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi va maxsus ish kiyimiga ega boʻlishi hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi zarur.

Aziz isteʼmolchilar! Sizdan shuni iltimos qilib soʻrab qolamizki, yozning issiq kunlarida quyosh nuri tik tushadigan va ochiq sharoitda saqlangan, polietilen idishlarda qadoqlangan salqin ichimliklar, fuqarolar tomonidan nomaʼlum sharoitda tayyorlanib, sanitariya-gigena talablariga javob bermaydigan idishlarga solingan turli chanqoqbosdi ichimliklar va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishdan saqlaning. Chunki bunday ichimlik hamda oziq-ovqat mahsulotlari oʻz sifat va xavfsizligini yoʻqotgan hisoblanadi.

D.Babajanov, D.Baltabayeva, Amudaryo tumani SEO va JSB oliy toifali shifokorlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026