16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:19
Jamiyat 👁 2,137

ER YIGITDAN JASORAT QOLAR...

ER YIGITDAN JASORAT QOLAR...

1942-yil iyun oyi oʻrtalarida hozirgi "Choykoʻl” ovulidagi "Toza qalʼa” mahallasida yashovchi Yoʻldosh Ortiqboyev va uning tengqur doʻstlari ham urushga otlanishdi. Jangchilar tushgan paroxod va unga tirkalgan odam toʻla barjalar Amudaryo orqali Orol dengizi tomon yoʻl oldi. Yoʻl-yoʻlakay Nukus shahri roʻparasidagi daryo prichalidan yana bir necha paroxodlar qoʻshilib, Moʻynoq port shahriga tezroq yetib olish uchun mazkur paroxodlar karvoni toʻla quvvatdagi tezlikni oshirganicha, shoshilinch borardi. U yerda boʻlgʻusi yosh jangchilarni maxsus dengiz paroxod kemalari kutib turardi. Bu katta suv transporti Orol dengizi boʻylab uch yarim sutka betoʻxtov yoʻl bosgach, katta Aralsk portiga yetib kelishdi va u yerdan darhol poyezd eshelonlariga joylashib, Rossiya tomon yoʻl oldi. Ular besh kun ichida koʻzlangan manzilga yetib kelishdi va qismlarga boʻlinib, jangovar polklarga taqsimlandi.

Yoʻldosh Ortiqboyev 1942-yil iyuldan 15-sentyabrgacha qisqa harbiy kursda tahsil olib, 15-sentyabr kuni quroldosh doʻstlari oldida harbiy qasamyod qildi va shu kunning oʻzidayoq 1-Belorus fronti tarkibida harakat qilayotgan 33- armiya oʻqchi qismlarida avtomatchi boʻlib jangga kirdi.

Uning jangovar harakatdagi tashkilotchilik qobiliyatiniinobatga olib, qisqa harbiy kursda tahsil olish uchun yana ikkinchi bor 1942 yil dekabrdan 1943-yil martigacha oʻqishga joʻnatishdi. Yoʻldosh Ortiqboyev keyinchalik boʻlinma komandiri boʻlib jangovar harakatlarni davom ettirdi. Jangovar harakatdagi tezkorligi va mahorati uchun vzvod komandiri yordamchisi, keyin esa vzvod komandiri boʻldi. Bu davrda ular butun Belorusiyani dushmandan ozod qilgan edilar.

U harbiy-taktik bilimi va mahoratini yanada oshirish uchun 1944-yil may oyidan dekabrgacha qisqa muddatli harbiy komandirlar tayyorlash kursida tahsil oldi va kichik leytenant darajasiga yetishib, Gʻarbiy front tarkibidagi minamyotchilar qismida minamyotchilar vzvodini boshqardi.

Shiddatli va shafqatsiz harbiy yurishlarda harbiy qudrati va mahorati mislsiz oshgan armiya jangchilari qisqa muddatda fashist Germaniyasi ustidan butunlay va uzil-kesil gʻalaba qozondilar.

Maxsus harbiy topshiriqlar boʻyicha leytenant Yoʻldosh Ortiqboyevning jangovar harbiy xizmat muddati yana bir yilga uzaytirildi va 1946-yil 1-iyundan eʼtiboran harbiy xizmatdan boʻshatilib, uyiga qaytishga yoʻllanma berildi.

U urushdan keyingi xalq xoʻjaligini, shu jumladan qishloq xoʻjaligini qayta tiklash ishlarida faol qatnashdi va qolxozda quruvchilar brigadasini yigirma yil davomida boshqarib, juda koʻp qurilish-bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilishida xizmat qildi. 1967 yildan eʼtiboran to umrining oxirigacha yaʼni 1984-yil 23-iyulgacha tumanimizda va respublikamizda irrigatsiya tarmoqlariga yetarli suv yetkazib berish borasida fidoyi mehnat qildi.

Marhum Yoʻldosh ota Ortiqboyev oilaviy jihatdan ham baxtli-saodatli inson edi. Turmush oʻrtogʻi Pariza Qayipova bilan havas qilsa arzigulik hayot kechirishdi va oʻn uch nafar solih farzandlarni dunyoga keltirib, tarbiyalashdi. Bu oʻgʻil-qizlardan bugungi kungacha yuz nafardan ortiq nevara, chevara va evaralar katta xonadonni toʻldirib, marhum buva va buvijonlarini xotirlab, xaqlariga duo-fotiha qilib turadilar. Shu bois ham inson xotirasi mangudir.

Qobul ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026