16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Jamiyat 👁 2,323

Axloqsizlik jamiyatimizdagi qora dogʻdir

Axloqsizlik jamiyatimizdagi qora dogʻdir

Bugun yosh avlodning komil inson boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bundan unumli foydalangan koʻpgina yoshlar porloq istiqbol sari dadil qadam tashlab, oʻzlarining baxtli kelajagini bunyod etish yoʻlida chuqur bilim olmoqda, kasb-hunar egallamoqda.

Lekin guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, yoshlar orasida, qolaversa voyaga yetmaganlar orasida qimmatli vaqtini tamaki chekish, nos otish, spirtli ichimliklar ichish, qimorbozlik qilish kabi qator illatlar, bemaʼni mashgʻulotlar bilan oʻtkazadigan, ota-ona, mahalla-koʻy va maktab, kollej jamoalari nazoratidan chetda qolgan yoshlar afsuski oramizda bor. Soʻnggi oʻn yil ichida mobil aloqa va global internet axborot tarmogʻining shiddat bilan hayotimizga kirib kelganligi bizning kundalik turmushimizda katta qulayliklar tugʻdirishi bilan birga yoshlar tarbiyasida salbiy holatlarning yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Hali yaxshi-yomonni, oq-qorani aniq tanimayotgan yoshlar, oʻspirinlarning oʻta qiziquvchanliklari havas va ishtiyoqlari tufayli virtual olamning zararli, yoshlar tarbiyasini buzuvchi behayo yoʻnalish va oqimlari girdobiga tushib qolmoqdalar. Natijada mana shunday tarbiyasi izdan chiqayotgan oʻsmir yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va boshqa turdagi axloqqa zid gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar yuz berib, oilalar, maktablar va mahallalardagi maʼnaviy-axloqiy sogʻlom muhitga maʼlum darajada putur yetmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni bu kabi salbiy holatlarning oldini olishda huquqiy asos boʻlmoqda.

Ilmiy tadqiqotlar hamda amaliy kuzatuvlar, tajribalar jarayonida voyaga yetmaganlarning axloqqa zid gʻayriijtimoiy xatti-harakat sodir etishlariga eng avvalo ota-onalar tomonidan farzandlarini nazoratsiz qoldirishlari, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanmasliklari hamda taʼlim-tarbiya berish boʻyicha majburiyatlarini lozim darajada bajarmasliklari asosiy sabab boʻlib qolmoqda. Shu oʻrinda xalqimizning: "Qush uyasida koʻrganini qiladi”, degan purhikmat naqlining bejizga aytilmaganini yana bir bor chuqur his qilish mumkin. Zero, muhtaram Prezidentimizning "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida taʼkidlanganidek: "Agar ota-ona oilada oʻzini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga oʻrnak boʻlish oʻrniga oʻzini salbiy tomondan koʻrsatadigan boʻlsa, bu holat, tabiiyki, bola maʼnaviy olamining shakllanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon boʻladi”.

Yana taʼkidlash joizki, voyaga yetmaganlarning axloqqa zid boʻlgan gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarining oldini olish, birinchidan, ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, shuningdek, voyaga yetmaganlarning taʼlim- tarbiyasiga masʼul boʻlgan subʼektlar bilan profilaktik ishlarni oqilona toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ikkinchidan, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va fuqarolik jamiyati institutlarining mazkur sohadagi oʻzaro hamkorlik faoliyatini yanada takomillashtirish talab etiladi.

Bugungi kunda taʼlim muassasalari, huquq-tartibot va huquqni muhofaza qilish organlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga voyaga yetmaganlar oʻrtasida maʼnaviy-axloqiy, madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirib borish boʻyicha aniq vazifalar yuklatilgan.

Profilaktika inspektorlarining voyaga yetmaganlar orasida axloqqa zid gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish faoliyatida yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati katta.

Profilaktika inspektorlari oʻz xizmat hududida axloqsizlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi va ushbu huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil boʻlgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibdagi profilaktika ishlarini muntazam ravishda izchillik bilan olib borishlari zarur hamda bu ish doimiy kundalik vazifa boʻlib qolishi kerak.

Qodirali SAIDQULOV, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyatlarning oldini olish kafedrasi oʻqituvchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019