16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:50
Jamiyat 👁 2,702

Bola kulgusidan yasharsin olam!

Bola kulgusidan yasharsin olam!

"...Bu yorugʻ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho neʼmat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”, deya yozgan edi Yurtboshimiz I.Karimov "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarida.

Ha dunyodagi eng bolajon xalq boʻlgan bizning xalqimiz faqat bolam, deb yashaydi. Bor jamiki shodlikni, yaxshilikni bolasiga atab yashaydi.

Xalqimizning kelgusi avlodlarga umid va ishonchi davlatimiz siyosatida ham oʻz aksini topmoqda. Mustaqillik yillarida qabul qilingan ona va bolaning salomatligini muhofaza qilishga, yoshlarning har jihatdan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishini taʼminlashga xizmat qiluvchi qator qonuniy hujjatlar qabul qilinib, turmushga tadbiq etilmoqda va oʻzining ijobiy samaralarini bermoqda. Buni Oʻzbekistonning onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirayotgan Dasturlarini YuNISEF xalqaro tashkilotining Sharqiy Yevropa, Boltiqboʻyi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari boʻyicha ofisi tomonidan mintaqadagi namunaviy model sifatida eʼtirof etganidan ham koʻrish mumkin.

Davlatimiz, ota-onalari gʻamxoʻrligida baxtiyor va shodon yashayotgan bolajonlarimiz uchun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami alohida shodliklarga, ajoyib taassurotlarga boy kun boʻldi.

Mangʻit shahridagi aholi dam olish va istirohat bogʻi shu kuni ertalabdan bolajonlar bilan gavjum boʻldi. Mazkur maskandagi turli attraktsion oʻyinlar bolalarga xizmat qildi.

Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari orasida asfaltga rasm chizish, "Sogʻlomjon - polvonjon” sport musobaqalarining borishini nafaqat bolalar, hatto ota-onalar ham qiziqib tomosha qildilar.

"Fayz” toʻyxonasida tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan bayram munosabati bilan tayyorlangan maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirokidagi kontsert dasturi namoyish etildi.

Yigʻilganlarni tuman hokimi muovini, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova bayram bilan qizgʻin tabriklab, asfaltga rasm chizish, "Sogʻlomjon - polvonjon” sport musobaqalari gʻoliblariga sovgʻalar topshirdi.

Bayram munosabati bilan tayyorlangan kontsert dasturida baxtiyor bolalikni, ona Vatanni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar yangradi, raqslar ijro etildi, tsirk tomoshalari namoyish etildi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan barcha tomoshalar bolajonlarning qalbida oʻchmas taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019