16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Adabiyot 👁 2,777

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

(Yoxud bir hasadgoʻyning hasrati)

Nechun hamma mendan oʻzib ketmoqda? –

Orzu-maqsadiga tezda yetmoqda,

Aslo zarar koʻrmay, foyda etmoqda,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Oʻqib-oʻrganganlar boʻlishdi olim,

Men esa oʻzimga oʻzimman zolim,

Hayronman, ertaga ne kechar holim,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Yondagi qoʻshnimning joʻralari koʻp,

Moliga yarasha qoʻralari koʻp,

Sabzi-yu turpi moʻl – oʻralari koʻp,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Bir oshnam kundan-kun bormoqda boyib,

Parvozi balanddir qanotin yoyib,

Muzdayam oyogʻi ketmaydi toyib,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Goh yoʻqdir hech kimni koʻrgani koʻzim,

Faqat men yashasam, yasharsam oʻzim,

Afsus, yelga uchar niyatim – soʻzim,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Qayonga qaramay, yuksalish bordir,

Buni koʻrgan onim keng dunyo tordir,

Ne qilay, oldimda oʻpqonu jardir,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Ming niqob kiysam ham boʻlmoqdaman fosh,

Menga atalgandir moʻl malomat tosh,

Shu bois yuraman koʻtarolmay bosh,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Boshimni suqsam gar qaysi sohaga,

Hech kimsa alishmas meni chaqaga,

Oʻxshab qoladurman baʼzan baqaga,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Yutuqni eshitsam ketaman yonib,

Bir paqir suv ichib, yurolmam qonib,

Qancha-qancha oshnam ketishdi tonib,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Oʻzimdan oʻzgani tan ololmayman,

Niyatim haq yoʻlga hech sololmayman,

Yaxshilar qoshida, eh, qololmayman,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Bilaman, pastkashman, hatto marazman,

Ahillik dushmani – fitna, arazman,

Oʻlim ne, bilmovchi daydi-gʻarazman,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Taqdirim shu ekan, aslo choram yoʻq,

Oqni bulgʻamoqqa goho qoram yoʻq,

Ishim oʻnglamoqqa sovgʻa-poram yoʻq,

Bunga chidamogʻim qiyin-ku, axir!!!

Saʼdulla Xoʻjaniyozov, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.


Iftixor

Oʻzbekiston mening sharaf-shonimdir,

Hurriyat nafasi qulf urgan makon.

Yuragimda ungan bogʻ-boʻstonimdir,

Vatanim husniga havasda jahon.

Quyosh quchib yotar sarhadlarini,

Bogʻlari jannatiy olamga oʻxshar.

Tabiati nodir sanʼatlarini

Namoyon etuvchi naqqoshga oʻxshar.

Togʻlari oʻpadi samolarini,

Zilol chashmalari jonga oromdir.

Xushxonlari tuzgan navolarini

Kuylab, tinglayotgan jumla olamdir.

Dunyoning havasli koʻzlari unda,

Oʻgʻil-u qizlari zukko, bilimdon.

Ming shukr, tugʻildim shundayin yurtda,

Poyingga toʻshalay, hur Oʻzbekiston!

Oltinoy BOBOJONOVA,

Mangʻit shahri


Xayr, maktab

Yetti yoshda, quchogʻingga kelgandim,

Bolalikning gashtini ham surgandim.

Taʼlim-tarbiyani, senda oʻrgandim,

Xayr endi, jonajon maktab.

Ogʻushingga ogʻushlading onamdek,

Erkalading olim boʻlgin bolam, deb,

Ilm buloqlaring goʻyo olamdek,

Xayr endi, jonajon maktab.

Parvozga shaylading qanotlarimni,

Ulugʻ hayot sari yoʻllab turibsan.

Quchgin, deb ilmning sarhadlarini,

Hamonki otamday qoʻllab turibsan.

Sen bergan tarbiya - eng ulugʻ matlab,

Xush qolgin Onajon! Jonajon maktab!

Asadbek NURADDINOV,

11-sonli maktab oʻquvchisi.


Soʻnggi qoʻngʻiroq

Bugun chalinasan, dilga oʻt solib,

Qalblarda bir hazin hislar uygʻotib.

Bitiruvchi koʻnglida qandaydir titroq,

Chalinmay turaqol, soʻnggi qoʻngʻiroq!

Yuzimizni yuvar sevinch koʻzyoshlar,

Qalblarda tuygʻular ham toʻlib-toshar.

Muallimga boʻlgan hurmat ham oshar,

Chalinmay turaqol, soʻnggi qoʻngʻiroq!

Maktabim, sen bilan xayrlashamiz,

Sinfdoshlar ila ayrilishamiz.

Dildagi tuygʻular oshkora, biroq,

Chalinmay turaqol, soʻnggi qoʻngʻiroq!

Qunduzoy YuSUPOVA,

16-sonli maktab oʻquvchisi.


Vatan

Men shaharga ketgan pallada,

Qishlogʻim yoʻllari qoldi kuzatib.

Tugʻilgan yer va mahallamda

Elim qoldi qoʻlin uzatib.

Murgʻak bola edim oʻshanda,

Oʻn yoshimda qaytdim qishloqqa.

Topdim izim aziz gulshanda,

Qadam qoʻygan onim oʻtloqqa.

Izlarimda unibdi maysa,

Gulga toʻlib bu goʻzal makon.

Quchogʻimni ochib shu lahza,

Dedim:

"Qaytdim, aziz Onajon!”

Shahzod XOʻJABOYeV,

80-sonli maktab oʻquvchisi.


Hayot soʻqmoqlari

Hayot soʻqmoqlari naqadar sirli,

Baland-past toʻsiqlar, tikanli gʻovlar.

Goh ravon, gohida chaqirtosh qirli,

Yurolmay qiynalar boʻsh-u bayovlar.

Men ham ketayapman shu sirli yoʻldan,

Adashib, qoqilib, dovdirab goho.

Dovonlardan oshmoq kelarmi qoʻldan,

Mashaqqat yukidan choʻchirmanmi yo?

Ezgu yoʻl tanladim oʻzim uchun men,

Vatan kamolida koʻrdim baxtimni.

Pok orzu-niyatga yoʻldosh boʻldim men,

Hech kim oʻzgartolmas dilda ahdimni.

Ozodabonu XUDOYBERGANOVA,

34-sonli maktab oʻquvchisi.


FASLLAR

Yurtimiz fasllari,

Goʻzallik asllari.

Galma-galdan kelishar,

Seplarini yoyishar.

Bahor - yoshlik timsoli,

Qish – poklikning misoli.

Yoz - bolalar gulzori,

Kuz - ona yurt xirmoni.

Surayyo

QURBONBOYeVA


Xursandbek

(Ukamga)

Xursandbek shodon doim,

Uni maqtaydi oyim.

Oʻynab doim vaqti chogʻ,

Kel, uchiray argʻimchoq.

Ukam judayam yaxshi,

Oilamizning naqshi.

Ukamga mehrimni men,

Kuylay misoli baxshi.

Nafisa ShUKURULLAYeVA, 48-sonli maktab oʻquvchisi.


ARMON

(1966-yilda oliygohni endigina bitirib kelgan, sevimli sohasida ish boshlagan vaqtida harbiy xizmatga ketgan va xizmatini Kuba Respublikasida ado etish chogʻida halok boʻlgan amakim Rahimboy Qodirov xotirasiga)

Sovuq xabar keldi birdan,

Kuba deb atalmish eldan.

Chegarada turgan akam,

Koʻksin oʻqqa tutgan akam.

El-u, yurt xizmati deb,

Hayotini tikkan akam.

Sevgisiga yetolmay,

Goʻshangaga kirolmay,

Hayotda farzand koʻrmay,

Armonda ketgan akam.

Bobom qaddi bukildi,

Enam qalbi ezildi.

Sandiqlarda sarpolar,

Armonlarga ilindi.

Raʼno QODIROVA.


Bolalik!

Bolalik! Oʻzingsan oʻynoqi anhor,

Koʻzimda yashnagan eng goʻzal bahor.

Qaniydi, men bilan qolsang umrbod,

Shirin onlaringga toʻyingan kim bor?

Toshqinsan, nigohing tushganmi soyga,

Hilolsan, havasing kelganmi oyga.

Yillarni tortganday misoli yoyga,

Onamning allasin yashirding qayga?

Podshohlik onlarim eding-ku - oʻsha,

Kapalak ketidan yugurgan shosha.

Oy-u yulduzingni qilib tomosha,

Ulgʻaydim umidli yillaring osha.

Siyrating qolgandir nurli chogʻlarda,

Jajji qoʻllardagi koʻzmunchoqlarda.

Sogʻinchga belanib keng quchoqlarda,

Menga hamroh boʻlgan oʻyinchoqlarda.

Iroda ERDOShEVA,

38-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019