16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Fan va taʼlim 👁 3,800

INTERNETDAN FOYDALANISh ODOBLARI

INTERNETDAN FOYDALANISh ODOBLARI

Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas boʻlagiga aylandi. Internetning osonligi, arzonligi va tezligi barcha sohalar rivojiga hissa qoʻshmoqda.

Ammo shu bilan birga, internetga bogʻliq muammolar, yaʼni internetning foydalari muqobilida zararlari ham koʻpayib bormoqda. Xususan, aqidaga putur yetkazuvchi, fohishabozlik va behayolikni targʻib qiluvchi, axloqsizlikni tarqatuvchi va shunga oʻxshash inson zotiga isnod keltiruvchi ishlarni targʻib qiladigan saytlar allaqachon koʻplarni oʻziga "maftun” qilib oldi. Eng yomoni, baʼzi odamlar internet orqali bir-biriga tuhmat qilmoqda, haqoratlab, soʻkishmoqda, bir-birini sharmanda qilmoqda va hokazo. Aynan internet orqali nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa koʻpgina sohalarda ham jinoyatlar sodir etilayotir.

Demak, internet ikki taraflama – ham yaxshilikka, ham yomonlikka xizmat qilishi mumkin narsaga aylandi. Biz yoshlarning vazifamiz uni yaxshilikka xizmat qildirib, yomonlikka boshlamaslik choralarini koʻrish, uning zararlaridan chetlanishga harakat qilishdir. Buning uchun esa internetdan foydalanish odoblarini yaxshi bilmogʻimiz kerak.

Avvalo shuni taʼkidlash joizki, internetdan foydalanmoqchi boʻlgan odam niyatni yaxshi qilgan boʻlishi kerak. Yaʼni, inson faqat yaxshilikni, ruxsat berilgan narsalarga muvofiq ish qilishni niyat qilishi lozimdir. Ana shundagina bu ishidan foyda topadi, koʻz-lagan maqsadiga erishadi. Internetdan olgan foydasiga qoʻshimcha ravishda ilmiga amal qilgani uchun savob ham oladi. Agar ilmiga amal qilmay, niyatini yaxshilasa-yu, internetdan faqat yaxshilik yoʻlida foydalansa, oʻsha olgan foydasi qoladi, ammo savob olmaydi. Chunki bu ishiga ilmi asosida yaxshi niyatni aralashtirmadi. Musulmon kishi bir yaxshilikni niyat bilan qilsa, bir savob oladi, oʻsha niyatiga amal qilganida esa, savobi oʻn marta koʻpayadi.

Internetga kirishdan oldin vaqtni zoye qilmaslik uchun umrning qadrini esga olish, uning har lahzasi hisobli ekanini,vaqtni bekorga isrof qilsa, keyinchalik afsus-nadomatda boʻlishini unutmaslik zarur.

Internetga kirishdan oldin ish rejasini yaxshilab tuzib olish ham odoblardan biridir. Shuning uchun maqsad va koʻzlangan foyda aniq boʻlsin. Kerakli narsalar va maʼlumotlarni oldindan aniqlab olish zarur. Oʻtirib olib, "nima qilsam ekan”, degan xayollarni surish vaqtning zavolidir.

Internetda ishlashni "Bismillahir rohmanir rohiym”kalomi bilan boshlash kerak. Musulmon kishining har bir ishni boshlaganda albatta "Bismillahir rohmanir rohiym” deyishi kerakligi koʻplab hadislarda taʼkidlangan. Internetda koʻriladigan, oʻqiladigan va eshitiladigan narsalarning barchasi taqiqlanmagan, ruxsat berilgan narsalar boʻlishi shart. Zotan, insonning hamma yerda, barcha zamonlarda va barcha vaziyatlarda gap-soʻzlari-yu, ish va faoliyati toʻgʻri boʻlishi qatʼiy talab etiladi. Chunki, uni odamlar koʻrmasa ham, Alloh taolo koʻrib turganini esdan chiqarmay, muntazam his etib turish zarur. Alloh taolo bilmaydigan hech narsa yoʻq.

Sayt egalarining maʼnaviy-maʼrifiy huquqlariga toʻla rioya qilishhar bir insonning burchidir. Bunga pul toʻlab kirish lozim boʻlgan saytlarga haq toʻlamasdan, oʻgʻrincha kirish, koʻchirib olishga ruxsat berilmagan narsalarni koʻchirib olish, koʻchirib olinganda manba koʻrsatilishi lozim boʻlganida, koʻrsatmaslik kabi ishlar kiradi. Bu kabi ishlarning barchasi gunohdir. Chunki bu birovning maʼrifiy-maʼnaviy mulkini talon-taroj qilish hisoblanadi. Ishxona yoki boshqa biror shaxsning internet tarmogʻidan ruxsatsiz foydalanish mumkin emas. Baʼzi kishilar ishxonaning internetidan oʻz shaxsiy manfaatlari uchun foydalanishni oʻzlariga ep koʻrishadi. Bunda ikki taraflama mulohaza qilinadigan ish sodir boʻladi. Bir tarafdan – ishxonaning internetga toʻlaydigan mablagʻi shaxsiy manfaat uchun sarflanadi. Ikkinchi tarafdan – ishxonaning ishini bajarish oʻrniga ish vaqtida oʻz manfaatini koʻzlab, masʼuliyatdan qochish yuz beradi.

Bolalarning internet va kompyuterdan foydalanishini oqilona va eʼtibor bilan yoʻlga qoʻyish kerak. Avvalo, bola ota-onasi va kattalarning ruxsatisiz internet va kompyuterdan foydalanmasin. Bolalarni bunday paytlarda qarovsiz qoldirmaslik, nazardan qochirmaslik lozim. Ular foydalanadigan jihozlar hammaning koʻz oʻngida turadigan boʻlsin. Yoʻqsa, koʻzni shamgʻalat qilib, istalmagan, buzuq yoki befoyda narsalarga oʻzlarini urishlari mumkin. Bolalarning vaqti zoye boʻlmasligi haqida qaygʻurish har bir ota-ona va tarbiyachining vazifasidir.

Internetda chat, forum, ijtimoiy tarmoqlar kabi oʻzaro aloqa vositalaridan foydalanishda shariat ruxsat bergan narsalarga amal qilib, man qilgan narsalardan chetda boʻlish zarur. Bu qoida musulmon insonning barcha qiladigan ishlariga ham tatbiq qilinadi. Baʼzi kishilar internetdagi muomalalarga yengil-yelpi qarashadi, bu esa mutlaqo notoʻgʻridir. Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa qilishda yaxshilik va taqvoda hamkorlik qilgan holda yomonlik va dushmanlikda hamkorlik qilmaslikni shior qilib olinishi zarur. Zotan, musulmon inson hayotining barcha sohalarida ushbu shiorga doimo amal qilib yashashga intiladi. Alloh taolo Qurʼoni karimda marhamat qiladi: "Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yoʻlida hamkorlik qilmang” (Moida surasi, 2-oyat).

Internet orqali oʻzgalar bilan aloqa bogʻlashda yolgʻon ishlatmaslik, soxtakorlik ila uydirma xabarlar, suratlar va videolavhalar tarqatmaslik talab etiladi. Shuni unutmaslik kerakki, virtual suhbatda ham xuddi koʻz-koʻzga tushib turgandek, oʻzini odob va axloq qoidalari doirasida tutish lozim.

Sherzod Oʻrozboyev, Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy nomidagi oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi.

(Foto - http://zaryasurxana.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019