16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:29
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,051

EL RIZQINI BUTUN QILGAN BALAND XIRMONLAR

EL RIZQINI BUTUN QILGAN BALAND XIRMONLAR
Inson hayoti uchun zarur boʻlgan moddiy neʼmatlar koʻp. Lekin ular ichida eng azizi – non. Bu aziz neʼmat to inson uchun eng zarur oziq sifatida  dasturxonga qoʻyilgunga qadar qilinadigan mehnat ham aziz. Dehqon mehnatining azizligi shundaki, u bir hovuch don sepgan dalasida bugʻdoy maysalari unib chiqqan damlardan boshlab, to gʻalla hosili yetilib, xirmoniga don toʻkilgunga qadar hayotining orombaxsh onlarini, huzur-halovatini tamoman unutib, dalasiga bogʻlanib yashaydi. Yashil maysalar dehqon mehr-muhabbatidan kuch olib oʻsadi, hosil toʻplaydi. Chehrasida bugʻdoy rangi aks etgan dehqonning halol va fidoyi mehnatining azizligi, qadri xirmonlar donga toʻlganda, tandirlardan quyoshday haroratli, ifori olamga tatigulik bugʻdoy nonlari uzilib, dasturxonlarga tortilganda yanada oshadi, ulugʻlanadi.
Azizlar, Oʻzbekiston ichra kichik bir Vatan – Amudaryo zaminiga bir boqing bugun! Bu zamindan ajib bir hovur koʻtarilayotir, olamlarni lol etgulik ifor taralayotir. Bu – hosil boshoqlari larzon gʻallazorlar hovuri, xirmonlarni toʻldirgan "qirmizi don", tandirlar toʻlib yopilgan bugʻdoy non ifori. Qilichboydan to Nazarxon ovullarigacha, Boʻz yop, Kuyuk koʻpir-u Xitoydan Jumurtov zaminiga qadar, "Oq oltin” ovulidan Amu sohillariga tutash Toʻlqin, Choykoʻl-u Qangli, Amir Temur ovullarigacha boʻlgan bepoyon gʻallazorlarda eng aziz va ulugʻ neʼmat – gʻalla xirmonlari boʻy tiklayotir. Tumanimizning lafzida qatʼiy, fidokor gʻallakorlari 19-iyun kuni ona Oʻzbekistonimizning ulugʻvor xirmoniga 4820 tonnadan ziyod "qirmizi don" topshirib, shartnomaviy majburiyatlarini sharaf bilan ado etdilar.
Elimizning rizqi ulugʻ, nasibasi toʻlugʻ boʻlgan ushbu zafarli onlarga gʻallakorlarimiz, albatta, osonlik bilan yetishganlari yoʻq. Qish oylarining qattiq sovuq boʻlishi, bahorgi bemavrid yogʻingarchiliklar, ob-havoning birdan isib va birdan sovib ketishi kabi injiqliklariga bardosh berib, dalasi boshidan ketmagan, el-yurt rizq-roʻziga baraka kiritish orzusida kunni tunga ulab mehnat qilgan dehqon sabr-bardoshi, matonati evaziga yaratilgan xirmonlar boʻy tikladi bugun.
Mustaqillik yillarida fermerlik harakatiga keng yoʻl ochib berilgani,uni mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan huquqiy, tashkiliy va moliyaviy zamin, bu harakatni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirishga qaratilgan barcha ishlar fermerlarni qishloq xoʻjaligida hal qiluvchi kuch sifatida shakllantirdi. Yaʼni, dehqon oʻzini haqiqiy yer egasi, mulk sohibi, muhtaram Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, "jamiyatimizning tayanchi”ga aylantirdi. Shu maʼnoda aytish joizki, el-yurtimizning, barchamizning hayotimizga toʻkin-sochinlik baxsh etguvchi, jamiki noz-neʼmatlarning bunyodkori boʻlgan dehqon va fermerlarimizning dunyoqarashi, ong va tafakkuri, ijtimoiy faolligi kun sayin yuksalib borayotgani katta muvaffaqiyatlar, taraqqiyot sari yoʻl ochmoqdaki, buni tumanimiz gʻallakorlari erishayotgan yutuqlar ham isbotlab turibdi.
Tumanimiz fermerlari erishayotgan yuksak muvaffaqiyatlar haqida soʻz borganda, mustaqillik yillarining ulugʻvor shiori "Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun!” degan daʼvatkor ruh har bir fermerning ish faoliyatida oʻz ifodasini topganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etish joiz. Avvalo, yer oʻz haqiqiy egasini topgach, yanada ziynatlandi, deyish toʻgʻri boʻladi. Chunki agrar tizimda olib borilgan izchil islohotlar yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, mavjud suv yoʻllarini, ayniqsa kollektor va drenajlarni qayta rekonstruktsiya qilish orqali yerning shoʻrlanish holati yuqori darajada pasayishiga erishildi. Bu esa oʻz navbatida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishda mavjud boʻlgan muammolardan biri - yer va tuproq ekologiyasining buzilishiga barham berdi va pirovardida har gektar yerga nisbatan hosildorlik yil sayin oshib bordi. Koʻrilgan bunday chora –tadbirlar gʻallachilik sohasida sezilarli natijalarga erishish imkonini berdi.
"Oʻz vaqtida qadalgan urugʻ, hosil berar baridan toʻlugʻ”,-degan dono xalqimizning iborasi bugun Amu elining tadbirkor dehqonlari, fermerlari dalalaridan yigʻib olinayotgan "qirmizi don” xirmonlarida tobora avjliroq jaranglamoqda. Amir Temur nomli, Doʻrman, "Oq oltin” ovullaridagi fermer xoʻjaliklari karvonboshilik qilgan sarbaland bugʻdoy xirmonlariga "Choykoʻl” ovulidagi "Nurullayev Bunyodbek”, Oʻrta qaʼla ovulidagi "Yergulobod”, "Boʻzyop” ovulidagi "Murodboyev Bektursun” fermer xoʻjaliklari birinchilardan boʻlib oʻz ulushlarini qoʻshdilar.
Amu elida biri-biridan tajriba oʻrganib, biri-biriga ish oʻrgatib mehnat qilayotgan hamjihat, hamfikr, ishbilarmon va tadbirkor fermerlar mehnat qilishadi. Amudaryolik gʻallakorlarning shashti hamisha baland, azm-u qarori qatʼiy. Dalalarda 6 ta otryadga birlashib, oʻrim-yigʻimni davom ettirayotgan gʻallakorlarimiz shartnomaviy majburiyatdan tashqari yana 710 tonna urugʻlik va davlatga qoʻshimcha yana 1500 tonna gʻalla topshirib, umumiy xirmonni  7030 tonnaga, hosildorlikni esa har gektar hisobiga 45 tsentnerga yetkazishni niyat qilganlar.
Niyat – yaxshi ishlarga quvvat, niyat – yarim davlatdir. El-yurt farovonligi, rizq-u nasibasining ulugʻligi uchun fidoyilik koʻrsatib, ona zamin bagʻridan dur-u gavhar undirib, ona Vatanga, xalqqa tortiq qilayotgan gʻallakor dehqonlarimiz bugun har qanday sharafga, eʼzoz-u ehtiromga munosib.
Aziz bobodehqon- yerning egasi,
Quyoshga qoʻl berib yashaguvchi mard.
Toʻkinlik siz qilgan mehnat mevasi,
Qahraton sovuqda yuqtirmagan gard.

Xirmonlar boshida yuzingiz yorugʻ
Tandirdan uzilar quyosh misol non.
Siz uchun atalgan har bir kun ulugʻ-
Nomingiz sharaflab turibdi Vatan!
Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019